Pulatov Quvonchbek Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1953-1956 yillarda O‘zbekistonda sovet hokimiyatining targ‘ibot-tashviqot ishlari (Farg‘ona vodiysi misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar706.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor; Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1953–1956-yillarda sovet hukumatining O‘zbekistonda olib borgan targ‘ibot va tashviqot siyosati hamda uning mohiyatini Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda 1953–1956-yillardagi sovet hokimiyatining targ‘ibot va tashviqoti siyosat, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni qamrab olganligi, natijada hukumat ayni usullardan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham unumli foydalanib, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida mavjud tuzumning umumiy tamoyillarini, hukmron mafkura g‘oyalarini keng targ‘ib etganligi aniqlangan;
sovetlarning targ‘ibot va tashviqot kompaniyasi O‘zbekistonda mahalliy xususiyatlarga, jumladan dinga qarshi kurash, an’ana va qadriyatlarni ta’qiqlash, milliy tarixga salbiy munosabatda bo‘lish kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lgani, ushbu yondashuv, ayniqsa Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yanada keskin amalga oshirilgani ochib berilgan.
sovet hukumatining targ‘ibot va tashviqot jarayonlarida davriy matbuot, radio asosiy o‘rin egallagani, ayniqsa Farg‘ona vodiysi viloyatlarining qishloqlarida ham radiolashtirish keng yo‘lga qo‘yilgani, barcha davriy matbuot nashrlariga obuna bo‘lishning qulay imkoniyatlari yaratilgani asoslangan;
1953–1956-yillarda Farg‘ona vodiysi viloyatlari respublikada paxta etishtirish va unga birlamchi ishlov berish bo‘yicha yetakchi bo‘lgani sharoitda sovet hokimiyatining targ‘ibot va tashviqot siyosati yanada kuchaytirilgani, hamda uning shakli mehnat unumdorligini oshirish, o‘zaro musobaqa, ishlab chiqarishda ilg‘orlikni ommalashtirish kabi shior, da’vat va chaqiriqlarga aylanib borgani isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1953–1956-yillarda sovet hokimiyatining O‘zbekistonda olib borgan targ‘ibot va tashviqot siyosati tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekistonda 1953–1956-yillardagi sovet hokimiyatining targ‘ibot va tashviqoti siyosat, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni qamrab olganligi, natijada hukumat ayni usullardan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham unumli foydalanib, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida mavjud tuzumning umumiy tamoyillarini, hukmron mafkura g‘oyalarini keng targ‘ib etganligi hamda sovetlarning targ‘ibot va tashviqot kompaniyasi O‘zbekistonda mahalliy xususiyatlarga, jumladan dinga qarshi kurash, an’ana va qadriyatlarni ta’qiqlash, milliy tarixga salbiy munosabatda bo‘lish kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lgani, ushbu yondashuv, ayniqsa Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yanada keskin amalga oshirilganiga doir ma’lumotlardan Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati muzeyining “Sovet hukumatining targ‘ibot yo‘nalishlari” fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022-yil 23-fevraldagi 01-07/470-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyruvchilarning O‘zbekistonda sovet hukumatining olib borgan targ‘ibot va tashviqot siyosatining asl mohiyati, tarixiga doir bilim va tasavvurlarini boyishiga xizmat qilgan;
sovet hukumatining targ‘ibot va tashviqot jarayonlarida davriy matbuot, radio asosiy o‘rin egallagani, ayniqsa Farg‘ona vodiysi viloyatlarining qishloqlarida ham radiolashtirish keng yo‘lga qo‘yilgani, barcha davriy matbuot nashrlariga obuna bo‘lishning qulay imkoniyatlari yaratilgani hamda 1953–1956-yillarda Farg‘ona vodiysi viloyatlari respublikada paxta etishtirish va unga birlamchi ishlov berish bo‘yicha yetakchi bo‘lgani sharoitda sovet hokimiyatining targ‘ibot va tashviqot siyosati yanada kuchaytirilgani, hamda uning shakli mehnat unumdorligini oshirish, o‘zaro musobaqa, ishlab chiqarishda ilg‘orlikni ommalashtirish kabi shior, da’vat va chaqiriqlarga aylanib borganiga oid materiallardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan taqdimot ko‘rsatuvining senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” davlat unitar korxonasining 2022-yil 4-oktyabrdagi 832/25-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning O‘zbekistonda sovet hokimiyatining olib borgan targ‘ibot va tashviqot siyosatining asl mohiyati, tarixiga doir ma’lumotlarni qiziqarli tarzda etkazishga, ularning bu boradagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan.