Xasanov Axmad Isa o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Sadriddin Ayniy “Sudxo‘rning o‘limi” povesti terminlarining tarkibiy-mazmuniy tahlili”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2852.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Mirzaev Ibodulla Kamolovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” povestida qo‘llangan terminlarning tarkibiy-mazmuniy hamda genetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va o‘zbek terminologik tizimi termin, termin va so‘z birikmasi masalasiga oid yetakchi tendensiyalarga asoslanganligi, terminning badiiy matn qurshovidagi lingvistik maqomini belgilash lozim ekanligi dalillangan;
povestda qo‘llangan terminlarning tarkibiy, mazmuniy, uslubiy kabi funksional-semantik xususiyatlari aniqlanib, terminlarning nomlash tamoyiliga ega ekanligi povest tilidan olingan omonat, vasiqa, noib, tilmoch kabi terminlar orqali dalillangan;
povestda qo‘llangan o‘z qatlam va o‘zlashma qatlam terminlarining ichki va tashqi manbalar asosida hosil bo‘lishini tavsiflash orqali sistem, struktur-semantik usullari hamda genetik asoslari aniqlanib, tilimizga kirib kelishiga ta’sir etuvchi lingvistik va ekstalingvistik omillar isbotlangan;
“Sudxo‘rning o‘limi” povestida qo‘llangan affiksatsiya va kompozisiya usulida yasalgan terminlarining grammatik-struktur xususiyatlari aniqlanib, struktur jihatdan sodda, qo‘shma, juft kabi termin shakllari badiiy matnda terminning poetik aktuallashish imkoniyatlarini ochib berishda yozuvchining ta’sirdorlik, emotsionallik, ekspressivlik kabi lingvopoetik maqsadi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” povestida qo‘llangan terminlarning genetik asosini aniqlash, o‘zlashma qatlam terminlarining qissada qo‘llanish xususiyatlarini tadqiq etishda olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
jahon terminologik tizimida termin, termin va so’z, termin va so’z birikmasi masalasiga nazariy qarashlar orqali mustaqil yondashilgan fikrlardan; povestda qo’llangan o’zlashma qatlamga oid ingliz, nemis, fransuz, italyan tillari terminlarining tashqi manbalar asosida hosil bo’lishining usullari, ularning genetik asosi oydinlashtirilgan o‘rinlardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 6-apreldagi 919/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning kelib chiqishi, shakllanishi, yasalishi, o‘zga tillardan o‘zlashishi, terminologiyaning boyish manbalarining batafsil tahlili bo‘yicha olingan natijalar bilan takomillashtirilgan;
povestda qo‘llangan terminlarning funksional-semantik xususiyatlari aniqlangan, terminlarning muayyan tushunchani nomlash tamoyillari va mavzuviy guruhlari tahlilidan olingan ilmiy xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 7-apreldagi 928/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tillararo o‘zaro aloqani ta’minlashda terminologiya sohasining alohida xizmatlarini qayd etish, har bir til tizimining katta qismini tashkil etuvchi terminlarni tartiblash, sistemalashtirish, axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordami bilan yozuvchi va shoirlar asarlarida qo‘llangan terminlarning izohli lug‘atlarini yaratish haqidagi fikrlar bilan takomillashtirilgan;
povestda qo‘llangan o‘z qatlam va o‘zlashma qatlam terminlarining ichki va tashqi manbalar asosida hosil bo‘lishining usullari aniqlanib, ularning genetik asosi oydinlashtirilgan o‘rinlardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 6-apreldagi 919/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tojik-fors adabiyoti tarixi”, “Adabiyot nazariyasi”, “Tojik tili tarixi”, “Matnshunoslik”, “Madaniyatshunoslik” kurslari mazmuni yanada boyitilgan;
“Sudxo‘rning o‘limi” povestida qo‘llangan yasama terminlarining yasalish usullari o‘rganilib, terminlarning struktur jihatdan sodda, qo‘shma, juft kabi shakllarining tahlilidan chiqarilgan nazariy xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 7-apreldagi 928/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlarda qo‘llangan terminlar orqali davr muhitini to‘la-to‘kis anglashda yozuvchi Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” povesti yuzasidan chiqarilgan nazariy-ilmiy xulosalar muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish