Axmedov G‘ayrat Keldibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroezofageal reflyuks kasalligida qizilo‘ngach patologik holatlarini xirurgik davo taktikalarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1967.
Ilmiy rahbar: Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaminvaziv texnologiyalar va lazerli nurlantirishni joriy etish orqali qizilo‘ngachdagi patologik o‘zgarishlar bilan asoratlangan gastroezofageal reflyuks kasalligiga chalingan bemorlarni tashxisot taktikasi hamda xirurgik davolash usulini tanlashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gastroezofageal reflyuks asoratlarini tashxislashda endoskopik diagnostikaning maksimal ma’lumot beruvchi, saraton oldi kasalligi hisoblanuvchi Barrett qizilo‘ngachini aniqlashni uch barobar oshirish imkonini beruvchi eng yaxshi rejimi aniqlangan;
eksperimental va morfologik tadqiqotlar orqali qizilo‘ngachning shilliq qavatiga IQ-diodli lazerli ta’sir ko‘rsatishning samaradorligi tasdiqlangan hamda shilliq qavat regeneratsiyasiga ijobiy ta’sir qilishi va bitishini tezlashtirishi isbotlangan;
qizilo‘ngachning shilliq qavatiga lazer bilan ta’sir ko‘rsatishning gastroezofageal reflyuks kasalligining asoratlari bo‘lgan bemorlarda aynan eroziv-displastik o‘zgarishlarni nurlantirish mumkin bo‘lgan, nurlantirishning atrof to‘qimalarga nojo‘ya ta’sirini bartaraf etishga hamda amaliyot davomiyligini kamaytirishga imkon beruvchi endoskopik intraezofageal usuli ishlab chiqilgan;
qizilo‘ngach shilliq qavatining patologik o‘zgarishlari bilan asoratlangan gastroezofageal reflyuks kasalligiga chalingan bemorlarni IQ-diodli lazerdan foydalangan holda endoskopik va xirurgik kompleks davolashda asoratlar og‘irlik darajasi va sonini pasaytirishga imkon bergan davolash-tashxisot algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM Ekspert kengashining 2023 yil 30 avgustdagi 2x/13-son xulosasiga ko‘ra («Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2023 yil 29 avgustda 748-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: gastroezofageal reflyuks kasalligining asoratlarini tashxislashda maksimal axborot beruvchi endoskopik tekshirish usullarining eng yaxshi rejimi - tor spektrli (NBI) rejim bo‘lib, ishlatishning ixchamligi, qo‘shimcha dori vositalari va asbob-uskuna talab qilmasligi, shuningdek, qizilo‘ngachda xavfli onkologik kasalliklarga olib keluvchi Barrett qizilo‘ngachini erta aniqlash imkoniyatining uch barobarga oshirilishi katta ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (29.08.2023y.; №747)  bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoskopik tekshirishlarning o‘z vaqtida, ko‘p axborot beruvchi va samarali bo‘lishi natijasida keyingi mumkin bo‘lgan asoratlar va uning natijasida majburiy qo‘shimcha aralashuvlarni oldi olinadi, ayniqsa, Barret qizilo‘ngachi kabi xavfli onkologik kasalliklariga o‘tuvchi patologiyalarni erta aniqlash 1,95% dan  6,49% ga (uch barobarga) oshirildi, natijada to‘g‘ri va vaqtida aniqlangan patologiyalarning (ayniqsa, onkologik kasalliklarga olib keluvchi) umumiy davosiga va keyingi davolanish uchun ketadigan iqtisodiy xarajatlar kamayishiga katta ta’sir qiladi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  mazkur patologiyalarda endoskopik tekshiruv usullaridan foydalanish hisobiga: 1 nafar bemorda qayta amaliyot o‘tkazishdan 203 400 so‘m, shuningdek, biopsiya olish amaliyoti bir vaqtda bajarilsa 133 300 so‘m miqdorda xarajatlar sarflansa, shunda umumiy 336 700 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi.  Olib borilgan qayta endoskopik aralashuvlar darajasi tadqiqot davrida 12,5% dan 3,4% gacha kamaygan, bu esa tadqiqot davridagi 58 nafar bemorlar orasida  qayta aralashuvlarni 5 nafardan 1 nafargacha kamayishiga olib keldi. Shundan kelib chiqib 1 nafar bemordan 336 700 so‘m iqtisod qilinsa, bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1 346 800 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun). Xulosa: endoskopik usullaridan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 1 346 800 so‘mni (4 nafar bemor uchun), shundan 444 444 so‘m byudjet mablag‘larini, 902 356 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM direktori tomonidan 29.08.2023 y.;  №748 sonli xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach shilliq qavatidagi turli eroziv-yallig‘lanishli patologiyalarni erta va samarali davolash maqsadida IQ-diodli lazerli nurlarning ta’siri turli tajriba hayvonlarida o‘rganilib, lazerning optimal ta’sir quvvati, ta’sir ekspozisiyasi va to‘qimaga nisbatan yo‘nalganlik masofasi aniqlandi. Bu olingan natijalar asosida esa o‘z navbatida bemorlarda qizilo‘ngach shilliq qavati eroziv-displastik jarayonlarini davolash amaliyotini bajarish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (29.08.2023y.; №747) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan bemorlarda taklif qilingan kompleks (xirurgik, lazerli va konservativ) davolash usuli kasallik asoratlarini erta aniqlash va davo natijalarini yaxshilashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan kompleks davolash usuli bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolanishi odatda umumiy o‘rtacha 9 724 000 so‘mni (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) tashkil etadi. Bu summa ichiga bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlari, o‘rin kunlari (bo‘limda va bir kun reanimatsiya bo‘limida bo‘lishi) dori-darmon va operatsiyaga ketgan xarajatlari kiradi. Agarda bemorda gastroezofageal reflyuks kasalligi (onkologik) asoratlari, xususan, Barrett qizilo‘ngachining adenokarsinomaga o‘tishi holati kuzatilsa, bunday holatda har bir bemorning qo‘shimcha olib boriladigan kompleks davosi natijasida statsionarda davolanishning umumiy qiymati o‘rtacha 12 316 000 so‘mni tashkil etadi. Endoskopik tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, qizilo‘ngach shilliq qavatidagi reflyuks-ezofagit darajalarining uchrash ko‘rsatgichi har ikkala guruh (asosiy va nazorat) bemorlarida deyarli farq qilmadi (p>0,05). Taklif qilingan IQ-diodli lazerli nurlantirish usuli orqali bemorlarda reflyuks-ezofagitning asoratlari (Barret qizilo‘ngachi) 12.5% dan 3.4% ga ishonarli tushganligi (p≤0,05) qayd etildi, bunda demak 1 nafar bemordan 2 592 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7 776 000 so‘mni tashkil etadi (3 nafar bemor uchun). Xulosa: gastroezofageal reflyuks kasalligini tavsiya qilingan kompleks (operativ, lazerli, konservativ) davo usulini amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 7 776 000 so‘mni, shundan 2 566 080 so‘m byudjet mablag‘lari, 5 209 920 byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM direktori tomonidan 29.08.2023 y.; №748 sonli xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach shilliq qavatidagi eroziv-displastik o‘zgarishlariga qizilo‘ngach ichidan aniq nurlantiruvchi endoskopik lazerli ta’sir qilish usuli natijasida atrofdagi sog‘lom to‘qimalar nurlanishining nojo‘ya ta’sirini yo‘qotadi va o‘tkaziladigan muolaja vaqtining kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (29.08.2023y.; №747) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoskopik tekshiruv usullaridan foydalanish hisobiga 1 nafar bemorda qayta amaliyot o‘tkazishdan 203 400 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi (klinik tavsiya etilgan standart bo‘yicha har bir bemorlarda qayta endoskopik aralashuvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi). Gastroezofageal reflyuks kasallik bilan kechgan bemorlarda qizilo‘ngach patologiyalarini nurlantirish teri ustidan o‘zkazilganda o‘rtacha 16±0,22 minut vaqt sarflansa, tavsiya qilingan endoskopik qizilo‘ngach ichidan nurlantirish muolajasiga o‘rtacha 1,05±0,16 minut vaqt ketadi. 58 nafar bemorda o‘tkazilgan muolajalar vaqti 16 minutdan 1,05 minutgacha kamaytirildi (15 marta o‘tkazilish vaqti qisqardi). Shunda mazkur patologiyali 1 nafar bemordan 203 400 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2 847 600 so‘mni tashkil etadi (14 nafar bemor uchun). Xulosa: endoskopik usullaridan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi mazkur patologiyali bemorlrada, 1 yilda 2 847 600 so‘mni, shundan 939 709 so‘m byudjet mablag‘lari, 1 907 892 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM direktori tomonidan 29.08.2023 y.; №748 sonli xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: IQ-diodli lazer yordamida endoskopik va xirurgik kompleks davolash-diagnostik algoritmi orqali  gastroezofageal reflyuks kasalligi bemorlarni qizilo‘ngach  shilliq qavatidagi patologik o‘zgarishlarni, shuningdek, xavfli onkologik kasalliklarga olib keluvchi patologiyalarni erta aniqlab, vaqtida samarali davolashga erishiladi va         yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni rivojlanishining oldi olinadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (29.08.2023y.; №747)  bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: lazer terapiyasining gastroezofageal reflyuks kasalligi asoratlari bilan bemorlarda konservativ va xirurgik kompleks davolash bilan birgalikda qo‘llash umumiy davo natijalarini yaxshiladi va asoratlarni 12.5% dan 3.4% gacha kamaytirdi. Shuningdek, tavsiya qilingan davolash usulidan keyin asosiy shikoyatlar: jig‘ildon qaynashi 32,4% dan 12,8% ga (p≤0,05), kekirish 35,2% dan 15,1% ga (p≤0,05), epigstral og‘riqlar 21,8% dan 6,3% ga (p≤0,05) ishonarli tushganligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagicha: taklif qilingan kompleks davolash usuli bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolanishi odatda umumiy o‘rtacha 9 724 000 so‘mni (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) tashkil etadi. Bu summa ichiga bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlari, o‘rin kunlari (bo‘limda va bir kun reanimatsiya bo‘limida bo‘lishi) dori-darmon va operatsiyaga ketgan xarajatlari kiradi. Agarda bemorda gastroezofageal reflyuks kasalligi (onkologik) asoratlari bilan davolanganda, qo‘shimcha tekshirish usullari, o‘rin kunlarining ko‘payishi va operatsiya xajmining oshishi xisobiga, umumiy o‘rtacha 12 316 000 so‘m sarflanadi. Tahlil natijasida mazkur tadqiqotning ilmiy-amaliy natijalarini joriy qilish hisobiga 1 nafar bemorda mazkur patologiyalarda o‘rtacha 2 592 000 so‘m tejab qolindi. Taklif qilingan davolash-diagnostik algoritm natijasida gastroezofageal reflyuks kasalligi asoratlaridan bo‘lgan Barret qizilo‘ngachi 10 nafar bemorda aniqlangan bo‘lib, 12.5% dan 3.4% ga, ya’ni 4 nafar bemordan bir nafargacha kamaytirildi, demak mazkur holatda har bir nafar bemordan 2 592 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7 776 000 so‘mni tashkil etadi (3 nafar bemor uchun). Xulosa: gastroezofageal reflyuks kasalligini tavsiya qilingan kompleks (operativ, lazerli, konservativ) davo usulini amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 7 776 000 so‘mni, shundan 2 566 080 so‘m byudjet mablag‘lari, 5 209 920 byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM direktori tomonidan 29.08.2023 y.; №748 sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish