Akimniyazova Gulnaz Abdinayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar
  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «An’anaviy Qoraqalpoq bozori: o‘ziga xos xususiyatlari, ixtisosligi, savdogarlari (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning birinchi yarmi)», 07.00.07– Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
  Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1266.
Ilmiy rahbarchining F.I.Sh., ilimiy darajasi va unvoni: Kurbanova Zemfira Ibragimovna, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.   
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilimiy darajasi va unvoni: Zununova Gulchexra Shavkatovna, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Matkarimova Sadoqat Maksudovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
II.    Tadqiqotning maqsadi XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning birinchi yarmida an’anaviy qoraqalpoq bozori mohiyatini ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
qoraqalpoq bozorlarida savdo munosabatlari, savdo qilish uchun zakot, o‘rin uchun to‘lov - orin pul, tarozidan soliq - tәrezi pul kabi mavjud soliqlar turlari, soliq solishning o‘ziga xosligi, og‘irlik – batpan, onseri, siyseri, ag‘ari va o‘zunlik - shaqirim, qulash, qaris - me'yorlarining o‘ziga xosligi ochib berilgan;
bozorlarning axborot almashish, muloqot, madaniy dam olish kabilar amalga oshirilgan kommunikativ markaz sifatidagi muhim o‘rni asoslanib, sharbaq deb nomlangan an'anaviy yuk hayvonlari joylashtiriladigan, bozorga kelgan kishilar dam oladigan joyning unga tashrif buyurganlar dam olishi, ovqatlanib olishi, o‘z tovarlarini saqlashi, shuningdek o‘z ot-ulovli aravalarini vaqticha qoldirishi mumkinligi kabi uning etnomadaniy xususiyatlari ko‘rsatib berilgan;
savdogar obrazi ijobiy va ayni vaqtda salbiy tavsiflangan xalq og‘zaki ijodi asarlari, xalqning savdo-sotiq va u bilan bog‘liq ishlarga munosabati aks etgan ertaklar, rivoyatlar, matal va maqollar aniqlangan;
sawdager - tabaqasi  shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek ularning ichki (hunarmandchilik mahsulotlari, chorva, kiyim-kechak va b. savdosi) va tashqi savdo-sotiqdagi (metall, teridan tayyorlangan mahsulotlar, attorlik mollari) o‘rni aniqlangan.
IV.    Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq bozorining etnomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish asosida olingan natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
sawdager - tabaqasi  shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek ularning ichki (hunarmandchilik mahsulotlari, chorva, kiyim-kechak va b. savdosi) va tashqi savdo-sotiqdagi (metall, teridan tayyorlangan mahsulotlar, attorlik mollari) o‘rniga oid natijalardan PZ-20170915198-raqamli «Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy ko‘rsatmalarning transformasiyasi: tarix va amaliyot» (2018-2020 yy.) nomli amaliy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasining Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 7 dekabrdagi 503/1-son ma’lumotnomasi). Xususan, joriy qilingan natijalar shahar bozorlari amal qilishining tarixiy dastlabki shartlarini o‘rganish, ularni o‘rganilayotgan davr aholi ijtimoiy hayotiga ta’sirini, shuningdek yangi ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarda ularning o‘rnini o‘rganish imkonini bergan;
qoraqalpoq bozorlarida savdo munosabatlari, savdo qilish uchun zakot, o‘rin uchun to‘lov - orin pul, tarozidan soliq - tәrezi pul kabi mavjud soliqlar turlari, soliq solishning o‘ziga xosligi, og‘irlik – batpan, onseri, siyseri, ag‘ari va o‘zunlik - shaqirim, qulash, qarish - me'yorlarining o‘ziga xosligiga oid ma’lumotlar va natijalardan PZ-20170915198-raqamli «Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy ko‘rsatmalarning transformasiyasi: tarix va amaliyot» (2018-2020 yy.) nomli amaliy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasining Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 7 dekabrdagi 503/1-son ma’lumotnomasi). Xususan, savdo-sotiqning rivojlanishi, savdogarlar qatlamining tarqib topishi, tovarlar assortimenti, shahar bozorlarining me'moriy qiyofasi haqidagi ma’lumotlar shaharlar hayoti, hunarmandchilikning rivojlanishi, qoraqalpoqlar savdo munosabatlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
bozorlarning axborot almashish, muloqot, madaniy dam olish kabilar amalga oshirilgan kommunikativ markaz sifatidagi o‘rni; sharbaq deb nomlangan an'anaviy yuk hayvonlari joylashtiriladigan, bozorga kelgan kishilar dam oladigan joyning unga tashrif buyurganlar dam olishi, ovqatlanib olishi, o‘z tovarlarini saqlashi, shuningdek o‘z ot-ulovli aravalarini  vaqticha qoldirishi mumkinligi kabi uning etnomadaniy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston televideniyasining «Assalam Qaraqalpaqstan» teledasturini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘ston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 dekabrdagi 05-22/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ular xalq boy ma’naviy merosini targ‘ib qilish, savdo-sotiq bilan bog‘liq an'ana va odatlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish