Sidiqova Dilora Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofaviy ta’lim sharoitida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodikasi (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi misolida)”,                13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1PhD/Ped3171.
Ilmiy rahbar: Kasimov Fayzullo Muhammedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bozorova Muslima Qodirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofaviy ta’lim sharoitida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy ta’lim sharoitida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishda mutaxassislik fanlarni mazmunan optimalllashtirish va innovatsion o‘qitish metodlari, shakllari, vositalari, axborot-ta’lim muhitining komponentlari formal va noformal ta’lim vaziyatlarda ijodiylikka qaratilgan bo‘lajak etuk pedagog kadrlarning  barqarorligini ta’minlash traektoriyasiga qaratilgan metodik muhit aniqlashtirilgan;
talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning masofaviy ta’lim sharoitida ijodiy faollik, bazaviy, pedagogik va raqamli kompetensiyalarni axborot almashish kommunikativligi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan shaxsiy fazilatlar hamda kasbiy bilimlarni transformatsiyalash orqali sinergetik va faoliyatli yondashuvlardan foydalanishga oid  metodik ta’minot takomillashtirilgan;
mutaxassislik fanlarining amaliy mashg‘ulotlarini o‘qitish jarayoni talabalarning kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini masofaviy ta’lim sharoitida raqamli texnologiyalardan foydalanib uyg‘unlashtirish, shaxsiy va kasbiy fazilatlarini ta’lim olishga oid motivatsiyasining dinamikasiga adekvat hamda sinxron moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
 LMS Moodle, H5P masofaviy texnologiyalar orqali talabalarining kasbiy kompetentligini va innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarlik mezonlari (interfaol, faol, reaktiv va passiv) darajalarni (diagnostik, formativ va summativ)  baholash hamda kasbiy bilimga, semantik ijodiy faoliyatga, mustaqil faoliyatga va amaliy jarayonlarga yo‘naltirilgan mutaxassislik fanlarni o‘qitishda natijaviy ko‘rsatkichlarning identiv mosligini takomillashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida masofaviy ta’lim sharoitida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
masofaviy ta’lim sharoitida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishda mutaxassislik fanlarni mazmunan optimalllashtirish va innovatsion o‘qitish metodlari, shakllari, vositalari, axborot-ta’lim muhitining komponentlari formal va noformal ta’lim vaziyatlarda ijodiylikka qaratilgan bo‘lajak etuk pedagog kadrlarning  barqarorligini ta’minlash traektoriyasiga qaratilgan metodik muhit aniqlashtirishga doir xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-09-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi grant loyihasining “Talabalarni integratsiyalashgan axborot-metodik ta’minot asosida o‘qitish metodikasi” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 14-iyuldagi 411-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsin kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning masofaviy ta’lim sharoitida ijodiy faollik, bazaviy, pedagogik va raqamli kompetensiyalarni axborot almashish kommunikativligi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan shaxsiy fazilatlar hamda kasbiy bilimlarni transformatsiyalash orqali sinergetik va faoliyatli yondashuvlardan foydalanishga oid  metodik ta’minoti  takomillashtirishga oid nazariy g‘oyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining  2023-yil 18-maydagi 02-09-130-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining amaliy ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
LMS Moodle, H5P masofaviy texnologiyalar orqali talabalarining kasbiy kompetentligini va innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarlik mezonlari (interfaol, faol, reaktiv va passiv) darajalarni (diagnostik, formativ va summativ)  baholash hamda kasbiy bilimga, semantik ijodiy faoliyatga, mustaqil faoliyatga va amaliy jarayonlarga yo‘naltirilgan mutaxassislik fanlarni o‘qitishda natijaviy ko‘rsatkichlarning identiv mosligini takomillashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-09-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi grant loyihasining “Talabalarni masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish metodikasini takomilllashtirish” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 14-iyuldagi 411-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish