Abduxalikov Firdavs Fridunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta asr Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar badiiy talqini”, 17.00.08 –San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/San222.
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Akbar Abdullaevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Qarshieva Gulabza Aliqulovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq miniatyura san’atida bir necha asr davomida tarixiy shaxslar talqin etilishining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, miniatyura san’ati namunalarining tarixiy jarayonlar, milliy madaniyat tarixi, tarixiy shaxslarning haqqoniy qiyofalarini aniqlashtirishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miniatyuralarda ko‘p figurali syujetli kompozisiyalardagi obraz, alohida sahifadagi bir kishilik portret turlari mavjud bo‘lganligi va ular mustaqil janr sifatida qo‘lyozma kitoblarga chizilgan ko‘p qiyofali syujetli kompozisiyalar doirasida shakllanganligi ochib berilgan.
miniatyuralardagi portretlar badiiy timsoliga inson qiyofasining nazmda umumlashtirilgan majoziy tasviridan kelib chiqqan holda yondashilganligi hamda zamondoshlarning shartli va ideallashtirilgan obrazi ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan;
XVI-XVII asrlardagi safaviylar davri portret san’atida qiyofalar holatini takomillashtirish, kompozisiyani murakkablashtirish, manzara foni bilan boyitishga e’tibor qaratilganligi, boburiylar davri portret san’atida mahalliy hind va Movarounnahr tasviriy san’ati uyg‘unligi, Behzod ijodiga xos kishilik va guruhli portret san’ati an’analarini o‘zlashtirilganligi, Evropaning ayrim rangtasvir usullaridan foydalangan holda individuallik, realistik tasvirlar kiritilganligi, shayboniylar va ashtarxoniylar davri tarixiy shaxslar portretlarida Temuriylar davri portret an’analarining ta’siri mavjudligi ochib berilgan;
XVI asrning ikkinchi yarmi boburiylar davri portret san’atida shaxslarni o‘ziga qarab ishlashga qaratilganligi muraqqa’ uchun yaratilgan alohida sahifadagi portret-suvratlarning ommalashishi, XVII asrning ikkinchi yarmi ashtarxoniylar miniatyurasida muayyan shaxs, uning etnik va etnografik xususiyatlariga qiziqish kuchayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta asr Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar badiiy talqinini tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
miniatyuralarda ko‘p figurali syujetli kompozisiyalardagi obraz, alohida sahifadagi bir kishilik portret turlari mavjud bo‘lganligi va ular mustaqil janr sifatida qo‘lyozma kitoblarga chizilgan ko‘p qiyofali syujetli kompozisiyalar doirasida shakllanganligi ochib berilganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan kongresslarda, mamlakatimiz va xorijda ushbu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan media-iventlar va tashkil qilinayotgan ko‘rgazmalarda, madaniy meros namunalari xususida chop etilayotgan kitob-albomlar va hujjatli filmlarda foydalanilgan (Butunjahon jamiyatining 2023 yil 10 maydagi 64-son ma’lumotnomasi). Natijada, kongresslar, media-iventlar dasturlarlarini takomillashtarish, kmtob-albomlar va hujjatli filmlar mazmunini boyitilishiga xizmat qilgan;
XVI-XVII asrlardagi safaviylar davri portret san’atida qiyofalar holatini takomillashtirish, kompozisiyani murakkablashtirish, manzara foni bilan boyitishga e’tibor qaratilganligi, boburiylar davri portret san’atida mahalliy hind va Movarounnahr tasviriy san’ati uyg‘unligi, Behzod ijodiga xos kishilik va guruhli portret san’ati an’analarini o‘zlashtirilganligi, Evropaning ayrim rangtasvir usullaridan foydalangan holda individuallik, realistik tasvirlar kiritilganligi, shayboniylar va ashtarxoniylar davri tarixiy shaxslar portretlarida Temuriylar davri portret an’analarining ta’siri mavjudligi ochib berilganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2023 yil 29 maydagi 06-30-836-son ma’lumotnomasi). Natijada, miniatyura asarlarida tasvirlangan mashhur shaxslarning qiyofalari, suratlarning tasviriy echimi, koloriti, tarixiy ma’lumotlarning ilmiy asoslanishiga xizmat qilgan;
miniatyuralardagi portretlar badiiy timsoliga inson qiyofasining nazmda umumlashtirilgan majoziy tasviridan kelib chiqqan holda yondashilganligi hamda zamondoshlarning shartli va ideallashtirilgan obrazi ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilganligi bo‘yich olingan natijalardan “O‘zbekfilm kinokonserni” DUK tomonidan davlat tadbirlari va bayramlar uchun turli roliklar, sahna ko‘rinishlari, taqdimotlar tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekfilm kinokonserni” DUKning 2023 yil 26 maydagi 01-10/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, roliklar, sahna ko‘rinishlari va taqdimotlarning mazmuni tarixiy manbaalar bilan boyitilishi va ilmiy asoslanishiga xizmat qilgan;
XVI asrning ikkinchi yarmi boburiylar davri portret san’atida shaxslarni o‘ziga qarab ishlashga qaratilganligi muraqqa’ uchun yaratilgan alohida sahifadagi portret-suvratlarning ommalashishi, XVII asrning ikkinchi yarmi ashtarxoniylar miniatyurasida muayyan shaxs, uning etnik va etnografik xususiyatlariga qiziqish kuchayganligi ko‘rsatib berilganligi bo‘yicha oligan natijalardan Kinematografiya agentligiga qarashli Hujjatli va xronikal filmlar studiyasida suratga olingan “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida”, “Marko Poloning O‘zbekistondagi sarguzashtlari”, “Abu Ali ibn Sino: Sharq va G‘arb oralig‘ida”, “Yangi ipak yo‘lida”, “Alisher Navoiy”, “Zahiriddin Muhammad Bobur” hujjatli filmlarida foydalanilgan (Hujjatli va xronikal filmlar studiyasining 2023 yil 10 maydagi 01-15/42-son ma’lumotnomasi). Natijada, filmlarda boburiylar va ashtarxoniylar davri tarixiy shaxslar qiyofasini aniq tasvirlash, davr madaniyati va muhitini keng ifodalashga xizmat qilgan.