Muxammadjonova Durdona Muxammadjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar serebral falajligi bo‘lgan bolalarda kognitiv buzilishlarning klinik nevrologik tavsifi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1703.
Ilmiy rahbar: Majidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, prfessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Ivanovo davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatida bolalar serebral falajligi bo‘lgan bemorlarda kognitiv buzilishlarni kasallikning turli shakllariga ko‘ra xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar serebral falajligining turli shakllarida verbal va noverbal kognitiv buzilishlar namoyon bo‘lishi asoslangan;
bolalar serebral falajligining turli shakllarida neyrovizualizatsion, neyrofiziologik va kognitiv buzilishlarning harakat tanqisligi bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
sensor tizimning periferik va markaziy qismlarining funksiyalari bolalar serebral falajligining turli shakllarida kognitiv buzilishlari bo‘lgan bolalarda kognitiv chaqirilgan potensial R 300 tashxisot usuli bilan aniqlangan;
bolalar serebral falajligining turli shakllarida kognitiv buzilishlarni korreksiyalashda memantin gidroxlorid va transkranial magnitli stimulyasiya seanslari bilan optimallashtirilgan davoning samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 06/8-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 16 yanvardagi 8i-z/38-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Andijon viloyatida serebral falajligi bo‘lgan bolalarda kognitiv buzilishlarning klinik nevrologik tavsifini o‘rganish kasllik shakllariga ko‘ra BSF bemorlarda verbal va noverbal kognitiv buzilishlar xaqida ma’lumot olishga yordam berdi. Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.03.2023 yil; № 27 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar bolalar shifoxonasi 17.03.2023 yil; №14- 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BSF bemorlarda kognitiv buzilishlarning kassallik shakllariga ko‘ra klinik nevrologik tavsifidan foydalanish BSF bemorlarda kognitiv buzilishga olib keluvchi olib keluvchi asosiy omillar tashxisoti sifatini oshirish, kognitiv buzilish darajasi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolashni sezilarli yaxshilanishiga 60%ga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BSF bilan bog‘liq kognitiv muammolar zamonaviy holatining kompleks tavsifi xarakat etishmovchiligining og‘irlik darajalari, xavf omillarining borligi singari mezonlardan foydalanish, o‘z navbatida tashxisotga bo‘lgan yondashuvni soddalashtiradi va sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini shifokorlari tomonidan minimal tayyorgarlik bilan yoki hech qanday tayyorgarliksiz foydalanish mumkin, shuning uchun tejash bilan yangi tibbiy xodimni o‘qitish zarurati bo‘lmasligi hisobiga bunday 60%gacha iqtisodga erishiladi. Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining davolash profilaktika muassasalarida xamda birlamchi bo‘g‘inida BSFda kognitiv buzilishlarning kompleks tashxisoti byudjet hisobidan bir bemor uchun 720 000 so‘mni tejashga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: BSFning turli shakllarida neyrovizualizatsion, neyrofiziologik va kognitiv buzilishlarni xarakat tanqisligigi bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish. Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.03.2023 yil; № 27 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar bolalar shifoxonasi 17.03.2023 yil; №14- 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BSF turli shakllarida neyrovizualizatsion, neyrofiziologik va kognitiv buzilishlarni xarakat tanqisligigi bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish yordamida kognitiv maqomga to‘g‘ri tavsif beriladai, bu esa o‘z navbatida keyingi davo rejalarini tuzish va davo muddatini qisqarishiga sabab bo‘ladi. O‘z vaqtida qilingan tashxisot jarayonini tezlashtirish, soddalashtirish, optimallashtirishga imkon beradi, shu bilan birga, yuqori malakali mutaxassislar yuklamasini 70%gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BSFda kognitiv faoliyat darajasi tashxisoti va o‘tkazilgan zarur tekshiruvlar uchun sarflanadigan shifokor vaqti qisqaradi, nevrolog-shifokorga qatnovlar kamayadi, ularning yuklamasi qisqaradi, har bir BSF bemor uchun tashxisot hamda davolash eng sifatli jarayon 88%gacha bo‘lib qoladi. Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida BSFda kognitiv buzilishlarning kompleks tashxisoti byudjet hisobidan bir nafar bemorga 1 kurs uchun 599330 so‘mni tashkil etadi, bunda bir yilda (2 kurs) iqtisodiy samaradorlik 1198660 so‘mni tashkil etadi.
uchinchi ilmiy yangilik: BSFning turli shakllarida sensor tizimning periferik va markaziy qismlari faoliyatini kognitiv chaqirilgan potensial R300 yordami bilan o‘rganishga imkon beradi. Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.03.2023 yil; № 27 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar bolalar shifoxonasi 17.03.2023 yil; №14- 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Serebral falajga chalingan bolalardagi kognitiv chaqirilgan potensiallarni tadqiq etish kognitiv tanqislik darajasi va aralashuv muddatini aniqlash, medikamentoz va nomedikamentoz terapiyaning to‘g‘ri sxemasini tanlashga 80% gacha imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BSF turli shakllarida kognitiv faoliyat tanqisligini kognitiv chaqirilgan R300 tekshiruv usulida tekshirib bo‘la oladigan bemorlarda o‘tkazish natijasida, aniqlangan mezonlarga ko‘ra to‘g‘ri tashxislash mumkin, hamda kasalxona (statsionar) shifokorlari bularni bilgan holda, tashxisot va davolash masalalariga malakali, aniq yondashadi. BSF kognitiv faoliyat darajalarini o‘rganish erta bosqichda aqliy ortda qolish va ularning rivojlanishini tashxislashga 50%gacha imkon beradi. Xulosa: Shunday qilib, sog‘liqni saqlash tizimining davolash profilaktika muassasalarida va birlamchi bo‘g‘inida BSFda kognitiv buzilishlarning kompleks tashxisoti byudjet hisobidan bir bemor uchun 320 000 so‘mni tejashga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BSFning turli shakllarida kognitiv buzilishlar terapiyasini memantin gidroxlorid va transkranial magnitli stimulyasiya seanslari bilan optimallashtirilgan davo samaradorligini baholash. Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.03.2023 yil; № 27 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar bolalar shifoxonasi 17.03.2023 yil; №14- 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Memantin preparati va transkranial magnitli stimulyasiya (TMS) seanslarini kiritgan holda reabilitatsiya usullarini tadbiq etish tayanch bilan turish va yurish imkoniyati, yurish sifati, muvofiqlashtiruvchi funksiyaning yaxshilanishini o‘z ichiga oluvchi harakat faolligi yaxshilangan bolalar hissasini orttirishga imkon berdi, buning hisobiga esa bolaning hayoti va shaxslararo o‘zaro munosabatlarining sifati oshdi. Serebral falajga chalingan bolalardagi kognitiv maqom disfunksiyasini tashxislash va memantin preparati va transkranial magnitli stimulyasiya (TMS) seanslarini kiritgan holda davolash algoritmini joriy etish bolalarning serebral falaj bilan kasallanish darajasini 2 marta kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Reabilitatsion usullarning iqtisodiy samaradorligi medikamentoz yuklamani kamaytirish hisobiga davolash narxini pasaytirish, shuningdek, o‘z navbatida shifokorga murojaatlar sonining kamayishiga olib keluvchi somatik maqomni yaxshilashdan iborat. Shunday qilib, mazkur uslubiy ko‘rsatmaning qoidalarini tadbiq etishdagi iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemorga 1 kurs uchun 599330 so‘mni tashkil etadi, bunda bir yilda (2 kurs) iqtisodiy samaradorlik 1198660 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Shunday qilib, TMS seanslari va memantin preparati bilan birgalikda reabilitatsiya o‘tkazilganda xarakat faolligi sezilarli ortdi, yordamlarsiz tik turish va yurish imkoniyati, yurish sifati, muvozanatni saqlash yaxshilandi. Bularning xisobiga esa bemorda xayot sifati va o‘zaro bog‘liqliklar mukammallashadi. Bir nafar bemor kompleks reabilitatsiyasining 1 kursiga ketadigan xarajatlar 3 273 295 so‘mni tashkil etadi, standart kurs esa 3 872 625 so‘mga tushadi.