To‘raeva Laylo Omonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek folklorida dehqon obrazi va dehqonchilik talqini”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2794.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Rahmatov Yo‘ldosh, filologiya fanlari doktori (DSc); Achilov Nasim, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek folklorida dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘sh, o‘rim, ho‘p (xirmon), ziroatchilik, bog‘dorchilik, polizchilik, tolachilik, qo‘riqchilik qo‘shiqlarining hamda tabiat, agrar, hosildorlik kultlariga ishonchni ifodalovchi agrar marosimlar va taqvim folklorining poetikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek folklorida dehqonchilik mavzusining tabiat, agrar, hosildorlik kultlariga ishonch asosida paydo bo‘lgani, poetik verballashuvga erishgani, dehqon marosimlari va taqvimi folklori yaratilgani hamda dehqonchilik taqvim ramzlari, dehqonchilikka aloqador atama va predmetlar poetik ifodasi, dehqon shaxsi, sifatlari, ruhiyati, turmush sharoiti badiiy tasviriga oid xususiyatlar asoslangan;
o‘zbek folklori hamda adabiyotida dehqon va dehqonchilik kasbi ta’rifi qadimdan an’anaviy yoritib kelinayotgani, mehnat folklorining qishloq //shahar va dehqon // ishchi repertuariga bo‘linish davri, sabablari, bunda qo‘shiq poetikasida yo‘l qo‘yilgan buzilishlar ko‘rsatib berilgan;
o‘zbek folklorida dehqon qo‘shiqlarini qo‘sh, o‘rim, ho‘p qo‘shiqlaridan tashqari ziroatchilik, bog‘dorchilik, polizchilik, tolachilik va qo‘riqchilik qo‘shiqlari ham tashkil qilishi, ularning o‘ziga xos obrazlari, ritmik-kompozision qurilishi, lingvopoetik belgilari, an’anaviy va zamonaviy obrazlari borligi isbotlangan;
dehqonchilikka oid “Moshoba bayrami”, “Hosil bayrami”, “Ona bug‘doy” yoki “Oblo baraka”, “Qo‘sh soldi”, “Qo‘sh oshi”, “O‘roq soldi”, “Yozixonlik”, “Xirmon bosdi” singari xalq marosim va udumlarining verbal komponentlari badiiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek folklorida dehqon obrazi va dehqonchilik talqinini aniqlash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek folklorida dehqonchilik mavzusining tabiat, agrar, hosildorlik kultlariga ishonch asosida paydo bo‘lgani, poetik verballashuvga erishgani, dehqon marosimlari va taqvimi folklori yaratilgani hamda dehqonchilik taqvim ramzlari, dehqonchilikka aloqador atama va predmetlar poetik ifodasi, dehqon shaxsi, sifatlari, ruhiyati, turmush sharoiti badiiy tasviriga oid xususiyatlar asoslanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 31 martdagi 17-01/141-son ma’lumotnomasi). Natijada ishdagi dunyo xalqlarining juda ko‘pchiligi orasida dehqonchilik qadimiy kasb turlaridan biri sifatida shakllantirish, uning ziroatchilik, tolachilik, bog‘dorchilik, polizchilik va sabzavotchilik, qo‘riqchilik, qo‘sh haydash, o‘rim, xirmon yanchish turlariga muvofiq folklor namunalari yaratish imkonini bergan;
o‘zbek folklori hamda adabiyotida dehqon va dehqonchilik kasbi ta’rifi qadimdan an’anaviy yoritib kelinayotgani, mehnat folklorining qishloq //shahar va dehqon // ishchi repertuariga bo‘linish davri, sabablari, bunda qo‘shiq poetikasida yo‘l qo‘yilgan buzilishlar ko‘rsatib berilganligi hamda o‘zbek folklorida dehqon qo‘shiqlarini qo‘sh, o‘rim, ho‘p qo‘shiqlaridan tashqari ziroatchilik, bog‘dorchilik, polizchilik, tolachilik va qo‘riqchilik qo‘shiqlari ham tashkil qilishi, ularning o‘ziga xos obrazlari, ritmik-kompozision qurilishi, lingvopoetik belgilari, an’anaviy va zamonaviy obrazlari borligi isbotlanganligiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 31 martdagi 17-01/141-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek dehqonchilik qo‘shiqlarida dehqonlar turmush tarzi va mehnat sharoiti badiiy obrazlantirilgani hamda motivlashtirilgani misollar asosida ochib berilgan xulosalar qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixida ham dehqon obrazi genezisi, dehqonchilik mavzusi talqinida umumturkiy qarashlar bilan bog‘liqlik borligini isbotlash, milliy xususiyatlarini farqlash imkonini bergan;
dehqonchilikka oid “Moshoba bayrami”, “Hosil bayrami”, “Ona bug‘doy” yoki “Oblo baraka”, “Qo‘sh soldi”, “Qo‘sh oshi”, “O‘roq soldi”, “Yozixonlik”, “Xirmon bosdi” singari xalq marosim va udumlarining verbal komponentlari badiiyati aniqlanganligiga oid xulosalaridan “Buxoro” telekanalining “Navro‘z udumlari”, “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari” teleko‘rsatuvlari, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari senariylarida foydalanilgan (“Buxoro” telekanalining 2022 yil 29 iyuldagi 1/165-son). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish