Vaxobov Botirali Mixailovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Farg‘ona vodiysida an’anaviy etnointegratsion jarayonlar”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar456.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Faxriddin Shoymardonovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Qayumov Asror Rayimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy-etnografik materiallar asosida XIX asr – XX asr boshlarida etnografik guruhlar va ulardagi an’anaviy etnointegratsion jarayonlarni Farg‘ona vodiysi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi hududida yashovchi qipchoq, turk, yuz va qurama etnik guruhlarning XIX-XX asrlar oralig‘ida o‘zbek xalqi bilan konsolidatsiyalashganligi, ularning an’anaviy hayotida o‘troq aholiga xos turmush tarzi uzil-kesil shakllanganligi dalillangan;
XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida yashagan turklarning barlos, kaltatoy, musabozori va turk urug‘laridan tashkil topganligi, yuz qavmi tarkibidagi uyas urug‘ining 6 bo‘g‘imga, solinlarning 7 bo‘g‘imga, xitoy-yuzning 10 ta bo‘g‘imga, qarapchilarning 13 ta bo‘g‘imga bo‘linganligi aniqlangan;
mahalliy etnomadaniy muhit ta’sirida ko‘chmanchi aholining turmush tarzida o‘zgarishlar yuz berganligi, jumladan, qirg‘izlar va quramalarning yog‘ochdan ko‘mir tayyorlash bilan shug‘ullanganligi, g‘allani maxsus ishlangan chuqurlikdagi o‘ralarga ko‘mib saqlaganliklari aniqlangan;
farg‘onalik chorvador aholining “jaydari”, “turkona”, “hisor”, “chuvoldi” kabi qo‘y turlarini boqqanliklari, o‘troq dehqon va hunarmand aholi uchun xos bo‘lgan doimiy tipdagi uy-joylar ko‘proq “tom”, “tom uy” iboralari bilan, ko‘chmanchi va yarim o‘troq aholining uy-joylari esa “qora uy”, “o‘tov”, “kigiz uy”, “qirg‘iz uy”, “oq uy”, “bo‘z uy” deb atalganliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysi hududida yashovchi qipchoq, turk, yuz va qurama etnik guruhlarning XIX-XX asrlar oralig‘ida o‘zbek xalqi bilan konsolidatsiyalashganligi, ularning an’anaviy hayotida o‘troq aholiga xos turmush tarzi uzil-kesil shakllanganligi kabi ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 16 iyuldagi 02-01/2104-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimiz aholisi, xususan, yoshlarning kundalik hayotida milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashuviga doir jarayonlarni ilmiy asosda o‘rganish va milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” targ‘ibotini amalga oshirishda xizmat qilgan;
XIX asr – XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida yashovchi qipchoq, qurama, turk kabi etnografik guruhlar o‘zining turmush tarzi, xo‘jaligi va etnomadaniyatida an’anaviylik hamda lokal o‘ziga xoslikni nisbatan yaxshi saqlab qolganligi, shu bilan birga, vodiyning o‘troq aholisiga xos xo‘jalik-madaniy an’analarni ham o‘zlashtira boshlaganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 14-07-1847-son ma’lumotnomasi). Bu esa, mamlakatimiz aholisi, xususan, yoshlar ongiga insoniylik g‘oyalarini singdirish,  teleradioko‘rsatuv va eshittirishlari orqali an’anaviy xalq marosimlari va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Farg‘onalik chorvador aholining “jaydari”, “turkona”, “hisor”, “chuvoldi” kabi qo‘y turlarini boqqanliklari, o‘troq dehqon va hunarmand aholi uchun xos bo‘lgan doimiy tipdagi uy-joylar ko‘proq “tom”, “tom uy” iboralari bilan, ko‘chmanchi va yarim o‘troq aholining uy-joylari esa “qora uy”, “o‘tov”, “kigiz uy”, “qirg‘iz uy”, ”, “oq uy”, “bo‘z uy” kabi nomlar bilan atalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Bir qishloq tarixi” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-iyundagi 02-30-934-son ma’lumotnomasi). Bu esa, etnografik guruhlar turar joylarining o‘ziga xos jihatlari va an’anaviy jihatlari, taomlarining tayyorlanishi, tanovuli, an’anaviy kiyimlari va zeb-ziynat buyumlari dala etnografik materiallar asosida yoritishga, XIX asr – XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysidagi an’anaviy etnointegratsion jarayonlar o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish