Abdurahmonov Abdug‘affor Abdug‘ofurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zarafshon vohasida bosma ommaviy axborot vositalari faoliyati: rivojlanishi va muammolari”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1073.
Ilmiy rahbar: Ahmedov To‘ychi Adashevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Xasanova Nodira Ibragimovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasida bosma ommaviy axborot vositalarning faoliyati, rivojlanishi va muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon vohasida gazetalarning rivojlanishi uchta, birinchi bosqich (Chor Rossiyasi davri) – ilk gazetalarning shakllanishi, havaskor jurnalistlar va jadidlarning matbuotdagi faoliyati, jamiyatning davriy nashrlarga munosabati, ikkinchi bosqich (Sovet hokimiyati davri) – turli yo‘nalishlarga ega bo‘lgan mutbuotning rivojlanishi, gazetalarning mafkuraviy qurol vositasiga aylantirilishi, jurnalistika maktablarining rivojlanishi, ommaviy obuna tizimining yaratilishi, uchinchi bosqich (Mustaqillik yillari) – davlat gazetalari bilan birga xususiy gazetalarning tarkib topishi, matbuotning mazmun-mundarijasidagi o‘zgarishlar, internet tarmog‘ida elektron ommaviy axborot vositalari bilan raqobatlashuv jarayoni faollashganligi kabi bosqichda shakllanganligi aniqlangan;
Zarafshon vohasida vaqtli matbuotning rivojlanish tendensiyalari xususiy gazetalar bilan raqobatlashish asosida kechganligi, bu jarayonda xususiy nashrlar (“Darakchi”, “Sug‘diyona”, “Bekajon” va hokazo) keng auditoriyani qamrab olganligi, jamoatchilik orasida “sariq matbuot” deb nom olgan bunday gazetalarning o‘quvchilarini ortib borishi hisobidan rasmiy gazetalarga nisbatan qiziqishning kamayib ketganligi ochib berilgan;
tuman va shahar gazetalarning bozor munosabatlari sharoitiga moslashishiga to‘g‘ri kelganligi, o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash talabi qo‘yilganligi sababli ularning normal faoliyati uchun zarur hisoblangan moddiy-texnik jihozlar etishmasligi, professional jurnalistlarni jalb etish holati reklama va tadbirkorlikni qanchalik yo‘lga qo‘yganligi bilan bog‘liq bo‘lganligi, bu esa ayrim hududiy gazetalarning o‘z faoliyatini to‘xtatishiga ham olib kelganligi asoslab berilgan;
Zarafshon vohasidagi gazetalarning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o‘rni oshib borganligi, fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, sudlov faoliyati, xizmat ko‘rsatish shahobchalari, ekologik qoidabuzarliklar, bozorlardagi holatlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishdagi e’tiborsizliklar bilan bog‘liq tanqidiy chiqishlar ko‘p bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zarafshon vohasida bosma ommaviy axborot vositalari faoliyati: rivojlanishi va muammolari” mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif, tavsiya va xulosalar asosida:
Zarafshon vohasida gazetalarning rivojlanishini uchta bosqichda: birinchi bosqich (Chor Rossiyasi davri) – ilk gazetalarning shakllanishi, havaskor jurnalistlar va jadidlarning matbuotdagi faoliyati, jamiyatning davriy nashrlarga munosabati, ikkinchi bosqich (Sovet hokimiyati davri) – turli yo‘nalishlarga ega bo‘lgan mutbuotning rivojlanishi, gazetalarning mafkuraviy qurol vositasiga aylantirilishi, jurnalistika maktablarining rivojlanishi, ommaviy obuna tizimini yaratilishi, uchinchi bosqich (Mustaqillik yillari) – davlat gazetalari bilan birga xususiy gazetalarning tarkib topishi, matbuotning mazmun-mundarijasidagi o‘zgarishlar, internet tarmog‘ida elektron ommaviy axborot vositalari bilan raqobatlashuv jarayoni faollashganligiga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 19 martdagi 02-29-588-son dalolatnomasi). Natijada “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlari ssenariysini matbuot tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Zarafshon vohasida bosma nashrlarning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o‘rni oshib borganligi, vaqtli matbuotning rivojlanish tendensiyalari xususiy gazetalar bilan raqobatlashish asosida kechganligi, gazetalarda fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, sudlov faoliyati, xizmat ko‘rsatish shahobchalari, ekologik qoidabuzarliklar bozordagi holatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishdagi e’tiborsizliklar tanqidiy-tahliliy chiqishlar hamda viloyat va tuman gazetalari faoliyati, ularda iqtisodiy-madaniy mavzularning yoritilishi, milliy urf-odatlar, udumlar va ular bilan keng jamoatchilikni tanishtirishda bosma nashrlarning rolini kuchaytirish bilan bog‘liq ilmiy natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan islohotlar ijrosini ta’minlash hamda multimedia mahsulotlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 13 fevraldagi 03-22/114-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalardan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan islohotlar ijrosini ta’minlash hamda multimedia mahsulotlari ssenariylarini tayyorlashga xizmat qilgan.