Karimova Safo Saydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «“Baxt” konseptining badiiy matnda voqelanishi va tarjima muammolari (o‘zbek poeziyasining ingliz tiliga tarjimasi misolida)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1697.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yusupova Shoira Botirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari zamonaviy poetik matnlarida “baxt” konseptining lingvomadaniy, kognitiv, lingvofalsafiy jihatlarini ochib berish hamda ularning tarjima tilida qayta yaratilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning konseptual tizimi shakllanishida lisoniy tarkib muayyan konseptning obrazli, emotsional, assotsiativ bo‘lishini ta’minlashi va u yadro hamda sarhadga ega bo‘lgan bilimlar, tasvirlar, g‘oyalar, uyushmalar sohasini tashkil qilishida milliy, madaniy-tarixiy va shaxsiy tajriba asosida namoyon bo‘lishi asoslangan;
badiiy konsept tafakkur birligi, ijtimoiy ong, tolerantlik ruhiyati, alohida ijodkor yaratgan matnda lisoniy voqelangan hodisa sifatida kognitiv (mantiqiy)/badiiy konsept oppozisiyasining asosi ob’ektivlik/sub’ektivlik, umuminsoniylik/individuallik belgilariga asoslanganligi dalillangan;
poetik matnda “baxt” konseptual metaforasining birma’nolilik va ko‘pma’noliligi, neytral va emotsionalligi, kontekstga bog'liq va bog'liq emasligida namoyon bo‘ladigan ichki qarama-qarshiliklarga ularning turli matnlar doirasida kontekstual mazmun kasb etishi, milliy konseptual maydon va mentalitetning ma’lum bir qismini ifodalashi aniqlangan;
“baxt” konseptini adekvat tarjima qilishning birlamchi omillarini matnga xos bo‘lgan intertekstuallik, kontekstual vaziyat, shakl va mazmun mutanosibligi/nomutanosibligi hamda tillararo struktur, sistem va funksional assimetriya, ikkilamchi omillarini esa uning derivativ tabiati, dinamik xarakteri tashkil etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Baxt” konseptining badiiy matnda voqelanishi va tarjima muammolari (o‘zbek poeziyasining ingliz tiliga tarjimasi misolida)ni aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
shaxsning konseptual tizimi shakllanishida lisoniy tarkib muayyan konseptning obrazli, emotsional, assotsiativ bo‘lishini ta’minlashi va u yadro hamda sarhadga ega bo‘lgan bilimlar, tasvirlar, g‘oyalar, uyushmalar sohasini tashkil qilishida milliy, madaniy-tarixiy va shaxsiy tajriba asosida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 16-fevraldagi 62/1-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy-madaniy konseptning badiiy matn doirasida faollashuvinining lisoniy omillari tahliliga oid xulosalarga erishilgan;
badiiy konsept tafakkur birligi, ijtimoiy ong, tolerantlik ruhiyati, alohida ijodkor yaratgan matnda lisoniy voqelangan hodisa sifatida kognitiv (mantiqiy)/badiiy konsept oppozisiyasining asosi ob’ektivlik/sub’ektivlik, umuminsoniylik/individuallik belgilariga asoslanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 23-fevraldagi 376/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning kontentini shakllantirishda kognitologiya, psixolingvistika, lingvo-madaniyatshunoslik atamalarining ifodalanishi, ularning tipologik tahlili, o‘zbek va ingliz tilida “baxt” konseptining faollashuvini poetik misollar orqali o‘rganish, “baxt” konseptini ingliz tilida o‘rganish kabi tavsiyalar joriy qilingan;
poetik matnda “baxt” konseptual metaforasining birma’nolilik va ko‘pma’noliligi, neytral va emotsionalligi, kontekstga bog'liq va bog'liq emasligida namoyon bo‘ladigan ichki qarama-qarshiliklarga ularning turli matnlar doirasida kontekstual mazmun kasb etish, milliy konseptual maydon va mentalitetning ma’lum bir qismini oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 23-fevraldagi 378/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik matnning konseptual tuzilishi tadqiqi, “baxt” konseptining o‘zbek tili va ingliz tili she’riy matnida faollashuvi, ularning qiyosiy o‘rganilishi, hamda o‘zbek tilidan ingliz tiliga amalga oshirilgan poetik tarjimalar tahlili natijasida “baxt” konseptining berilishini hamda asliyat va tarjima tili o‘rtasidagi konseptual muqobillik darajasini aniqlash usullari “Lingvomadaniyatshunoslik”, “Badiiy asar tarjimasi tahlili”, “Qiyosiy tadqiqotlar metodologiyasi”, “Yozma tarjima” kabi fanlarning nazariy masalalarini boyitishda xizmat qilgan.