Abduraxmanova Nodiraxon Xusnutdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq aholisi huquqiy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari ”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal543.
Ilmiy rahbar: Norqulov Dusmurod Toshpulatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Jumaniyozova Dilfuza Kamolovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston qishloq aholisining agrosotsial hayoti va huquqiy madaniyatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, uning ijtimoiy- huquqiy faolligini yuksaltirish yo‘llarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqiy madaniyatning qonun va norma ijodkorligi, yuridik regulyasiya, penitensiarlik, sud-huquq ishlari bilan bog‘liq yuridik funksiyalari hamda tarbiyaviy, konsolidatsiya, qayta tarbiyalash kabi ijtimoiy-falsafiy funksiyalari ochib berilgan;
qishloq aholisi huquqiy madaniyatining etnodifferensial va etnosotsial xususiyatlari globallashuv sharoitida aholi dunyoqarashining o‘zgarishi sababli modernizatsiya ta'sirida shakllanadigan agrosotsial munosabatlar, sotsionormalar va qishloq turmush tarziga bog‘liq bo‘lgan shaxslararo dialogga erishish zaruriyati ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston qishloq aholisi huquqiy madaniyatining ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrida malakali yuridik kadrlar vositasida innovatsion tizimlarni ilmiy bilimlar dinamikasi asosida yaratish orqali yosh avlodning faol siyosiy- ijtimoiylashuviga erishishning demografik, kognitiv, sotsiomadaniy indikatorlari asoslangan;
Yangi O‘zbekiston qishloq aholisi huquqiy madaniyatini yuksaltirishning tarixiy, an’anaviy, zamonaviy modellari va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlikka erishish, urbanizatsion taraqqiyot, lokal etnomadaniyatni shakllantirish kabi
innovatsion mexanizmlari aniqlanib, ulardan samarali foydalanishning tarixiy- madaniy o‘zgarishlarga bog‘liq ijtimoiy-falsafiy jihatlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq aholisi huquqiy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
huquqiy madaniyatning qonun va norma ijodkorligi, yuridik regulyasiya, penitensiarlik, sud-huquq ishlari bilan bog‘liq yuridik funksiyalari hamda tarbiyaviy, konsolidatsiya, qayta tarbiyalash kabi ijtimoiy-falsafiy funksiyalariga oid taklif va tavsiyalardan joriy yilning aprel oyida o‘tqazilgan Referendum munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasidagi moddalarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasining 2023 yil 13 iyuldagi 01-04/229-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan yangiliklardan partiyaning 2023 yilga mo‘ljallangan ish rejasida nazarda tutilgan “Ilmli, ma’rifatli xotin-qizlar-mamlakat kelajagining mustahkam poydevori” hamda “Konstitusiyaviy islohotlarda xotin-qizlar va oila xuquqi” mavzularida o‘tkazilgan targ‘ibot tashviqot ishlari yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarda o‘z aksini topgan;
qishloq aholisi huquqiy madaniyatining etnodifferensial va etnosotsial xususiyatlari globallashuv sharoitida aholi dunyoqarashining o‘zgarishi sababli modernizatsiya ta'sirida shakllanadigan agrosotsial munosabatlar, sotsionormalar va qishloq turmush tarziga bog‘liq bo‘lgan shaxslararo dialogga erishish zaruriyatiga oid taklif va tavsiyalardan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 12-apreldagi 05-12-08-2302-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi qishloq aholisi orasida bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, aholi xuquqiy madaniyatini yuksaltirish, milliy, diniy an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida xuquqiy ongdagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston qishloq aholisi huquqiy madaniyatining ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrida malakali yuridik kadrlar vositasida innovatsion tizimlarni ilmiy bilimlar dinamikasi asosida yaratish orqali yosh avlodning faol siyosiy- ijtimoiylashuviga erishishning demografik, kognitiv, sotsiomadaniy indikatorlariga oid g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora- tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan "Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti" 41-bandi "Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuygularini kuchaytirish”da dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. Yangi O‘zbekiston
qishloq aholisi huquqiy madaniyatini yuksaltirish pog‘onalari, modellari va innovatsion mexanizmlari aniqlanib, ulardan samarali foydalanishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 11apreldagi 140-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yangi O‘zbekiston qishloq axolisi xuquqiy madaniyatini yuksaltirish,innovatsion mexanizmlarini aniqlash, ulardan samarali foydalanishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston qishloq aholisi huquqiy madaniyatini yuksaltirishning tarixiy, an’anaviy, zamonaviy modellari va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlikka erishish, urbanizatsion taraqqiyot, lokal etnomadaniyatni shakllantirish kabi innovatsion mexanizmlari aniqlanib, ulardan samarali foydalanishning tarixiy- madaniy o‘zgarishlarga bog‘liq ijtimoiy-falsafiy jihatlariga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlangan «Qishloq hayoti», «Ta’lim va taraqqiyot» nomli dasturlar eshittirishi ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2023 yil 27 martdagi O‘z/xu.-23-17-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish, milliy, diniy an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida huquqiy ongdagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglash imkonini bergan.