Yakubova Marhabo Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktab o‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“texnologiya” fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5288.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnora Obloqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Boymetov Botir Boltaboevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Mamatov Dilmurod Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida “Texnologiya” fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarda kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning nazariy aspektlari kompetensiya tushunchasining tadrijiy rivojlanishini ta’limga oid ilg‘or pedagogik paradigmalarni vitagen ta’lim texnologiyalariga pragmatik va empirik jihatdan moslashtirish hamda taqqoslash metodlari orqali konstruktiv rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi o‘quvchilarning nazariy va amaliy kreativlik darajasini oshirishni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyatlari bilan invariant qo‘llash hamda amaliyotga joriy etish mexanizmlarini loyihalashtirish va modellashtirish usuli orqali tashkiliy-pedagogik jihatdan optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi o‘quvchilarda kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga ob’ektiv baholash strategiyasining pragmatik, empirik omillari vositasida moslashtirish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda kreativlik kompetensiyasiini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish omillari va pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarning kreativlik darajasini oshirish texnologiyalarini ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini uzviylashtirishga qaratilgan funksional vazifalarini kreativlik mezonlar va sinergetik tamoyillarning integral tizimlariga muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktab o‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompetensiya tushunchasining tadrijiy rivojlanishini ta’limga oid ilg‘or pedagogik paradigmalarni vitagen ta’lim texnologiyalariga pragmatik va empirik jihatdan moslashtirish hamda taqqoslash metodlari orqali konstruktiv rivojlantirish asosida aniqlashtirilganumumta’lim maktablari o‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning nazariy aspektlari, o‘quvchilarning kreativlik darajasini oshirish texnologiyalarini ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini uzviylashtirishga qaratilgan funksional vazifalarini kreativlik mezonlar va sinergetik tamoyillarning integral tizimlariga muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan o‘quvchilarda kreativlik kompetensiyasiini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish omillari va pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha metodik tavsiyalar “Kreativ pedagogika” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 241-raqamli guvohnomasi). Natijada, umumta’lim maktab o‘quvchilarida kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarning nazariy va amaliy kreativlik darajasini oshirishni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyatlari bilan invariant qo‘llash hamda amaliyotga joriy etish mexanizmlarini loyihalashtirish va modellashtirish usuli orqali tashkiliy-pedagogik jihatdan optimallashtirish asosida takomillashtirilgan umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi, pedagogik faoliyatning tahliliy-prognostik va faoliyatli-uslubiy mexanizmlari, kreativ fikrlashni rivojlantirish mazmuni, o‘qitish tizimini tashkil etishning innovatsion, motivatsion, intellektual, hissiy, irodaviy, amaliy imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kreativ pedagogika” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 241-raqamli guvohnomasi). Natijada, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llab, o‘quvchilarda kreativlik kompetensiyasini rivojlantirishni rivojlantirish takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga ob’ektiv baholash strategiyasining pragmatik, empirik omillari vositasida moslashtirish asosida ishlab chiqilgan umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi, kreativ fikrlashni kuchaytirish, kreativ qobiliyatni rivojlantirish, umumta’lim maktab o‘quvchilarida xalq hunarmandchiligi asosida kreativ kompetensiyasini rivojlantirishni takomillashtirish metodikasi, o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi, o‘quvchilarda xalq hunarmandchiligi asosida kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodlar tizimi hamda uni baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan A1-HT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 20-iyuldagi 165-son ma’lumotnomasi.) Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda axborotlashtirilgan ta’lim muhitini yaratish orqali ta’lim jarayonining ko‘rgazmaliligini va ta’limni tashkil etishni optimallashgan tezkor muhitini yaratishga xizmat qilgan.