Yakubova Maxtumahon Asatullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Energetika tarmog‘i korxonalarini barqaror rivojlanishini ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlari», 08.00.03-«Sanoat iqtisodiyoti».
Dissertasiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2095
Ilmiy rahbar: Tursunov Alisher Muxammadnazirovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor v.b.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xashimova Naima Abidovna. iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  
Yetakchi tashkilot: Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi  O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasi korxonalarning barqaror rivojlanishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent IES aksiyadorlik jamiyatini strategik rivojlantirish yo‘nalishlarini  ishlab chiqarish-texnologik, iqtisodiy-ekologik, innovatsiya va kadrlar ta’minotiga ko‘ra mezoniy ko‘rsatkichlar (jumladan, rentabellik darajasi, to‘lovlilik qobiliyati, ekologik xavfsizlik, asosiy fondlar yangilanish  darajasi) asosida ichki muhit orqali shakllanish va ayni paytda o‘zgaruvchan missiya va tashqi muhit ta’sirida faoliyat yuritishi sharoitida siklli yondashuv bo‘yicha belgilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
“Toshkent IES” AJ barqaror rivojlanishini iqtisodiy va texnologik jarayonlarni hisoblash bo‘yicha xususiy barqarorlik indekslarining qiymat ko‘rsatkichlarini korxona umumlashtirilgan barqaror rivojlanish darajasi muayyan katta qiymatni olsa, AJ  barqaror rivojlanishi, qiymat qanchalik yuqori bo‘lsa, barqarorlik marjasi shunchalik yuqori bo‘lishiga asoslangan mualliflik yondashuviga ko‘ra baholash taklif etilgan
 milliy energetik xavfsizlikni ta’minlashda sharoitida “Toshkent IES” AJ barqaror rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy jarayonini baholash va energetik xavfsizligi tarkibi milliy va mintaqaviy bozorlarda faoliyat yurituvchi qo‘shni davlatlar turdosh energetika korxonalarining faoliyatini e’tiborga olishga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Toshkent IES” AJ faoliyatining ekonometrik modeli va uni barqaror rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida mahsulotni sotishdan olingan sof tushumga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Energetika tarmog‘i korxonalarinig barqaror rivojlanishini ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
   “Toshkent IES” aksiyadorlik jamiyatini strategik rivojlantirish yo‘nalishlarini  ishlab chiqarish texnologik, iqtisodiy-ekologik, innovatsiya va kadrlar ta’minotiga ko‘ra mezoniy ko‘rsatkichlar (jumladan, rentabellik darajasi, to‘lovlilik qobiliyati, ekologik xavfsizlik, asosiy fondlar yangilanish  darajasi) asosida ichki muhit orqali shakllanish va ayni paytda o‘zgaruvchan missiya va tashqi muhit ta’sirida faoliyat yuritishi sharoitida siklli yondashuv bo‘yicha belgilash bo‘yicha taklif “Toshkent IES” AJning 2022 yil 14 sentyabrgi 411-son buyrug‘i bilan strategik rivojlantirish dasturiga kiritilgan (“Toshkent IES” AJning 2022 yil 7 dekabrdagi 411-son dalolatnomasi). Ushbu siklni qo‘llash natijasida 2021 yilda jamiyatda ishlab chiqarish quvvatlari qayta tahlil qilish va tovar moddiy zaxiralarning qiymatini 1,57 % oshirish imkonini bergan;
   “Toshkent IES” AJ barqaror rivojlanishini hisoblashda iqtisodiy va texnologik jarayonlarni hisoblash bo‘yicha xususiy barqarorlik indekslarining qiymat ko‘rsatkichlarini mualliflik yondashuvi bo‘yicha takliflar Toshkent IES” AJning 2022 yil  14 sentyabrgi 411-son buyrug‘i bilan strategik rivojlantirish dasturiga joriy qilingan (“Toshkent IES” AJning 2022 yil 7 dekabrdagi 411-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida korxonaning barqarorlik indeksiga erishish uchun ko‘rsatkichlar bo‘yicha 0,32 punktga oshirish kerakligi keltirilgan;
 “Toshkent IES” AJ barqaror rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy jarayonini baholash va energetik xavfsizligi tarkibida milliy va mintaqaviy bozorlarda faoliyat yurituvchi qo‘shni davlatlar turdosh energetika korxonalari faoliyatini e’tiborga olish bo‘yicha takliflar “Toshkent IES” AJning 2022 yil 14 sentyabrgi 411-son buyrug‘i bilan strategik rivojlantirish dasturiga kiritilgan ( “Toshkent IES” AJning 2022 yil 7 dekabrdagi 411-son dalolatnomasi).  Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida “Toshkent IES” AJ barqaror rivojlani-shini ta’minlovchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm hisobiga tayyor mahsulot yaratish imkoniyati oshib, bu ko‘rsatkich 56 944 mln. so‘mga yoki 2020 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshiriga muayyan darajada xizmat qilgan;
   “Toshkent IES” AJ faoliyatining ekonometrik modeli va uni barqaror rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida mahsulotni sotishdan olingan sof tushumga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognozi bo‘yicha takliflar “Toshkent IES” AJning 2022 yil 14 sentyabrgi 411 -son buyrug‘i bilan strategik rivojlantirish dasturiga joriy qilingan (“Toshkent IES” AJning 2022 yil 7 dekabrdagi 411-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognozni amaliyotga joriy qilish “Toshkent IES” AJning 2028 yilda 2021 yilga nisbatan sof tushum hajmini muayyan miqdorga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish