Suvonova Lobarxon Islom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Bitiruvchilarning pedagogik texnikasini STEAM texnologiyalari asosida rivojlantirish (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2497.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik texnikasini STEAM texnologiyalari asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bitiruvchilarning pedagogik texnikasini STEAM texnologiyalari asosida rivojlantirish imkoniyatlari hayotiy vaziyatga barqaror moslashish mobilligini oshirishga qaratilgan tayanch va ta’limiy kompetensiyalarning kreativlik, ijodkorlik, tanqidiylik sifatlari rivojlanishiga aloqadorligini aniqlash omillarini faktorli tekshirish asosida takomillashtirilgan;
bitiruvchilarning pedagogik texnikasini STEAM texnologiyalari asosida rivojlantirish jarayoni psixofiziologik holat, hissiyot, mimika, pantomimika, pedagogik ta’sir kuchi verbal va noverbal nutq unsurlarini STEAM texnologiyalarining mazmun-mohiyatiga bosqichma-bosqich kiritish hamda o‘zaro hisobdorlik muhitida intensiv foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bitiruvchilarning pedagogik texnikasini STEAM texnologiyalari asosida rivojlantirish modeli bitiruvchilarda pedagogik texnikani rivojlantirishga mo‘ljallangan integrativ o‘qitilishga yo‘naltirilgan o‘quv adabiyotlari, elektron ilova kabi didaktik ta’minot vositalarining mazmunini STEAM texnologiyalarini rivojlantirish imkoniyatlariga tipik ratsionallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bitiruvchilarning pedagogik texnikasini STEAM texnologiyalari asosida rivojlantirish samaradorligi til konstruksiyalariga tayanilgan integrativ yondashuvning kognitiv-refleksiv, bashoratlovchi-algoritmik bosqichlariga ustuvorlik berish hamda ta’lim marketingiga ko‘ra ish beruvchilarning takliflariga proporsional jihatdan bogʻliqligini aniqlashning didaktik tamoyillarini prognozlashtirish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarida pedagogik texnikani STEAM texnologiyalari asosida rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarida pedagogik texnikani STEAM texnologiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan, ilmiy asoslangan ma’lumotlar, taqdim qilingan metodlar, texnologiyalar hamda tadqiqot davomida ishlab chiqilgan dastur, model va tavsiyalardan pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoni mazmunini takomillashtirishda A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yilning 3-iyuldagi 02-07-2063/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat talablarining joriy qilinishi “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi bakalavr talabalarida pedagogik texnika: kommunikativlik, tashkilotchilik kabi sifatlarini hamda pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq aloqalarni tashkil etishni o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan umumiy pedagogik va psixologik mahoratini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bitiruvchilarda pedagogik texnikani STEAM texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirishga mo‘ljallangan modelga oid ma’lumotlar A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yilning 3-iyuldagi 02-07-2063/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kasbiy pedagogik texnika-bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar majmuasini psixofiziologik instrumentariy asosida taqdim etish qobiliyati va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengayishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarida pedagogik texnikani rivojlantirishning ilmiy asoslangan bosqichlari yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar “Oliy ta’lim didaktikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-avgustdagi 1/1-son Kengashi bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya etilgan guvohnoma). Natijada, takomillashtirilgan didaktik ta’minotning joriy qilinishi zamonaviy mashg‘ulotlarda o‘quv axborotini uzatish texnologiyalarini tizimlashtirish va bitiruvchi bosqich talabalarida egallangan bilimlarni hayotda qo‘llay olish imkonini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish