Norkuziev Dadaxon Raxmonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi ekologiyasi holati va uning ijtimoiy muammolari (1991–2021-yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1118.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor; Davletov Sanjar Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2021-yillarda Farg‘ona vodiysi ekologiyasi holati va uning ijtimoiy muammalarini kompleks tahlil qilish hamda ushbu sohadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o‘ziga xos tadqiqot usullari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida sovet hokimiyati yillarida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal etishda boshqaruv organlarining ustuvor maqsadlari bo‘lmaganligi, XX asrning 90-yillariga kelib hukumatning ekologik siyosati tubdan qayta tashkil etilgani sababli atmosferani ifloslanishi va chiqindi suvlar hajmini kamayishiga olib kelgani, mustaqillik yillarida tegishli idoralar, jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlarining harakatlari samarasi sifatida mavjud sanoat korxonalarning shahar (Andijon, Marg‘ilon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qo‘n) tashqarisiga ko‘chirilanganligi dalillangan;
Farg‘ona vodiysi atrof-muhitining aholi salomatligiga ta’siri, jumladan sanoat rivojlangan hududlari (Andijon, Marg‘ilon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qo‘n, Toshloq, O‘zbekiston)da nafas yo‘li bilan bog‘liq va allergik kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi, shuningdek qishloq xo‘jaligida DDT (dixlordifeniltrixloretan)ning, hosildorlikni oshirish maqsadida boshqa kimyoviy moddalar qo‘llanilganligi oqibatida ijtimoiy muammolar ortgani aniqlangan;
2002–2012-yillar oraligi’da Farg‘ona vodiysi shaharlari markazidagi ekologik muammolarni hal etish yuzasidan bir qator sanoat korxonalari (Namangan 3-4-paxta tozalash zavodi, Qo‘qon neft’ bazasi”, “Farg‘ona paxta tozalash zavodi”, “Asfalt beton zavodi”, “Qo‘qon 1-paxta tozalash zavodi”, “Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodi”, “Farg‘ona yog‘ moy” AJ, “Farg‘ona energo markazi”, “Farg‘ona gaz apparatlari zavodi”, “Sharq tongi”, Namangan yo‘g‘-moy zavodlari)ning faoliyati to‘xtatilgani yoki boshqa sohaga yo‘naltirilgani, atrof-muhit muhofazasi uchun mablag‘lar ajratilgani, hududda muqobil energiya manbalarini hamda chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilinganligi asoslangan;
Farg‘ona vodiysida tabiatni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanish muammolari hal etish yuzasidan aholi zich, ishlab chiqarish korxonalari va muassasalari joylashgan hududlarda mevali va manzarali ko‘chatlarning ko‘plab ekilishi, parvarish qilinishi yo‘lga qo‘yilgani, chiqindilarning qayta ishlash klasterlarini barpo etilgani, ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanilishni, rekul`tivatsiya ishlarining yo‘lga qo‘yilgani aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi ekologiyasi holati va uning ijtimoiy muammalari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqotlar natijasi asosida:
Farg‘ona vodiysida sovet hokimiyati yillarida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal etishda boshqaruv organlarining ustuvor maqsadlari bo‘lmaganligi, XX asrning 90-yillariga kelib hukumatning ekologik siyosati tubdan qayta tashkil etilgani sababli atmosferani ifloslanishi va chiqindi suvlar hajmini kamayishiga olib kelgani, mustaqillik yillarida tegishli idoralar, jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlarining harakatlari samarasi sifatida mavjud sanoat korxonalarning shahar (Andijon, Farg‘ona, Qo‘qo‘n, Namangan) tashqarisiga ko‘chirilanganligiga oid materiallardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” bo‘limi eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022-yil 3-noyabrdagi 02-01/3635-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchilarning mustaqillik yillarda Farg‘ona vodiysi atrof-muhiti muhofazasi borasida bilim va tasavvurlarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysi atrof-muhitining aholi salomatligiga ta’siri, jumladan sanoat rivojlangan hududlar (Andijon, Farg‘ona, Qo‘qo‘n, Namangan, Toshloq)da nafas yo‘li bilan bog‘liq va allergik kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi, shuningdek qishloq xo‘jaligida DDT (dixlordifeniltrixloretan)ning, hosildorlikni oshirish maqsadida boshqa kimyoviy moddalar qo‘llanilganligi oqibatida ijtimoiy muammolar ortganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tadbirlarini amalga oshirish uchun dastur va targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 21-noyabrdagi 11/101-son dalolatnomasi). Natijada, o‘tkazilgan tadbirlarning tashkiliy-uslubiy asoslari mustahkamlanib, bugungi kunda fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan targibot samaradorligiga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysida tabiatni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanish muammolari hal etish yuzasidan aholi zich, ishlab chiqarish korxonalari va muassasalari joylashgan hududlarda mevali va manzarali ko‘chatlarning ko‘plab ekilishi, parvarich qilinishi yolga qo‘ilgani, chiqindilarning qayta ishlash klasterlarini barpo etilgani, ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanilishni, rekul`tivatsiya ishlarining yolga qo‘yilganiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi shuningdek, uning soha boshqarmalarida ma’ruza va seminar-treninglar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 28-noyabrdagi 03.02/7-3328-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan targibot ishlarining mazmunan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish