Mejevnikova Olga Petrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virtual jarayonlarning ijtimoiy voqelik sub’ekti ongida aks etishining o‘ziga xosligi”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal186.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nishonova Nodiraxon Rayimjonovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tulenova Karima Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual voqelik tarqalishining ijtimoiy muhim natijalarini, uning inson ongiga ta’sirini aniqlash va virtual makonning yangi sharoitlariga moslashishda jamiyat va inson salohiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson va jamiyat hayotining har xil turlarini tashkil etishda namoyon bo‘ladigan virtual hodisalarning borliqni aks etirishiga ko‘ra individual sub’ektiv olam tasavvurini shakllantiruvchi tabiiy va sun’iy tabiatga ega ekanligi, voqelikning ikki turi uchun umumiy bo‘lgan makon, zamon bilan bog‘liq ontologik va substansional asoslari ochib berilgan;
falsafiy tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liq holda virtual reallik g‘oyasini rivojlantirishda texnopessimistik qarashlarni jamiyat taraqqiyotiga bog‘liqlikda o‘zgartirishining pragmatik istiqboli, virtual voqelikning kategoriya sifatidagi ilmiy-texnikaviy jihatdan dunyoning ilmiy manzarasi bilan bog‘liq ontologik mohiyati asoslangan;
virtual voqelik insonga, uning ongi va idrokiga dunyoqarash shakli sifatida namoyon bo‘lishi sababli ta’sir ko‘rsatib, real voqelikka qaraganda virtual makonda sub’ektning mutlaqo boshqacha identifikatsiyasi va ijtimoiylashuvini shakllantirishga ma’naviy ehtiyot sifatida yordam berishi, virtual voqelikning axborotlashgan jamiyat sharoitida ongni o‘zgartirishga aksiomatik, prakseologik, gnoseologik jihatdan ta’siri asoslangan;
virtualizatsiya sharoitida ijtimoiy jarayonlarning inson ehtiyojlari asosida rivojlanishi, buning natijasida sub’ektni ijtimoiy voqelik sharoitlariga moslashtirish uchun shart bo‘lib xizmat qiladigan ideal mustaqil tasvirlar – simulyakrlar bilan almashtirishning strukturaviy jihatdan immanentlekni aks ettiruvchi umumiy va mavjudligiga ko‘ra xususiy shartlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar ta’sirida yuzaga keladigan ijtimoiy jarayonlarning fikrlash va xabardorlik jarayonlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganish natijasida:
inson va jamiyat hayotining har xil turlarini tashkil etishda namoyon bo‘ladigan virtual hodisalarning borliqni aks etirishiga ko‘ra individual sub’ektiv olam tasavvurini shakllantiruvchi tabiiy va sun’iy tabiatga ega ekanligi, voqelikning ikki turi uchun umumiy bo‘lgan makon, zamon bilan bog‘liq ontologik va substansional asoslariga oid g‘oyalari Respublika ma’naviyat va ma’rifat Markazining targ‘ibot ishlarida ishlatilgan (O‘zbekiston Respublika ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2023 yil 8 maydagi 02-22/408-son ma’lumotnomasi). Natijalar virtual voqelik, internet, global tarmoqning shaxs rivojlanishining ongi va ma’naviy jarayonlariga ta’siri muammolari bo‘yicha ushbu olingan natijalar o‘zlarining ijobiy va salbiy tendensiyalarida yoshlar ongiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan;
falsafiy tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liq holda virtual reallik g‘oyasini rivojlantirishda texnopessimistik qarashlarni jamiyat taraqqiyotiga bog‘liqlikda o‘zgartirishining pragmatik istiqboli, virtual voqelikning kategoriya sifatidagi ilmiy-texnikaviy jihatdan dunyoning ilmiy manzarasi bilan bog‘liq ontologik mohiyatiga oid g‘oyalari “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasi efirida ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda ishlatilgan (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi 2023 yil 2 maydagi 04-36-669-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimizda haqiqiy axborot jamiyatini barpo e tish maqsadida jamiyat hayotining asosiy yo‘nalishlarini yanada modernizatsiya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va siyosatini global jarayonlarga integratsiyalashuvi uchun raqamli transformatsiya va virtualizatsiya muammolarini hal etishga xizmat qilgan;
virtual voqelik insonga, uning ongi va idrokiga dunyoqarash shakli sifatida namoyon bo‘lishi sababli ta’sir ko‘rsatib, real voqelikka qaraganda virtual makonda sub’ektning mutlaqo boshqacha identifikatsiyasi va ijtimoiylashuvini shakllantirishga ma’naviy ehtiyot sifatida yordam berishi, virtual voqelikning axborotlashgan jamiyat sharoitida ongni o‘zgartirishga aksiomatik, prakseologik gnoseologik jihatdan ta'siri bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi dasturlarini amalga oshirish jarayonida ta’sir ko‘rsatdi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2023-yil 20-iyundagi 4-13-21-1708-son ma’lumotnomasi). Natijada virtual voqelikning inson ongiga va uning raqamli ijtimoiy voqelikda mavjudligiga ta’sirining dolzarb muammolari, virtual muhitning sub’ektning shaxsiy parametrlariga ta’siri bo‘yicha tavsiyalar shakllantirilgan;
virtualizatsiya sharoitida ijtimoiy jarayonlarning inson ehtiyojlari asosida rivojlanishi, buning natijasida sub’ektni ijtimoiy voqelik sharoitlariga moslashtirish uchun shart bo‘lib xizmat qiladigan ideal mustaqil tasvirlar – simulyakrlar bilan almashtirishning strukturaviy jihatdan immanentlekni aks ettiruvchi umumiy va mavjudligiga ko‘ra xususiy shartlari bo‘yicha ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar mamlakatda ijtimoiy-siyosiy islohotlarning mohiyati to‘g‘risida bilimlarni shakllantirishni ta’minlash maqsadida (O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasining ijtimoiy jarayonlarni virtualizatsiya qilish sohasidagi faoliyatini chuqurlashtirish uchun, raqamli texnologiyalar va virtualizatsiya tizimlarini jalb qilgan holda jamiyat va davlatni har tomonlama rivojlantirishiga ishlatilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasining 2023 yil 26 maydagi 01-03/183-son ma’lumotnomasi). Natijalar virtuallik va virtual voqelikning kelib chiqishi, uning xususiyatlari aniqlashga qaratilgan qarashlarning evolyusiyasi adolat prinsipini talab etilishini aniqlashga xizmat qilgan.