Shadieva Dilnoza Aminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi (Qarshi davlat universiteti misolida, 1945 – 2020 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar582.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; Vasieva Dilorom Ibragimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi va bu sohada amalga oshirilgan islohotlarni Qarshi davlat universiteti misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatida 1945-1956-yillarda oliy ta’limning ilk bosqichi va mustaqil pedagogika institutining barpo etilishi (1956-1958-yillar), institutda ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishi (1973-1985-yillar), ixtisoslashtirilgan oliy ta’limning rivojlanishi hamda xorijiy davlatlar bilan qo‘shma dastur asosida kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi (1991-2021-yillar) kabi bosqichlarda shakllanganligi asoslangan;
sovet davrida, bir tomondan, Qarshi davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli o‘qituvchi kadrlarni etishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kadrlar tayyorlash ishidagi nooqilona siyosat tufayli umumta’lim maktablarini ayniqsa, qishloq maktablarida kadrlar etishmasligi va ularning qo‘nimsizligi yuqori bo‘lgani aniqlangan;
Qarshi davlat universitetida talabalar va  professor-o‘qituvchilar soni dinamikasi tarixiy davrlarga bo‘lingan holda aniqlanib, mustaqillikni dastlabki yillarida ta’lim sohasini isloh qilishda konservativ yo‘nalishning tanlanishi, ijtimoiy rivojlanish muammolarining echimini topish muddatlarini kechiktirish siyosatining ilgari surilishi, o‘quv rejalarida majburiy fanlar ulushining yuqoriligi kabi samarasiz mexanizmlar ta’sirida kadrlarning zamon talabidan ortda qolish omillari ko‘rsatib berilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy va ma’rifiy sohada tashkil etilgan tadbirlarning barkamol avlodni tarbiyalashda muhim o‘ringa egaligi, talabalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlarining keng miqyosda amalga oshirilishi, oliy o‘quv yurtlari talabalarining mahalliy, xalqaro hamda olimpiada musobaqalarida yuqori o‘rinlarni egallashi uchun zamin yaratganligi Qarshi davlat universiteti misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan   ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qashqadaryo viloyatida 1945-1956-yillarda oliy ta’limning ilk bosqichi va mustaqil pedagogika institutining barpo etilishi (1956-1958-yillar), institutda ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishi (1973-1985-yillar), ixtisoslashtirilgan oliy ta’limning rivojlanishi hamda xorijiy davlatlar bilan qo‘shma dastur asosida kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi (1991-2021-yillar) kabi bosqichlarda shakllanganligi hamda sovet davrida, bir tomondan, Qarshi davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli o‘qituvchi kadrlarni etishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kadrlar tayyorlash ishidagi nooqilona siyosat tufayli umumta’lim maktablarini ayniqsa, qishloq maktablarida kadrlar etishmasligi va ularning qo‘nimsizligi yuqori bo‘lgani kabi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yilning 23-sentyabrdagi 02-29-1579-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar ongiga oliy ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini viloyat OTMlari misolida asoslashga xizmat qilgan;
Qarshi davlat universitetida talabalar va  professor-o‘qituvchilar soni dinamikasi tarixiy davrlarga bo‘lingan holda aniqlanib, mustaqillikni dastlabki yillarida ta’lim sohasini isloh qilishda konservativ yo‘nalishning tanlanishi, ijtimoiy rivojlanish muammolarining echimini topish muddatlarini kechiktirish siyosatining ilgari surilishi, o‘quv rejalarida majburiy fanlar ulushining yuqoriligi kabi samarasiz mexanizmlar ta’sirida kadrlarning zamon talabidan ortda qolish omillari hamda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy va ma’rifiy sohada tashkil etilgan tadbirlarning barkamol avlodni tarbiyalashda muhim o‘ringa egaligi, talabalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlarining keng miqyosda amalga oshirilishi, oliy o‘quv yurtlari talabalarining mahalliy, xalqaro hamda olimpiada musobaqalarida yuqori o‘rinlarni egallashi uchun zamin yaratganligi Qarshi davlat universiteti misolida dalillangani to‘g‘risidagi natijalaridan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (237-125) 2022-yil 9-sentyabrdagi  302-sonli  buyrug‘i va Qarshi davlat universitetining 2023-yil 3-iyundagi 04/2060-son ma’lumotnomasi). Bu esa Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy shakllanish sharoitida oliy ta’lim tizimnini rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirishga va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish