Adizova Sarvinoz Rizoqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiya kuzatilgan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlar istiqbolini belgilash » 14.00.01 –Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2342.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari  doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat     tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot  fanlari doktori, dotsent;  Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bishkek xalqaro tibbiyot instituti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: preeklampsiyaning og‘irlik darajasiga ko‘ra, akusherlik va perinatal asoratlarini bashoratlashda biokimyoviy va gemostaziologik markyorlar axamiyatini o‘rganish va ularni oldini olish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
preeklampsiyaning og‘irlik darajasiga ko‘ra homiladorlik jarayonida kutilayotgan asoratlarning xavf omillari (semizlik, ekstragenital kasalliklar, surunkali yallig‘lanish o‘choqlari, gipergomotsisteinemiya, gipovitaminoz D) hamda akusherlik va perinatal asoratlar (normal joylashgan yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishi, muddatidan oldingi tug‘ruq, operativ tug‘ruq, respirator distress sindrom, homila o‘sishi ortda qolishi sindromi, perintal o‘lim) aniqlangan;
 ilk marotoba preeklampsiyaning turli og‘irlik darajalarida biokimyoviy markyorlarni (laktatdegidrogenaza, C reaktiv oqsil, gomotsistein, 25 (OH) D vitamini) va ular orasidagi korrelyasion o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish asosida ularning gemostaz tizimiga ta’siri aniqlangan, rivojlanishi mumkin bo‘lgan akusherlik va perinatal asoratlarni klinikagacha tashxislash va bashoratlash usullari ishlab chiqilgan;
bachadon-yo‘ldosh-homila qon aylanishi buzilishlarini rivojlanishida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarning ahamiyati aniqlangan. Dopplerometrik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida antenatal davrda diagnostik tadbirlarni o‘tkazish orqali akusherlik va perinatal asoratlarning oldini olish va davolashning samarali ekanligi isbotlangan;
ROC statistik  tahlili asosida bashoratlovchi markyorlar (laktatdegidrogenaza, C reaktiv oqsil, gomosistein, vitamin 25 (OH)D, D dimer) ning preeklampsiyani tashxislash va og‘irlik darajasini baholashda spesifikligi va sezgirligi aniqlangan hamda rivojlanishi mumkin bo‘lgan akusherlik va perinatal asoratlar logistik regressiya usuli yordamida bashoratlangan. O‘rganilgan markyorlarning preeklampsiya og‘irligini baholash va uning asoratlarini erta tashxislashda, homiladorlik, tug‘ruq va undan keyingi davrni olib borish rejasini tanlashdagi o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 18 avgustdagi №23-Z/058 son xulosasiga ko‘ra;
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlarning qatnovlar sonining kamayishi, statsionarda davolanish muddatining 5 kungacha qisqarishi, homiladorlar orasida jarrohlik amaliyoti, aralashuvlarning kamayishi, tug‘ruq tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali amalga oshirish hisobidan boshqa bo‘limda davolanishi (masalan jonlashtirish bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ tejalishi bilan asoslanib, statsionar davo kunlarining qisqarishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 440000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: preeklampsiya rivojlanishi xavf guruhiga kirgan homilador ayollarda kasallikning og‘irlashuvi hamda akusherlik va perinatal asoratlarga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 176 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 264 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Preeklampsiya kuzatilgan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlar istiqbolini belgilash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 20 maydagi HD68775372-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: preeklampsiya mavjud homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni erta tashxisot jarayonida biokimyoviy va yallig‘lanish markyorlari, gemostaz tizimi ko‘rsatkichlarini aniqlash va kasallik asoratlanishini oldini olishga erishilishi orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 486000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 423500 so‘mga iqtisod qilshga erishildi. Xulosa: og‘ir preeklampsiya kuzatilgan homiladorlar orasida operativ tug‘ruq 69,4% kuztilgan bo‘lsa nazorat guruhida bu 25,8% tashkil qilgan, normal joylashgan yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishi og‘ir preeklampsiyali guruhda 7,2%uchragan bo‘lsa fiziologik kechgan homiladorlar orasida bu asorat aniqlanmagan. Shu kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar erta aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilgan. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 486000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 423 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Preeklampsiya kuzatilgan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlar istiqbolini belgilash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 20 maydagi HD68775372-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga shifoxonada qolish to‘lov miqdori 440000 ming so‘mga kamaygan; shifoxonada bo‘lish davrining qisqartirilishi hisobiga 650000 so‘m kam dori-darmon talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 130 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini 325000 so‘mga kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 65.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); chaqaloqlarda asfiksiya, respirator distres sindrom, gipoksiishemik ensefalopatiyalarning uchrash chastotasining kamayishi hisobiga SPAP texnologiyasi va sun’iy o‘pka ventilyasiyasidan foydalanish ham kamaygan, neoreanimatsiya, ona va bola bo‘limlarida davolanish va parvarish uchun ishlatiladigan dori darmonlar va tibbiy anjomlar 1400000 so‘m kam talab ‘tiladi( 1 kunga o‘rtacha 280000). Yuqoridagilarga ko‘ra 1 bemor uchun iqtisodiy samaradorlik jami 2815000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: preeklampsiya mavjud ayollarni uning og‘irlik darajasi va asoratlarini diagnostika qilishning takomillashtirilganligi akusherlik va perinatal asoratlarga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajat kamayib davo samaradorligi oshishi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2050000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 765000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Preeklampsiya kuzatilgan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlar istiqbolini belgilash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 20 maydagi HD 68775372-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tibbiy xizmatlar qiymati hajmi tadqiqotlar o‘tkazishga sarflangan xarajatlarni hisobga olgan holda hisoblandi. Tadqiqot natijalari tadbiq etilguncha preeklampsiya kuzatilgan homiladorlarda tug‘ruqni olib borish, tug‘ruqdan keyingi davr, asoratlarni davolash, reabilitatsiya, chaqaloqni davolash va uni adaptatsiya jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlar uchun bir ayolga 2655800 so‘m sarflangan bo‘lsa, tadbiqdan so‘ng, bu xarajatlar 470500so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha preeklampsiya mavjud homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni erta muddatlarda bashoratlash va oldini olish orqali 1 bemor uchun o‘rtacha 2185300 so‘m tejaldi. Xulosa: preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda davolash va tug‘ruqni olib borish vaqtida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar, yo‘ldoshning barvaqt ko‘chishi, operativ tug‘ruq, homilaning o‘sishdan ortda qolishi, perinatl o‘lim kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1245000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 940300 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Preeklampsiya kuzatilgan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlar istiqbolini belgilash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 20 maydagi HD68775372-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish