Saparboeva Dilshoda Sobir qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Ped4876.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahkamov Ulfatjon Ilhomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish mazmuni va tizimining pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishga oid xususiyatlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mazkur sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mazmuni, shakli va metodlarini umuminsoniy gumanistik g‘oyalarga pedagogik aspektda muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish mezonlari o‘quvchilarni umuminsoniy g‘oyalar asosida tarbiyalash mexanizmlarini kompetensiyaviy yondashuv orqali tizimli takomillashtirish va mazkur jarayonni metodologik jihatdan sub’ektiv, ob’ektiv va pedagogik omillarning ta’sir etish darajasiga ta’limiy moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quv-tarbiya jarayoni uslubiyatini kreativ yondashuv vositasida ta’lim jarayoniga tatbiq etishda ta’lim vositalari va shakllarining spesifik xususiyatlarini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga metodik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik hamda ta’lim samaradorligini aniqlash mexanizmlari o‘zlashtirilgan bilimlarning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga oid jarayonlarini hamda ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning innovatsion texnologiyalarini didaktik jihatdan tashkiliy va metodologik asoslarga ko‘ra takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mazkur sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mazmuni, shakli va metodlarini umuminsoniy gumanistik g‘oyalarga pedagogik aspektda muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishga oid xususiyatlarga oid tavsiyalardan “Tarbiya” fanining mazmunini boyitishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 20 iyundagi 01/10-535-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fani ilmiy-metodik jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni umuminsoniy g‘oyalar asosida tarbiyalash mexanizmlarini kompetensiyaviy yondashuv orqali tizimli takomillashtirish va mazkur jarayonni metodologik jihatdan sub’ektiv, ob’ektiv va pedagogik omillarning ta’sir etish darajasiga ta’limiy moslashtirish asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish mezonlariga doir taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149-“Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 18 maydagi 01/15-09/102-son ma’lumotnonasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishda didaktik tamoyillariga rioya qilish asosida bilim va malakalar bilan qurollantirilgan;
o‘quv-tarbiya jarayoni uslubiyatini kreativ yondashuv vositasida ta’lim jarayoniga tatbiq etishda ta’lim vositalari va shakllarining spesifik xususiyatlarini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga metodik moslashtirish asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, o‘zlashtirilgan bilimlarning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga oid jarayonlarini hamda ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning innovatsion texnologiyalarini didaktik jihatdan tashkiliy va metodologik asoslarga ko‘ra takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik hamda ta’lim samaradorligini aniqlash mexanizmlariga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZMV-2014-0902125611-“Maktab pedagogik jamoasini o‘zini-o‘zi rivojlantirishi uchun madaniy-ijodiy muhitni yaratish va loyihalash metodidan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 18 maydagi 01/15-09/102-son ma’lumotnonasi). Natijada, dars jarayonida bolalarda inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish yo‘llari, samarali shakl va metodlari takomillashgan.