Norqobilova Rayxona Davlatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlashda diagnostika metodlaridan foydalanish mexanizmi (ona tili o‘quv predmeti misolida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3407.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Masharipova Umida Abduvoxidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlashda diagnostika metodlaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlashda diagnostika metodlaridan foydalanish mexanizmi ijodiy iqtidorni aniqlash diagnostikasining pedagogik imkoniyatlarini tashkiliy-pedagogik, motivatsion-qadriyatli va amaliy-faoliyatli jarayonlar integrativ xususiyatlarini maqsadli yaxlitlash hamda xalqaro PISA va TIMSS baholash dasturlari topshiriqlar mazmunini rivojlantiruvchi maʼlum maqsadlarga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidori diagnostik metodlaridan foydalanish samaradorligi ona tilidan iqtidorini rivojlantirish modelini shakllash, prognozlash, interpretatsiyadan foydalanish hamda metodik topshiriqlar tuzilmasining o‘quv predmetlari mazmuniga intensiv singdirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlashda diagnostika metodlaridan foydalanish iqtidorini aniqlash texnologiyasi diagnostika metodlaridan amaliy yo‘naltirilgan kontekstda foydalanish hamda innovatsion faoliyat elementlarini pedagogik jarayonga bosqichma-bosqich adaptivlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlashda diagnostika metodlaridan foydalanish samaradorligi muammoli topshiriqlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borish, qiyoslashdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va “Ta’limiy platforma imkoniyatlari va unda ishlash tartibi” kursini kiritish asosida takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan iqtidorini aniqlash va mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlashda diagnostika metodlaridan foydalanish mexanizmi ijodiy iqtidorni aniqlash diagnostikasining pedagogik imkoniyatlarini tashkiliy-pedagogik, motivatsion-qadriyatli va amaliy-faoliyatli jarayonlar integrativ xususiyatlarini maqsadli yaxlitlash hamda xalqaro PISA va TIMSS baholash dasturlari topshiriqlar mazmunini rivojlantiruvchi maʼlum maqsadlarga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda ona tili va matematikadan sinfdan tashqari ishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-710 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda PISA, TIMSS xalqaro tadqiqotlardagi yozish bo‘yicha topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidori diagnostik metodlaridan foydalanish samaradorligi ona tilidan iqtidorni rivojlantirish modelini shakllash, prognozlash, interpretatsiyadan foydalanish hamda metodik topshiriqlar tuzilmasining o‘quv predmetlari mazmuniga intensiv singdirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda ona tili va matematikadan sinfdan tashqari ishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-710 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmalari oshgan, diagnostika qilish imkoniyatlari kengaygan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlashda diagnostika metodlaridan foydalanish iqtidorini aniqlash texnologiyasi diagnostika metodlaridan amaliy yo‘naltirilgan kontekstda foydalanish hamda innovatsion faoliyat elementlarini pedagogik jarayonga bosqichma-bosqich adaptivlashtirish imkoniyatlarini mos kengaytirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda ona tili va matematikadan sinfdan tashqari ishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-710 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda zarur hayotiy ko‘nikmalar: maqsadning aniqligi, tez va samarali qaror qabul qilish, muammolarni tezkor tahlil etish va vaziyatga moslashishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyat elementlarini pedagogik jarayonga adaptivlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlashda diagnostika metodlaridan foydalanish samaradorligi muammoli topshiriqlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borish, qiyoslashdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va “Ta’limiy platforma imkoniyatlari va unda ishlash tartibi” kursini kiritish asosida takomilashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda ona tili va matematikadan sinfdan tashqari ishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-710 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etilishi, o‘qituvchilarning zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanishlariga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish