Razzakova Guzal Kadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik yillarida Xorazm vohasi xalfachiligi”, 07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar169.
Ilmiy rahbar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Ataxanov Rafikjon Sotvoldievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Xorazm vohasi xalfachiligi va undagi o‘zgarishlarni tarixiy-etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazmlik ijrochi va ijodkor xalfalarning “shomon xalfa”, “yanga xalfa”, “dostonchi-qissaxon xalfa”, “xonanda xalfa”, “shoira xalfa” kabi turlarga bo‘linishi, xalfachilikda uchta bosqich mavjudligi, xalfalarning sevgi-muhabbat, mehnat va tarixiy janrlarda qo‘shiq kuylaganliklari aniqlangan;
xalfachilikni egallayotgan shogirdning o‘z uyiga etti kasb egasi – temirchi, o‘lik yuvuvchi, sartarosh, dasturxonchi, tikuvchi yoki tabib, musiqachi va ustozini mehmonga chaqirib, ulardan duo olish marosimini o‘tkazishlari,  porxon-xalfalarning kasal kishi badaniga kirib qolgan yomon ruhlarni quvish ishlarini bajarganliklari dalillangan;
Xorazmda beshik to‘yi marosimi bilan bog‘liq “chaman” odatining mavjudligi, uni tayyorlab olib keluvchilar va o‘rnatuvchilar “chamanchilar” deb yuritilishi, “palov”, “barak”, “go‘mma”, “qorma” kabi ovqatlar sunnat to‘yining an’anaviy taomnomasini tashkil etganligi, bola tarbiyasi bilan bog‘liq “qo‘ndoq bichar” va “to‘shak kesish” marosimlarini o‘tkazganliklari dalillangan;
nikoh to‘yining Xorazmda “muborak to‘y” deb ham atalishi, 12, 24, 25, 63 yoshga kirgan xotin-qizlarga nisbatan “lachak to‘y” o‘tkazilganligi va bu marosimni xalfalar boshqarganliklari, mustaqillik yillarida 1-sinfga borayotgan bolalar uchun yangi “papka palov to‘y” vujudga kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi xalfachiligi mustaqillik yillarida mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Xorazmlik ijrochi va ijodkor xalfalarning “shomon xalfa”, “yanga xalfa”, “dostonchi-qissaxon xalfa”, “xonanda xalfa”, “shoira xalfa” kabi turlarga bo‘linishi, xalfachilikda uchta bosqich mavjudligi, xalfalarning sevgi-muhabbat, mehnat va tarixiy janrlarda qo‘shiq kuylaganliklari, xalfachilikni bo‘yniga olayotgan shogirdning o‘z uyiga etti kasb egasi – temirchi, o‘lik yuvuvchi, sartarosh, dasturxonchi, tikuvchi yoki tabib, musiqachi va ustozini mehmonga chaqirib, ulardan duo olish marosimini o‘tkazishlari,  porxon-xalfalarning kasal kishi badaniga kirib qolgan yomon ruhlarni quvish ishlarini bajarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 martdagi 02-40-404-son ma’lumotnomasi). Bu esa, Xorazm vohasida xalfachilik rivoji, mahalliy ijrochilar tomonidan yaratilgan ijod namunalariga oid  tarxshunoslik manbalaridan keng foydalanishga xizmat qilgan;
 
Xorazmda beshik to‘yi marosimi bilan bog‘liq “chaman” odatining mavjudligi, uni tayyorlab olib keluvchilar va o‘rnatuvchilar “chamanchilar” deb yuritilishi, “palov”, “barak”, “go‘mma”, “qorma” kabi ovqatlar sunnat to‘yining an’anaviy taomnomasini tashkil etganligi, bola tarbiyasi bilan bog‘liq  “qo‘ndoq bichar” va “to‘shak kesish” marosimlarini o‘tkazishlari, nikoh to‘yining Xorazmda “muborak to‘y” deb ham atalishi, 12, 24, 25, 63 yoshga kirgan xotin-qizlarga nisbatan “lachak to‘y” o‘tkazilganligi va bu marosimni xalfalar boshqarganliklari, mustaqillik yillarida 1-sinfga borayotgan bolalar uchun yangi “papka palov to‘y” vujudga kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022 yil 27 maydagi 01-10-27/05-22-son dalolatnomasi). Natijalar yosh avlodni yurtsevarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashi va tafakkurini yuksaltirishda nomoddiy madaniy meros namunalaridan keng foydalanishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish