Sharipova Maxbuba Baxshilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Alpomish” dostonida marosimlarning badiiy ifodasi”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil 1193.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umurzoq, filologiya fanlari doktori, professor; Yormatov Isomiddin, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek dostonchiligi an’anasida muhim o‘ringa ega “Alpomish” dostonining o‘zbek variantlarida marosimlarning badiiy ifodasini aniqlash asosida epos va marosim munosabatining tarixiy asoslarini, doston sujet tizimida keltirilgan milliy urf-odatlarning badiiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek dostonchiligida epos va marosim, etnos va epos munosabatining ijtimoiy-tarixiy, madaniy-ma’naviy asoslariga ko‘ra qadimiyligi hamda an’anaviyligi asoslangan;
o‘zbek xalq qahramonlik eposi “Alpomish”da ifoda etilgan marosimlarning tug‘ilish, xatna, uylanish, o‘lim bilan bog‘liq turlari, undagi arxaik hamda hozirgacha saqlanib kelayotgan oilaviy-maishiy marosimlar dostonning sujet modelini va morfologiyasini tashkil etgani isbotlangan;
“Alpomish” dostonining o‘zbek variantlari badiiy kompozisiyasidan o‘rin olgan arxaik oilaviy-maishiy marosimlar bosh qahramonning mo‘jizaviy tug‘ilishi, qayta nomlanishi, sirli qobiliyat va qurolga, otga ega bo‘lishi, eranlar homiyligida yurishi kabi belgilarlarda berilgani, unda qabilaviy-urug‘chilik tushunchalari idealizatsiyalangani dalillangan;
doston sujetida bola tug‘ilishi, unga ism qo‘yish, nikoh to‘yiga aloqador marosim va urf-odatlarning badiiy tasvir xususiyatlari, milliy va estetik mohiyati, ularni epik motivlashtirilishda real turmush manzarasi bilan epik haqiqat muvofiqligining ta’minlanish poetik qonuniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Alpomish” dostonida marosimlarning badiiy ifodasini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
epos va marosim, etnos va epos munosabati, dostonning marosimdagi hamda marosimning dostondagi o‘rni, bu an’ananing dunyo xalqlari folklorida ijtimoiy-tarixiy, madaniy-ma’naviy jihatdan qadimiyligi asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017 – 2020-y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 18 yanvardagi 18.01/43-son ma’lumotnomasi). Natijada “Alpomish” dostonining o‘zbek variantlarini qiyosiy o‘rganish asosida ularning badiiy kompozisiyasida marosimlarning o‘rni va poetik ifodasi, turlari, milliy xususiyatlarini kompleks tadqiq etishga, doston poetik kompozisiyasini belgilashda marosimlar muhim o‘rin tutganligi, unda tug‘ilish, bolaga ism qo‘yish, oila qurish, nikoh to‘yi bilan bog‘liq qator urf-odatlar badiiy ifodalanganini asoslashga, doston va marosim, etnos va epos munosabati, ya’ni dostonning marosimdagi hamda marosimning dostondagi, shuningdek, xalq madaniy-ma’naviy hayotidagi o‘rnini etnofolkloristik tahlil obekti sifatida o‘rganishga erishilgan. Bu esa dostonning marosimdagi hamda marosimning dostondagi o‘rnini, epos va marosim, etnos va epos munosabatining tarixiy asoslarini, bu an’ananing qadimiyligini dalillashga, Alpomish” dostonining o‘rganilish bosqichlari, metodlari hamda kuylash etosi, uning o‘zbek variantlari sujetiga milliy marosim va urf-odatlarning kiritilish omillarini aniqlashga, dostonda ifoda etilgan marosimlarning turlarini, undagi arxaik hamda hozirgacha saqlanib kelayotgan marosimlarni tasniflash va tavsiflashda xizmat qilgan;
o‘zbek xalq qahramonlik dostoni “Alpomish”da tug‘ilish, xatna, uylanish, o‘lim bilan bog‘liq oilaviy-maishiy marosimlarning turlariga oid badiiy tasvirlar poetik qonuniyatlarga muvofiq epik motivlashtirilganiga oid nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017 – 2020-y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 18 yanvardagi 18.01/43-son ma’lumotnomasi). Bu jarayonda insoniyat badiiy tafakkuri tadrijida eposning o‘rni, unda etnos hayoti, xalqning marosimlar va an’anaviy urf-odatlarga munosabati, axloqiy qarashlari ifodasi, ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqidagi fikrlar shoir va yozuvchilarning Alpomish va Barchin obrazlarini stilizatsiya qilish mahorati, marosim va udumlar tasviri badiiy ijodda etnografik folklorizmni hosil qilishi to‘g‘risidagi qarashlar bilan bog‘lab tushuntirilishi natijasida to‘garak a’zolarining bilimini oshirishga, folklor va adabiyot munosabatiga oid qiziqishlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
“Alpomish” dostoni o‘zbek variantlari sujetida bola tug‘ilishi, unga ism qo‘yish, nikoh to‘yiga aloqador marosim va urf-odatlarning badiiy tasviri milliy va estetik aspektda, real turmush manzarasi bilan epik haqiqatni poetik muvofiqlashtirib epik motivlashtirilgani, unda bosh qahramonning mo‘jizaviy tug‘ilishi, qayta nomlanishi, sirli qobiliyat, qurol, otga ega bo‘lishi, doimo eranlar homiyligida yurishi kabilar asosida berilishi orqali arxaik epos namunasi ekani anglashilishi haqidagi ilmiy xulosalardan “Buxoro” telekanalining “Dolzarb mavzu”, “Intervyu plyus”, “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 13 fevraldagi ą02-02-43-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish