Mamatova Dilnoza Bekpo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2866.
Ilmiy maslahatchi: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xoshimova Dilnoza Rixsiboevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa ta’lim bosqichlaridagi ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiya va kasbiy mahoratining malaka talablari asosida farqli jihatlarini asoslash hamda barcha ta’lim bosqichlari tipologiyasini shakllantirish orqali ularning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish tamoyillari ichki, (rsixologik-redagogik omillar, o‘quv-metodik omillar, tashkiliy-redagogik omillar) va tashqi ((ijtimoiy-redagogik omillar) omillar asosida aniqlangan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish tamoyillariga emotsional intellektni rivojlantirish, funksional ko‘nikmalarini shakllantirish, ratsional va irratsional fikrlash hamda akmeologik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi tamoyillarni qo‘shish orqali ularning o‘z ustida ishlash tizimi uzlyuksizligi takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantiruvchi yuzma-yuz muloqat, on-layn muloqat, konstruktiv rejalashtirish, motivatsion baholash va VAKM-o‘qitish metodikalari o‘qituvchilar kompetensiyasini rivojlantiruvchi tizimli-funksional modelini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
pedagoglarning ingliz tili mashg‘ulotlarini sifatli va mazmunli tashkil etishdagi bilim, ko‘nikma va malakalari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida markazlarga bo‘lish texnologiyasining pedagogik jarayonlarga mosligini asoslash orqali ta’lim berish jarayonidagi psixologik-tizimli o‘qitish metodikasi rivojlantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa ta’lim bosqichlaridagi ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiya va kasbiy mahoratining malaka talablari asosida farqli jihatlarini asoslash hamda barcha ta’lim bosqichlari tipologiyasini shakllantirish orqali ularning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish tamoyillari ichki, (rsixologik-redagogik omillar, o‘quv-metodik omillar, tashkiliy-redagogik omillar) va tashqi ((ijtimoiy-redagogik omillar) omillar asosida aniqlanganligiga oid hulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetining A-OT-2021-419 sonli innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 17 apreldagi 04/11-2194-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning tashkiliy-pedagogik, psixoligik-pedagogik, ijtimoiy-pedagogik, o‘quv-metodik kompetensiyalarini rivojlanishiga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish tamoyillariga emotsional intellektni rivojlantirish, funksional ko‘nikmalarini shakllantirish, ratsional va irratsional fikrlash hamda akmeologik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi tamoyillarni qo‘shish orqali ularning o‘z ustida ishlash tizimi uzlyuksizligi takomillashtirilganligi haqidagi ilmiy ma’lumotlardan foydalanilgan O‘zbekiston Milliy Universitetining A-OT-2021-419 sonli innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023 yil 17 apreldagi 04/11-2194-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning o‘z ilmiy faoliyatini, ish jarayonini davlat talablari asosida tavsiya etilgan tamoyillar, o‘z ustida ishlash tizimi uzlyuksizligi orqali rejalashtirishga hamda taqsimlashga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantiruvchi yuzma-yuz muloqat, on-layn muloqat, konstruktiv rejalashtirish, motivatsion baholash va VAKM-o‘qitish metodikalari o‘qituvchilar kompetensiyasini rivojlantiruvchi tizimli-funksional modelini joriy etish orqali takomillashtirilganligiga oid hulosalardan O‘zbekiston Milliy Universitetining A-OT-2021-419 sonli innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023 yil 17 apreldagi 04/11-2194-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning tashkiliy-pedagogik, psixoligik-pedagogik, ijtimoiy-pedagogik, o‘quv-metodik kompetensiyalarini rivojlanishiga xizmat qilgan;
pedagoglarning ingliz tili mashg‘ulotlarini sifatli va mazmunli tashkil etishdagi bilim, ko‘nikma va malakalari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida markazlarga bo‘lish texnologiyasining pedagogik jarayonlarga mosligini asoslash orqali ta’lim berish jarayonidagi psixologik-tizimli o‘qitish metodikasi rivojlantirilganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 apreldagi 04-36-766-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilini o‘rgatishda kasbiy kompetentlik darajasini oshirishga qaratilgan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish muammolari to‘g‘risidagi berilgan tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkiloti ingliz tili o‘qituvchilari uchun xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va ularni mazmunan boyitishga xizmat qilgan.