Eshmurodova Dilnora Bahodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pararektal oqma yaralarni xirurgik davolashda lazer texnologiyalarining imkoniyatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3413.
Ilmiy rahbar: Sadikov Rustam Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abdurashid Jo‘rakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy fotosensibilizatsiya o‘tkazish bilan birgalikda lazerli mukozektomiya usulini takomillashtirish orqali pararektal oqmalarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqma yo‘lining obliteratsiya va chandiqlanish jarayonlarini tezlashishini ta’minlovchi, oqma kanali shilliq qavatining lazerli destruksiyasi hamda fotosensibilizatsiya ta’siridan foydalanish bilan tavsiflanuvchi pararektal ekstrasfinkter oqmalarni xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;
to‘g‘ri ichakning ekstrasfinkter oqmasini kalamushlarda shakllantirishning taklif etilgan eksperimental modelidan foydalanilganda hosil bo‘lgan oqma kanali to‘g‘ri ichak bo‘shlig‘i bilan aloqadorligi hamda shilliq epiteliy va granulyasiyalar bilan qoplanganligi, shilliq-yiringli ajralmali bo‘lishi isbotlangan;
FarGALS eritmasining kislotali muhiti hisobiga oqma kanalining kimyoviy kuyishi lazer koagulyasiyasi ta’sirini kuchaytirishi, uning yorug‘likni yutish qobiliyati yuqori bo‘lganligi sababli qizil spektrda nurlantirilganda, kislorod ionlarining ajralishi tufayli mahalliy mikrofloraga kompleks ta’sir ko‘rsatishni ta’minlangani hamda yiringli jarayonlarning qayta rivojlanishini bartaraf etgani holda uning antiseptik xususiyatlarini oshirishi aniqlangan;
pararektal oqma yo‘lining shilliq qavatini lazerli destruksiya qilish bilan birga ta’sir ko‘rsatishdan avval va keyin fotosensibilizatsiya o‘tkazish qalin chandiqli to‘qima shakllanishi bilan oqma kanalining to‘liq yopilishini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM Ekspert kengashining 2023 yil 30 avgustdagi 2x/12-son xulosasiga ko‘ra («Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2023 yil 30 avgustda 751-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: to‘g‘ri ichak oqmalarining anatomik-topografik xususiyatlari hisobga olinib, pararektal ekstrasfinkter oqmalarni jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli texnik jihatdan takomillashtirilgan bo‘lib, bu jarroxlik amaliyotining travmatik omili kamayib, sog‘ayish jarayoni tezlashishiga olib keladi (O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi IAP 07258-sonli ixtiro uchun patenti). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan pararektal oqmalarni xirurgik davolash usuli Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (09.08.2023; №70) bilan bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pararektal oqmalarni xirurgik davolashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni kamaydi; operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifati yaxshilandi; bemorlar xayot sifati oshdi; takroriy xirurgik aralashuvlar chastotasi 15,4% dan 3,6% gacha kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi xirurgik usulning joriy etilishi hisobiga 1 nafar bemorda 2 200 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi (tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, 15,4% bemorlar takroriy jarrohlik amaliyotiga muxtoj bo‘ladi). Takroriy operatsiyalar ko‘rsatkichi 15,4% dan 3,6% gacha kamaydi (1 nafar bemorga 2 200 000 so‘m tejab qolinsa, yiliga 56 nafar bemordan qayta operatsiya bo‘luvchilar soni 8 nafardan 2 nafargacha qisqardi, bu esa bir nafar bemorga 2 200 000 so‘m iqtisod qilinishi hisobga olinib, yillik 13 200 000 so‘m ( 6 nafar bemor uchun) ni tashkil etdi. Xulosa: yangi xirurgik usuldan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 13 200 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi, shundan 11 000 000 so‘m byudjet mablag‘lari, 2 200 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Pararektal oqma yaralarni xirurgik davolashda lazer texnologiyalarining imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 30.08.2023y.; № 751- sonli xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: tajribalar davomida insonlarnikidek shilliq qavatga ega oqma modelidan foydalanish lazer nurlantirishning optimal ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va baholash imkoniyati koagulyasiya chegarasi tarqalishini ko‘z bilan ko‘rish natijasida qoniqarsiz natijalar xavfini oldini olish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan pararektal oqmalarni xirurgik davolash usuli Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (09.08.2023; №70) bilan bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik davolash paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar soni minimallashtirildi; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiyadan tezroq o‘tadilar va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytadilar; ushbu kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifati yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Lazerli mukozektomiya yordamida anal sfinkter etishmovchiligining oldini olish mumkin. Bemorlarga sfinkteroplastika operatsiyasi talab etilmaydi, ya’ni har bir bemor uchun tejamkorlik 2 750 000 so‘mni tashkil etadi, kasalxonaga yotqizish va davolanish xarajatlarini kamaytiradi, jami 11 000 000 (4 nafar bemor uchun) tejaladi. Xulosa: har bir bemorga yangi jarrohlik texnikasini joriy etish yiliga 11 000 000 so‘m iqtisod qilinadi, shundan 6 000 000 so‘m byudjet mablag‘larini va 5 000 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni kasalxonaga yotqizish va davolashni tejaydi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Pararektal oqma yaralarni xirurgik davolashda lazer texnologiyalarining imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 30.08.2023y.; № 751- sonli xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: oqma yo‘li shilliq qavatini destruksiya fotosensibilizatsiya bilan birgalikda destruksiya qilish oqmaning tez bitishiga olib kelib, jarrohlik amaliyoti natijalarini bashoratlashni takomillashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan pararektal oqmalarni xirurgik davolash usuli Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (09.08.2023; №70) bilan bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; ushbu operatsiyalardan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Keng mikroblarga qarshi fotosensibilizator yordamida lazerli mukozektomiya o‘tkazish kasalxonadan chiqqandan keyin va 1 nafar bemorni davolashdan keyin reabilitatsiya xarajatlarini tejashga olib keldi, shu jumladan: qayta ko‘rikdan o‘tkazish – 49 000 so‘m; bog‘lov materiallari xarajatlari - 32 000 so‘m; dori-darmonlarga sarflangan xarajatlar - 50 000 so‘m (jami iqtisodiy samaradorlik 1 bemorga 131 000 so‘m, yillik residivlar soni 6 ta, umumiy iqtisodiy samaradorlik 786 000 so‘m). Xulosa: Har bir bemorga yangi jarrohlik texnikasini joriy etish natijasida 1 yilda umumiy iqtisodiy samaradorlik 786 000 so‘m, shundan 393 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘ iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Pararektal oqma yaralarni xirurgik davolashda lazer texnologiyalarining imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 30.08.2023y.; № 751- sonli xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: lazerli mukozektomiyani fotosensibilizatsiya effekti bilan birgalikda qo‘llanilishi operatsiyadan keyingi erta reabilitatsiya kursining sifatini yaxshiladi, kasalxona bosqichining davomiyligini 4,5 ± 1,5 (an’anaviy operatsiyalar bilan) va 3,9 ± 1,3 kundan (lazer operatsiyalari bilan) 3,4 ± 0 ,9 kun (p <0,05), gacha qisqartirdi, uzoq muddatli asoratlar chastotasining 25,7% va 15,3% dan 3,6% gacha kamayishi, oqma bitish davrining qisqarishi 45,2±15,8 va 36,8±17,2 kundan 27,6±11,5 kungacha (p <0,001) qisqarishi kuzatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan pararektal oqmalarni xirurgik davolash usuli Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (09.08.2023; №70) bilan bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliyotdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mehnat faoliyatiga qaytarish; uzoq muddatli kuzatuv davrida salbiy hodisalarni kamayishi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagicha: kasalxonada bir bemorga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning statsionarda bo‘lish muddatini 6,2 kundan 3,4 kungacha (3 kun) qisqartirish, statsionarda yotish uchun to‘lov miqdorini 661 500 so‘mga kamaytirish (kasalxona preyskuranti bo‘yicha 220 500 so‘m); kasalxonada bo‘lish muddati 3 kunga qisqarganligi munosabati bilan 300 000 so‘mga kam dori-darmonlar talab qilinmoqda (kuniga o‘rtacha 100 000 so‘mlik dori-darmon sarflanadi); Kasalxonada qolish muddatini 3 kunga qisqartirish hisobiga 96 000 so‘mga kamroq bog‘lash talab qilinadi (o‘rtacha bir kunlik bog‘lash materiali iste’moli 32 000 so‘m). Yuqoridagilarga ko‘ra yillik umumiy iqtisodiy samaradorlik 59 220 000 so‘m (56 ta operatsiya bo‘yicha 1 057 500 x 56 = 59 220 000 so‘m, sog‘lomlashtirish xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘lari 29 565 000 so‘m va byudjetdan tashqari jamg‘armalar 29 655 000 so‘m). Jami: 59 220 000 so‘m). Xulosa: yangi jarrohlik usullaridan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 59 220 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi, har bir bemorga yangi jarrohlik texnikasining joriy etilishi 29 565 000 so‘m so‘m byudjet mablag‘lari va 29 655 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Pararektal oqma yaralarni xirurgik davolashda lazer texnologiyalarining imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 30.08.2023y.; №751-sonli xat yuborilgan.