Omonova Dildora Nekmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Ped2575.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘raboeva Muqaddas Yoqubovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalari, nutq va tafakkurni rivojlantirish mazmuni fonema va tovushning bog‘liqligi, aloqadorligining mohiyatini hamda nutq tovushlariga xoslikni anglash orqali nutqiy faoliyatda qo‘llashga doir trening, pinboard, pragmatik, ergonomik, praksiologik omillarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish (aniqlik, izchillik, natijaviylik) mezonlar hamda (samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblilik) tamoyillari asosida pragmatik intuisiyani shakllantirish va nutqiy kompetentlikni anglash texnologiyalari mazmunan takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni natijaviylikni gorizontal va vertikal taqqoslash hamda sharhlash asosida takomillashtirilgan;
ona tili ta’limida media-matnlarning lisoniy tahliliga qaratilgan til birikmalarini kommunikativ maqsadga yo‘naltirilgan nutqiy vaziyatlarga qo‘llashni anglash, tushunish va ijodiy baholashga doir o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish pedagogik hamkorlik, individuallik, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali transpozisiya va interferensiya hodisalariga asoslangan holda mazmunan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalari, nutq va tafakkurni rivojlantirish mazmuni, fonema va tovushning bog‘liqligi, aloqadorligining mohiyatini hamda nutq tovushlariga xoslikni anglash orqali nutqiy faoliyatda qo‘llashga doir trening, pinboard, pragmatik, ergonomik, praksiologik omillarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetining “PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish (2021-2022-y.)” mavzusidagi grant loyihasining “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratishda integrativ yondashuvlardan foydalanish metodikasi” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetinining 2023-yil 23-maydagi 01-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili ta’limida integrativ yondashuvlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
integrativ yondashuv asosida ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish (aniqlik, izchillik, natijaviylik) mezonlar hamda (samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblilik) tamoyillari asosida pragmatik intuisiyani shakllantirish va nutqiy kompetentlikni anglash texnologiyalari mazmunan takomillashtirishga doir tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi (Savod o‘ragatish metodikasi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-355 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqiy vaziyatlarni his qilishga doir evristik qobiliyatlari rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni, motivatsion, kommunikativ-kognitiv yondashuvlar asosida natijaviylikni gorizontal va vertikal taqqoslash, sharhlash asosida takomillashtirishga oid nazariyalardan “Ona tili o‘qitish metodikasi (Savod o‘ragatish metodikasi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-355 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili ta’limida integrativ yondashuvlardan foydalanib, o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning shakl, usul va vositalari takomillashtirilgan.