Karimova Mavluda Xakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Funksional yondashuv asosida talabalarni biologiya fanidan metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5059.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxrux Razzokovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Jo‘raqulova Nigora Xolmatovna, pedagogika fanlari bo ’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi funksional yondashuv asosida talabalarni biologiya fanidan metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning biologiya fanidan metodik tayyorgarligining g‘oyaviy (kognitiv, konstruktiv, spesifik) aspektlari funksional va tizimli tarkibiy qismlarining integrativ resurslarini strategik modellashtirishga funksional jihatdan yondashishga ko‘ra aniqlashtirilgan;
talabalarni biologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini amalga oshirish jarayonining texnologik modeli biologiyani o‘qitishni funksionallik nuqtai nazaridan ma’lumotlarni grafik va animatsion vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning biologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi evristik, virtual va kooperativ ta’lim paradigmalari orqali empirik bilish metodlariga detalizatsiya, konsentratsiya elementlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni biologiya fanidan metodik tayyorgarligini amalga oshirish mexanizmlari diagnostik, texnologik, metodologik va metodik modullarni ta’lim strategiyasining individuallik, virtuallik va funksionallik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali differensiallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni biologiya fanidan metodik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning biologiya fanidan metodik tayyorgarligining g‘oyaviy (kognitiv, konstruktiv, spesifik) aspektlari funksional va tizimli tarkibiy qismlarining integrativ resurslarini strategik modellashtirishga funksional yondashuv asosida aniqlashtirilganligiga doir amaliy tavsiyalar “Vozrastnaya fiziologiya i gigiena” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan 68-842-son guvohnomasi). Natijada funksional yondashuvning falsafiy jihatlarini tahlil qilish asosida ta’lim jarayonida foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
talabalarni biologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini amalga oshirish jarayonining texnologik modeli biologiyani o‘qitishni funksionallik nuqtai nazaridan ma’lumotlarni grafik va animatsion vizuallashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalardan “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023 yil 16 iyundagi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni ta’limiy faoliyat yuritishlari uchun metodik tayyorgarligini amalga oshirishni yanada rivojlantirish imkonini bergan;
talabalarning biologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi evristik, virtual va kooperativ ta’lim paradigmalari orqali empirik bilish metodlariga detalizatsiya, konsentratsiya elementlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax politexnika istituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqanli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (Jizzax politexnika instituning 2023 yil 31-iyuldagi № 03-1867-1854-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida  talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish