Usmanov Jaxongir Bazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nizomiy Aruziy Samarqandiy falsafiy-ilmiy dunyoqarashining falsafiy fikr tarixidagi o‘rni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal638.
Ilmiy rahbar: Davronov Ziet, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Jafar Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Karimov Raxmat Raxmonovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nizomiy Aruziy Samarqandiyning shaxs-jamiyat-davlat munosabatlarida ilm va fan uyg‘unligini o‘rganish, murosa madaniyatini shakllantirishga oid ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy qarashlarining zamonaviy shaxs shakllanishidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aruziy Samarqandiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarining ontologik va gnogeologik mohiyati, Markaziy Osiyo Ilk Renessansining ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishini xususiyatlari, rivojlanishi va keyingi taraqqiyotiga ta’siri hamda Uchinchi renessansning poydevorini yaratishda shaxs-jamiyat dialektikasiga erishishda manbaviy asos sifatidagi ahamiyati ochib berilgan;
Aruziy Samarqandiyning «Majma’ an-navodir» asarida ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy va insonparvarlik g‘oyalari, jamiyat sinovidan o‘tgan, o‘zak qadriyatlarga tayangan, insonning ijtimoiy-axloqiy mohiyatini belgilaydigan, sub’ekt-ob’ekt munosabatlarini tartibga soladigan tayanch axloqiy qoidalari asoslangan;
Aruziy Samarqandiyning borliq, uning qonunlarini bilishga ratsional yondashganligi, tasavvufiy irratsionalizmni, shuningdek, «Ihvon-us-safo» chilar kosmologiyasi, kosmografiyasi, astrologiyasidagi ba’zi mistik-irratsional qarashlarni ilmiy dalillar asosida inkor qilganligi yangi davr nujum ilmi taraqqiyotiga futurologik jihatdan vorisiy ta’siri asoslangan;
mutaffakirning amaliy siyosiy faoliyati, boy tajribasi va ilmiy-falsafiy merosi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruvi, kadrlar siyosati va ularning kompitensiyalarini shakllantirishda, boshqaruvni malakali, salohiyatli kadrlar bilan ta’minlashda integratsiyaga erishishda nazariy hamda g‘oyaviy ahamiyatga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nizomiy Aruziy Samarqandiyning falsafiy-tarixiy dunyoqarashi va falsafiy fikr tarixidagi o‘rni mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Aruziy Samarqandiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarining ontologik va gnogeologik mohiyati, Markaziy Osiyo Ilk Renessansining ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishini xususiyatlari, rivojlanishi va keyingi taraqqiyotiga ta’siri hamda Uchinchi renessansning poydevorini yaratishda shaxs-jamiyat dialektikasiga erishishda manbaviy asos sifatidagi ahamiyati ochib berilganligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi, respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 1 maydagi 02-22/379-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati, sifat samaradorligi yaxshilanishiga erishilgan;
Aruziy Samarqandiyning «Majma’ an-navodir» asarida ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy va insonparvarlik g‘oyalari, jamiyat sinovidan o‘tgan, o‘zak qadriyatlarga tayangan, insonning ijtimoiy-axloqiy mohiyatini belgilaydigan, sub’ekt-ob’ekt munosabatlarini tartibga soladigan tayanch axloqiy asoslangan qoidalaridan Xorazm Ma’mun akademiyasining A-FA-2019-9 raqamli «Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish» amaliy loyihasida foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023 yil 1 maydagi 71/1-23-son ma’lumotnomasi) Natijada, akademiya tomonidan tuzilgan bibliografik ro‘yxatni yangi falsafiy ma’lumotlar bilan boyitishga erishilgan;
Aruziy Samarqandiyning borliq, uning qonunlarini bilishga ratsional yondashganligi, tasavvufiy irratsionalizmni, shuningdek, «Ihvon-us-safo» chilar kosmologiyasi, kosmografiyasi, astrologiyasidagi ba’zi mistik-irratsional qarashlarni ilmiy dalillar asosida inkor qilganligi yangi davr nujum ilmi taraqqiyotiga futurologik jihatdan vorisiy ta’siriga oid g‘oyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi tomonidan 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2023 yil 30 maydagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan tadbirlarning mazmun-mohiyati, sifati yaxshilanishi va boyishiga erishilgan, alloma merosi haqidagi bilimlarning keng xalq ommasi orasida yoyilishiga xizmat qilgan;
mutaffakirning amaliy siyosiy faoliyati, boy tajribasi va ilmiy-falsafiy merosi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruvi, kadrlar siyosati va ularning kompitensiyalarini shakllantirishda, boshqaruvni malakali, salohiyatli kadrlar bilan ta’minlashda integratsiyaga erishishda nazariy hamda g‘oyaviy ahamiyatga egaligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Sirdaryo telekanalida efirga uzatilgan «Minbar» ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Sirdaryo telekanalining 2023 yil 10 martdagi 01-01/49-son ma’lumotnomasi). Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi efirga uzatgan «Minbar» ko‘rsatuvining ssenariysi mazmunini ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan.