Sulaymanova Dildora Nazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Loyihaga asoslangan o‘qitish vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4029.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Allayarova Solixa Narzulloevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi loyihaga asoslangan o‘qitish vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tizimida kreativ tafakkur tushunchasining falsafiy, psixologik, pedagogik talqini aniq holat, voqealarni tushunish, fikrlash, immanent muloqot, yangi bilimlarga ochiqlik, kognitiv va hissiy moslashuvchanlik, kreativ muhit yaratish, tafakkur mustaqilligini shakllantirish, intellektning topqirligi, nostandart g‘oyalar, harakatlarni rivojlantirishga turtki berishi asosida aniqlashtirilgan;
loyihaga asoslangan o‘qitish mazmuni bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish, individual xususiyatlariga moslash, kognitiv imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish, akademik standartlar va muvaffaqiyatni ta’minlovchi ko‘nikmalarga moslashtirish, hamkorlik, o‘zaro ta’sir, mas’uliyat, adekvat baholash, kreativlik, ijodiy yondashish, ichki erkinlik, o‘z hayotining subekti hissini mujassamlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirishda loyihaga asoslangan o‘qitishning didaktik imkoniyatlari hayotiy, real muammolar asosida loyihalash, bajarish muddatlarining egiluvchanligi, mustahkam bilimni kafolatlash, kasbiy o‘sish nuqtalarini belgilash, refleksivlik, tanqidiy fikrlash vositasida natijaga yoʻnaltirish omillariga ustuvorlik berish asosida kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash shaxsiy sifatlar, aqliy imkoniyatlarini faollashtirish, o‘ziga xosliklarini namoyon qilish hamda loyihaga asoslangan o‘qitish vositasida kreativ tafakkurni rivojlantirish modelining (maqsadni belgilash, konseptual, loyihalash va kreativ jarayon, diagnostik) komponentlari mazmuni intellektuallik, kreativlik, integrativlik, emotsionallik mezonlariga bog‘liqlikda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Loyihaga asoslangan o‘qitish vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tizimida kreativ tafakkur tushunchasining falsafiy, psixologik, pedagogik talqini aniq holat, voqealarni tushunish, fikrlash, immanent muloqot, yangi bilimlarga ochiqlik, kognitiv va hissiy moslashuvchanlik, kreativ muhit yaratish, tafakkur mustaqilligini shakllantirish, intellektning topqirligi, nostandart g‘oyalar, harakatlarni rivojlantirishga turtki berishi asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2066/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tizimida kreativ tafakkur tushunchasining falsafiy, psixologik, pedagogik talqinini muayyan omillar asosida aniqlashtirish imkoni yaratilgan;
loyihaga asoslangan o‘qitish mazmuni bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish, individual xususiyatlariga moslash, kognitiv imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish, akademik standartlar va muvaffaqiyatni ta’minlovchi ko‘nikmalarga moslashtirish, hamkorlik, o‘zaro ta’sir, mas’uliyat, adekvat baholash, kreativlik, ijodiy yondashish, ichki erkinlik, o‘z hayotining subekti hissini mujassamlashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalardan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2066/04-son dalolatnomasi). Natijada loyihaga asoslangan o‘qitish mazmunini bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv-bilish faoliyatiga bog‘liq mezonlarini mujassamlashtirish asosida takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirishda loyihaga asoslangan o‘qitishning didaktik imkoniyatlari hayotiy, real muammolar asosida loyihalash, bajarish muddatlarining egiluvchanligi, faol o‘rganish orqali mustahkam bilimni kafolatlash, kasbiy o‘sish nuqtalarini belgilash, refleksivlik, tanqidiy fikrlash vositasida natijaga yo‘naltirish omillariga ustuvorlik berish asosida kengaytirishga oid tavsiyalardan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2066/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirishda loyihaga asoslangan o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini natijaga yoʻnaltirilgan omillariga ustuvorlik berish asosida kengaytirish shakllantirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash shaxsiy sifatlar, aqliy imkoniyatlarini faollashtirish, o‘ziga xosliklarini namoyon qilish hamda loyihaga asoslangan o‘qitish vositasida kreativ tafakkurni rivojlantirish modelining (maqsadni belgilash, konseptual, loyihalash va kreativ jarayon, diagnostik) komponentlari mazmuni intellektuallik, kreativlik, integrativlik, emotsionallik mezonlariga bog‘liqlikda takomillashtirishga oid takliflardan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2066/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda loyihaga asoslangan o‘qitish vositasida kreativ tafakkurni rivojlantirish modelining komponentlari mazmuni takomillashtirish samaradorligi oshgan.