Asadova Yulduz Ismatovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda masofaviy o‘qitish platformalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (Ta’limda axborot texnologiyalari fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4981.
Ilmiy rahbar: Daminov Mirzohid Islomovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedogogika fanlari doktori professor; Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat unversiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda masofaviy o‘qitish platformalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’limini tashkil etishda masofaviy ta’lim platformalaridan foydalanishning tashkiliy-metodik, texnologik, motivatsion, liberallik va mantiqiy tamoyillarining integrativ ta’sirida bilishga bo‘lgan intuisiyasini rivojlantirishga qaratilgan kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil ta’limini masofaviy ta’limdan foydalanib loyihalash orqali topshiriqlarni transformatsiyalash tizimi, Moodle platformasida “mod_jisi_moodle” videokonferensiya hamda “mod_coursecertificate_moodle”  plaginini o‘rnatish asosida talabalar bilan individual va guruhli muloqot amalga oshirilib, vazifalarni bajarish orqali sertifikat olishi va o‘qituvchining monitoring qilish jarayoni raqamlashtirish asosida  takomillashtirilgan;
Moodle platformasida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishga qaratilgan kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirishning ergonomik ko‘rsatkichlariga oid innovatsion o‘quv-metodik ta’minotini raqamli texnologiyalariga ustuvorlik berish orqali dinamik harakatlarga asoslangan o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
talabalarning o‘zlashtirish samaradorligini oshirish va mustaqil ta’lim olishini innovatsion tashkil etishga oid http://eduschool.uz/ va https://moodle.buxdupi.uz nomli elektron manzillarda samarador masofaviy kurs yaratilib, undan foydalanish orqali strategik prognozlash, mobillik, muloqotchanlik, axborotlilik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga erishish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda masofaviy o‘qitish platformalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’limini tashkil etishda masofaviy ta’lim platformalaridan foydalanishning tashkiliy-metodik, texnologik, motivatsion, liberallik va mantiqiy tamoyillarining integrativ ta’sirida bilishga bo‘lgan intuisiyasini rivojlantirishga qaratilgan kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlari aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-may sanasidagi 232-son buyrug‘i, 232-574 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda masofaviy ta’lim platformalaridan foydalanish kompetensiyalari rivojlantirilgan;
Moodle platformasida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishga qaratilgan kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirishning ergonomik ko‘rsatkichlariga oid innovatsion o‘quv-metodik ta’minotini raqamli texnologiyalariga ustuvorlik berish orqali dinamik harakatlarga asoslangan o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari takomillashtirishga oid nazariyalar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-may sanasidagi 232-son buyrug‘i, 232-574 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning elektron platformalar asosida yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirisha erishilgan;
talabalarning mustaqil ta’limini masofaviy ta’limdan foydalanib loyihalash orqali topshiriqlarni transformatsiyalash tizimi, Moodle platformasida “mod_jisi_moodle” videokonferensiya hamda “mod_coursecertificate_moodle”  plaginini o‘rnatish asosida talabalar bilan individual va guruhli muloqot amalga oshirilib, vazifalarni bajarish orqali sertifikat olishi va o‘qituvchining monitoring qilish jarayoni raqamlashtirish asosida  takomillashtirishga oid nazariy g‘oyalardan O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda”, “Ta’limdagi muammolar”, nomli ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-maydagi 02-09-121-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar mazmunining ilmiy dalillar bilan boyitilishi, ilmiy-ommabopligi hamda yangi statistik ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi, talabalarning ko‘rsatuvlar orqali mustaqil bilim olish ko‘rsatkichlari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish