Meliqulov G‘ayrat Abdug‘affarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarixiy yodgorliklar asosida hududlarning turizm imkoniyatlarini oshirish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati misolida)», 18.00.01-Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/A82.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSC.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Hasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati yodgorliklari arxitekturasini ochib berish hamda turizm infrastrukturasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo vohasida joylashgan tarixiy manzilgoh-shaharlarning vujudga kelish va shakllanish bosqichlari aniqlanib, zamonaviy Qarshi shahrining qadimgi va antik davrlarda Erqo‘rg‘on (mil.avv. V-IV aa.), Qal’ai Zahoki Moron (mil.avv. II a.), Shulluktepa (mil. III-IV aa.) kabi hududlarda, o‘rta asrlarda Qarshi qal’asi (mil. XIV asrning oxiri) hududida rivojlanganligi hamda o‘rta asr shaharlari 5 ta turda shakllanganligi dalillangan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan tarixiy yodgorliklar (masjidlar, maqbaralar, madrasalar, rabotlar, xonaqohlar, majmualar, sardobalar)ning qurilish davri, joylashgan joyi, me’moriy-rejaviy echimi, tipologik tuzilishi yuzasidan ma’lumotlar bazasi yaratilib, madrasalar tipologiyasidagi farqli jihatlar ularning qurilish davrlari bilan bevosita bog‘liq ekanligi, Qarshi shahridagi XIX asrda bunyod etilgan Qilichboy, Abdulaziz, Bekmir madrasalari tipologik jihatdan bir-biriga o‘xshashligi, uarning hovlilari o‘rta asr madrasalari tipologiyasidan farqli ravishda sakkiz burchakli tarzda shakllantirilganligi aniqlangan;
Qashqadaryo hududida joylashgan Xitoy va Langar ota masjidlari tipologiyasi o‘ziga xos bo‘lib, ularning qishgi zal (honaqoh)lari boshqa masjidlardan farqli ravishda besh ustunli tarzda rejalashtirilganligi aniqlangan;
Shahrisabz va Qarshi shaharlari tarixiy markazlarida va ularga yaqin hududlarda joylashgan arxitektura ob’ektlari va ular haqidagi ma’lumotlar (arxiv ma’lumotlari, fotosur’atlar, ob’ektlar haqida yozma ma’lumotlar, chizmalar)ni, shuningdek sayyohlik yo‘nalishi uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani o‘zida qamrab olgan samarador turistik marshrutlar taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy yodgorliklar asosida hududlarning turizm imkoniyatlarini oshirish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati misolida) mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Qashqadaryo vohasida joylashgan tarixiy manzilgoh-shaharlarning vujudga kelish va shakllanish bosqichlari aniqlanib, zamonaviy Qarshi shahrining qadimgi va antik davrlarda Erqo‘rg‘on (mil.avv. V-IV aa.), Qal’ai Zahoki Moron (mil.avv. II a.), Shulluktepa (mil. III-IV aa.) kabi hududlarda, o‘rta asrlarda Qarshi qal’asi (mil. XIV asrning oxiri) hududida rivojlanganligi hamda o‘rta asr shaharlari 5 ta turda shakllanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2023 yil 1 iyundagi 02-05/1781-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo vohasidagi tarixiy shaharlar haqidagi ilmiy ma’lumotlarning boyishiga, ularning shakllanish bosqichlari yuzasidan aniq qarashlarning yuzaga kelishiga imkoniyat yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida joylashgan tarixiy yodgorliklar (masjidlar, maqbaralar, madrasalar, rabotlar, xonaqohlar, majmualar, sardobalar)ning qurilish davri, joylashgan joyi, me’moriy-rejaviy echimi, tipologik tuzilishi yuzasidan ma’lumotlar bazasi yaratilib, madrasalar tipologiyasidagi farqli jihatlar ularning qurilish davrlari bilan bevosita bog‘liq ekanligi, Qarshi shahridagi XIX asrda bunyod etilgan Qilichboy, Abdulaziz, Bekmir madrasalari tipologik jihatdan bir-biriga o‘xshashligi, uarning hovlilari o‘rta asr madrasalari tipologiyasidan farqli ravishda sakkiz burchakli tarzda shakllantirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2023 yil 1 iyundagi 02-05/1781-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatida qurilgan me’moriy yodgorliklarning tipologiyasi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati oshgan;
Qashqadaryo hududida joylashgan Xitoy va Langar ota masjidlari tipologiyasi o‘ziga xos bo‘lib, ularning qishgi zal (honaqoh)lari boshqa masjidlardan farqli ravishda besh ustunli tarzda rejalashtirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2023 yil 1 iyundagi 02-05/1781-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash imkoniyati yaratilgan;
Shahrisabz va Qarshi shaharlari tarixiy markazlarida va ularga yaqin hududlarda joylashgan arxitektura ob’ektlari va ular haqidagi ma’lumotlar (arxiv ma’lumotlari, fotosur’atlar, ob’ektlar haqida yozma ma’lumotlar, chizmalar)ni, shuningdek sayyohlik yo‘nalishi uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani o‘zida qamrab olgan samarador turistik marshrutlar taklif loyihalariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2023 yil 1 iyundagi 02-05/1781-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy shaharlar hududlarida qulay imkoniyatlarga ega turistik marshrutlarni tuzish va hududda turizm infrastrukturasining boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish