Mo‘minova Dilnavoz Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Raqamlashtirish ta’lim muhitida bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3883.
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamlashtirish ta’lim muhitida bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muasaasalarida raqamlashtirish ta’lim muhitida bo‘lajak  “Texnologiya”  fani o‘qituvchilarining zamonaviy aloqa video vositalari (Skape, zoom) bilan ishlay olish, adminstrativ saytlar yaratish va ular bilan ishlash, matn tahrirlash va axborot xavfsizligini bilish kabi muhim kasbiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari “Pedagog - ta’lim oluvchi” interaktiv kommunikatsiyasining rivojlanganligi darajasini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
raqamlashtirish ta’lim muhitida bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchisining muhim kasbiy sifatlarini rivojlantirish modeli motivatsion ehtiyojli mezon, gnostik mezon, jarayonli, o‘z-o‘zini baholash mezonlari tarkibiga raqamlashtirish ta’lim muhitida ishlashga munosabat, doimiy malakasini oshirib borishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, raqamlashtirish ta’lim muhitida nazariy va amaliy o‘quv materiali integratsiyalash ko‘nikmalarini singdirish natijasida takomillashtirilgan;
o‘qituvchi ushun “texnologik jihozlar” fanini o‘qitishda kerakli shart-sharoitlarni tashkil etish, o‘quv maqsadlarini va o‘qitish tamoyillarini belgilashda o‘quv jarayonidagi o‘qituvshining faoliyati va talabalarning fanni o‘zlashtirishlarini doimiy nazorat qilish,  baholash kabi funksiyalarini innovatsionlik tamoyili asosida chuqurlashtirish orqali raqamli ta’lim resurslar  kompleksi mantiqiy tuzilmasi mazmuni takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini raqamlashtirish ta’lim muhiti masofadan turib bilimlarni egallashda “Tikuvchilik jihozlari” modulini o‘qitish metodikasini ta’lim jarayoniga adekvat qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida  raqamlashtirish ta’lim muhitida bo‘lajak  “Texnologiya”  fani o‘qituvchilarining muhim kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
raqamlashtirish ta’lim muhitida bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining pedagogik kasbiy faoliyatini samarali tashkil etishga undovchi pedagogik erudisiya, sezgirlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, tashxis qilish, bashoratlash, ijodkorlik, pedagogik fikrlash, yuqori pedagogik mahorat darajasiga egalik, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan bog‘liq motivatsion kasbiy sifatlarini ilmiy, metodik, akmeologik yondashuvlardan Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Innovatsion ta’lim metodlari” nomli didaktik ta’minotni ishlab chiqishda foqdalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligining 01-01/1716-son 2023-yil 15-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning raqamlashtirish ta’lim muhitida muhim kasbiy sifatlarini  rivojlantirishda "Tikuvchilik jihozlari" moduli  mazmuni takomillashtirilgan;
raqamlashtirish ta’lim muhitida bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish ta’lim modeli tanqidiy fikrlash, ijodiy jarayonda refleksiya qila olish, o‘z intelektini uzlyuksiz oshirib borishga asoslangan pedagogik jarayonlarni amalga oshirishning Flipped classroom, Coaching, Trening, Consulting, Project-Based Learning, Cooperative Learning, Gamification, Problem – BL, Design Thinking metodlari, amaliy topshiriqlar, trening mashqlari va metodlari, "Texnologik jihozlar" fanini o‘qitish metodikasi mazmuniga  “Online” ma’ruzalar, treninglar, vebinar, “Online” laboratoriya orqali  Flipped classroom, Coaching, Trening, Consulting, Project-Based Learning, Gamification, Problem-BL, Design Thinking metodlarini singdirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligining 01-01/1716-son 2023- yil 15-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha "Texnologik jihozlar" fanini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
raqamlashtirish muhitida bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchisining  muhim kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan “Innovatsion ta’lim metodlari” metodik qo‘llanmasi, "Texnologik ta’lim" ta’lim yo‘nalishi  "Texnologik jihozlar" fanining  "Tikuvchilik jihozlari" moduli bo‘yicha raqamli ta’lim resurslar hamda “Tikuvchilik jihozlari” moduli bo‘yicha raqamli ta’lim resurslari kompleksi va  dasturiy metodik ta’minoti uchun “Texnologik ta’lim” yo‘nalishining "Tikuvchilik jihozlari" moduli bo‘yicha raqamli ta’lim resurslari kompleksi va mobil ilovani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-martdagi 02/01-39/448-son ma’lumotnomasi).Natijada “Tikuvchilik jihozlari” modulining axborot metodik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish