Ergashev Asqar Jong‘oboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida yadro texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3214.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Ilmiy rahbar: Bozorov Erkin Xojievich, fizika-matematika fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Zaynobidinov Sirojiddin, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Daminov Mirzoxid Islomovich, pedogogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedogogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Yadro texnologiyalari” fanining sohaviy o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Yadro texnologiyalari” fanini o‘qitishning umumdidaktik tamoyillari bo‘lajak tibbiyot kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning protsessual hamda refleksiyon faoliyat samaradorligini oshirishda ta’limning ergonomik talablarini ratsionallik va emotsionallik, nazariy va empirik bilimlar asosida real ta’lim sharoitida komparativistik tatbiq etish orqali aniqlashtirilgan;
“Yadro texnologiyalari” fanini o‘qitishning tashkiliy-funksional modeli tibbiyot oliy ta’lim muassalari talabalarining ijodiy faoliyatini ta’minlovchi tibbiy-diagnostik muammolarni echishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasini virtual laboratoriyalarni qamrab olgan dasturiy ta’lim jarayoniga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Yadro texnologiyalari” fanini sohaviy o‘qitish metodikasi diagnostik uskunalarni qamrab olgan vizual namoyishli o‘qitishning metodik ta’minotini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
“Yadro texnologiyalari” fanining didaktik va o‘quv-metodik ta’minotini rivojlantirish mexanizmlari tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida mazkur fanni vizual o‘qitishda ta’lim jarayonining tashkiliy va amaliy bosqichlarining didaktik va o‘quv-metodik ta’minotini tibbiyot sohasi bilan amaliy integrasiyalashning zaruratini pragmatik va empirik omillar vositasida asoslash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida yadro texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Yadro texnologiyalari” fanini o‘qitishning umumdidaktik tamoyillari bo‘lajak tibbiyot kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning protsessual hamda refleksiyon faoliyat samaradorligini oshirishda ta’limning ergonomik talablarini ratsionallik va emotsionallik, nazariy va empirik bilimlar asosida real ta’lim sharoitida komparativistik tatbiq etish orqali aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Davolash ishi fakulteti talabalari uchun laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4-apreldagi 237-sonli buyrug‘i, 237-800 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muasassalari talabalarining tibbiy diagnostik laboratoriya uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
“Yadro texnologiyalari” fanini o‘qitishning tashkiliy-funksional modeli tibbiyot oliy ta’lim muassalari talabalarining ijodiy faoliyatini ta’minlovchi tibbiy-diagnostik muammolarni echishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasini virtual laboratoriyalarni qamrab olgan dasturiy ta’lim jarayoniga amaliy tatbiq etish asosida takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlar “Stomatologiya fakulteti talabalari uchun laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4-apreldagi 237-son buyrug‘i, 237-799 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarni innovatsion tibbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan tasavvurlarini rivojlanirishga erishilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Yadro texnologiyalari” fanini sohaviy o‘qitish metodikasi diagnostik uskunalarni qamrab olgan vizual namoyishli o‘qitishning metodik ta’minotini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq moslashtirish asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar “Yadro texnologiyalari” IV tom “Yadro energetikasi” nomli darslik mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-1190 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, yadro texnologiyalarining jihozlari bilan tibbiyotga oid metodik ta’minotni amaliy integratsiyalash orqali tibbiyot oliy ta’lim muasassalari talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashga erishilgan.