Sagindikov Baxitjan Abdijanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «1917-1941 yillardagi Qoraqalpog‘iston madaniyati: muammo va echimlar», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar987.
Ilmiy rahbarchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Aytmuratov Jalg‘as, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Qoraqalpoq davlat unviersiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjametova Gulshiyra, tarix fanlari nomzodi, professor; Nurjanov Sabit Uzaqbaevich, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: Urganish davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1941-yillarda Qoraqalpog‘iston xalqi madaniyatiga kommunistik mafkura ta’sirining izlari va uning oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet mustabid tuzumi tomonidan Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ishlar mohiyatiga ko‘ra, milliy qadriyatlar, qoraqalpoq xalqining tabiatiga xos bo‘lgan evolyusion taraqqiyot qonuniyatlarini tubdan o‘zgartirish, uni o‘zining madaniy negizlaridan begonalashtirish, xalq ma’naviy hayotini ham tarkiban, ham mazmunan qayta qurish asosida yuz berganligi natijasida xalqning ijtimoiy-ruhiy holatiga katta zarar etkazilganligi ochib berilgan;
1917-1941-yillardagi Qoraqalpog‘iston madaniyati tarixi mustabid sovet tuzumiga xos bo‘lgan mafkuraviy tazyiqlar – Qoraqalpog‘istonda olib borilgan madaniy jarayonlar taraqqiyotida “madaniy inqilob” mafkurasining oqibatlari diniy va ma’naviy madaniyat munosabatlari doirasida eski mafkuraning yangi kommunistik mafkura bilan kurashi asosida aniqlangan;
milliy madaniyatga ma’muriy-siyosiy buyruqbozlik tizimining salbiy ta’siri, jamiyat ma’naviy hayotida sovetlashtirish jarayonidagi sovet hukumatining milliy madaniyatlar rivoji to‘g‘risidagi shiorlari o‘zining ijtimoiy-siyosiy zaminini mustahkamlash ekanligi dalillangan;
Qoraqalpog‘istondagi aksariyat kutubxonalar xalqning madaniy hayotida ularning savodxonligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lsa ham xalqning ko‘p asrlik ma’naviy xazinasi bo‘lgan arab tilida yozilgan kitoblarni eskilik qoldiqlari sifatida kutubxona fondlaridan olib tashlanib, uning o‘rniga sovet hokimiyati talabiga ko‘ra rus va jahon adabiyoti kitoblari bilan to‘ldirilishi qoraqalpoqlarning asriy an’analaridan begonalashuviga olib kelganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: mustabid tuzumning ma’muriy-buyruqbozlik siyosati davrida Qoraqalpog‘iston madaniyati tarixini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan:
sovet mustabid tuzumi tomonidan Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ishlar mohiyatiga ko‘ra, milliy qadriyatlar qoraqalpoq xalqining tabiatiga xos bo‘lgan evolyusion taraqqiyot qonuniyatlarini tubdan o‘zgartirish, uni o‘zining madaniy negizlaridan begonalashtirgan holda, xalq ma’naviy hayotini ham tarkiban, ham mazmunan qayta qurish asosida yuz berganligi natijasida xalqning ijtimoiy-ruhiy holatiga katta zarar etkazilganligiga oid natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat teleradiokompaniyasi ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan “Tariximizni o‘rganamiz”, “Adabiyot va zamon”, “Ta’lim va islohot” teleko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 11- noyabrdagi 05-22/655-son ma’lumotnoma). Natijada teletomashbinlar yaqin o‘tmishdagi o‘lka madaniyati ahvoli, madaniy – jarayonlar, g‘oyaviy kurashlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpog‘istondagi aksariyat kutubxonalar xalqning madaniy hayotida ularning savodxonligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lsa ham xalqning ko‘p asrlik ma’naviy xazinasi bo‘lgan arab tilida yozilgan kitoblarni eskilik qoldiqlari sifatida kutubxona fondlaridan olib tashlanib, uning o‘rniga sovet hokimiyati talabiga ko‘ra rus va jahon adabiyoti kitoblari bilan to‘ldirilishi qoraqalpoqlarning asriy an’analaridan begonalashuviga olib kelganligi bo‘yicha natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tarix va madaniyat muzeyi fondlarida saqlanayotgan nodir nashrlar va qo‘lyozmalar ekspozisiyasini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 1-noyabrdagi 2-02/1454-son dalolatnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarning 1917-1941-yillardagi Qoraqalpog‘iston aholisi madaniyati, tafakkuri, mentaliteti va bilimi to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘istonda mustabid tuzumning mustahkamlanishi davrida siyosiy mafkura xalq ma’naviyatidagi barcha milliylikni, qadriyatlarni eskilik qoldiqlari sifatida cheklashga qanchalik urunmasin ijodiy xalq madaniyati va sa’nati namunalarining o‘ziga xosligini saqlab qolganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti Nukus filiali Ilmiy bo‘limi tashkil qilgan Amet Tarixanov tavalludining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan anjumanda ko‘rgazma dasturlar tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 13-apreldagi 2-01/489-son dalolatnomasi). Natijada 1917-1941-yillardagi Qoraqalpog‘iston davlat madaniyat arboblari to‘g‘risidagi ko‘rgazmali vositalarni mazmunan boytishga xizmat qilgan.