Topvoldiev Kazbek Axmadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX-XX asrlar rus shoirlarining asarlarida sharqona lingvistik uslub”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1353.
Ilmiy rahbar: Sheremeteva Anna Gennadevna, filologiya fanlari doktori, professor.
        Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
        IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Gibraltarskaya Oksana Nikolaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ataeva Ranusha Rashidovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX-XX asr rus shoirlari asarlari matnlaridagi sharqona uslubning leksik-grammatik va stilistik nuqtai nazardan o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistik uslubning muayyan tarixiy davr va ma’lum bir etnik guruhning madaniy koloritini yaratishning lingvistik usuli ekanligi, XIX-XX asrlar rus she’riyatidagi Sharq tilshunosligi uslubining Sharqni umumlashtirilgan tarzda aks ettirishi, unga nisbatan dushmanlikni emas, uning ekzotizmini va sirliligini ifodalashi isbotlangan;
rus shoirlari ijodida orientalizm ulardagi Sharq sheʼriyatiga xos leksika va o‘xshatish shakllari, shuningdek, metafora, epitet, ritorik savollar, anafora, parallellizm, takror kabi stilistik vositalar hamda fe’lning buyruq mayli, sintaktik parallellizm kabi grammatik vositalar orqali namoyon boʻlishi dalillangan;
XIX asr (A.S.Pushkin va M.Yu.Lermontov) va XX asr (I.A.Bunin va S.A.Esenin) shoirlari yozgan asarlar matnlaridagi orientalizm, ulardagi sharq lugʻatining arab, turk, fors, kavkaz kabi manba tillari hamda antroponim, toponim, kiyim-kechak, poyabzal, oshxona mahsulotlari, ichimliklar, binolar, uy-ro‘zg‘or buyumlari kabi tematik guruhlari asoslangan;
A.S.Pushkinning asarlarida orientalizmning yorqin intertekstual xususiyatlarga egaligi («Podrajaniya Koranu»), M.Yu.Lermontov ijodida realistik tasvirlarda kundalik hayot tarziga alohida urg‘u berilishi, I.A.Buninning she’rlarida Sharqning barcha dinlar va sivilizatsiyalarning beshigi hisoblanishi, S.A.Eseninning ijodida («Persidskie motivi») shoir tomonidan “kashf qilingan” Sharqni namoyish etilishi muallif idiostilining o‘ziga xos ko‘rinishlari ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX-XX asrlar rus shoirlarining asarlaridagi sharqona lingvistik uslubni tadqiq etish asosida:
lingvistik uslubning muayyan tarixiy davr va ma’lum bir etnik guruhning madaniy koloritini yaratishning lingvistik usuli ekanligi, XIX-XX asrlar rus she’riyatidagi Sharq tilshunosligi uslubining Sharqni umumlashtirilgan tarzda aks ettirishi, unga nisbatan dushmanlikni emas, uning ekzotizmini va sirliligini ifodalashiga oid xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan “OT-F1-18-Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat fundamental ilmiy-texnik loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022 yil 13 oktyabrdagi 39-01-291-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning ilmiy metodologiyasi va asosiy lisoniy materialining boyishiga erishilgan;
rus shoirlari ijodida orientalizm ulardagi Sharq sheʼriyatiga xos leksika va o‘xshatish shakllari, shuningdek, metafora, epitet, ritorik savollar, anafora, parallellizm, takror kabi stilistik vositalar hamda fe’lning buyruq mayli, sintaktik parallellizm kabi grammatik vositalar orqali namoyon boʻlishiga oid xulosalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Ma’naviyat sarchashmasi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 330-son  ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar tilshunoslik va adabiyotshunoslikning qiziqarli nazariy muammolari bilan tanishdilar, bu esa tinglovchilarda lingvomadaniy bag‘rikenglik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilgan;
XIX asr (A.S.Pushkin va M.Yu.Lermontov) va XX asr (I.A.Bunin va S.A.Esenin) shoirlari yozgan asarlar matnlaridagi orientalizm, ulardagi sharq lugʻatining arab, turk, fors, kavkaz kabi manba tillari hamda antroponim, toponim, kiyim-kechak, poyabzal, oshxona mahsulotlari, ichimliklar, binolar, uy-ro‘zg‘or buyumlari kabi tematik guruhlariga oid xulosalardan Qozon Federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo aloqa instituti 44.03.01-Pedagogika (Rus tili) ta’lim yo‘nalishida “Rus adabiyoti tarixi” o‘quv kursi doirasida foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Qozon Federal universitetining 2021 yil 22 noyabrdagi 0.1.2.10.1.01/380-son ma’lumotnomasi). Natijada bakalavriat talabalarida “Sharq” konseptining adabiyotshunoslik va tilshunoslikda namoyon bo‘lishiga qiziqishini oshirishga hamda ularning rus she’riyatida sharq motivlarining o‘rni haqidadagi bilimlarini boyitishga erishilgan;
A.S.Pushkinning asarlarida orientalizmning yorqin intertekstual xususiyatlarga egaligi, M.Yu.Lermontov ijodida realistik tasvirlarda kundalik hayot tarziga alohida urg‘u berilishi,  I.A.Buninning she’rlarida Sharqning barcha dinlar va sivilizatsiyalarning beshigi hisoblanishi, S.A.Eseninning ijodida shoir tomonidan “kashf qilingan” Sharqni namoyish etilishi muallif idiostilining o‘ziga xos ko‘rinishlari ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston rus madaniyat markazi tomonidan shahar rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari malakasini oshirish doirasida tashkil etilgan ilmiy seminarda foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniyat markazining 2022 yil 04 apreldagi 02-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu tinglovchilarga A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, I.A.Bunin va S.A.Eseninlar asarlaridagi orientalizm haqida tasavvurga ega boʻlish imkonini bergan hamda lingvistik uslub nazariyasi sohasidagi bilimlarini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish