Kodirova Saodat Abdiraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zarbulmasal” maqollari: semantik-struktural va tadrijiy takomilning qiyosiy tahlili”,  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.1.PhD/Fil1742.
Ilmiy rahbar: To‘xliev Boqijon filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin Pirimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Turdimov Shomirza G‘anievich, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi maqollar manbalari, ularning rivojlanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yozma adabiyotda maqolni qo‘llashda bir shoir bir maqolni o‘zining turli asarlarida qo‘llab, turlicha poetik vazifa bajartirishi, bir maqolni bir asrning turli davrlarida, hatto turli asrlarda shoirlar qo‘llab, o‘z asarlarining g‘oyaviy-badiiy pishiqligini ta’minlashga erishishlari, bir maqolni bir davrda turli shoirlar turli poetik maqsad bilan qo‘llashi kabi o‘ziga xosliklari zullisonaynlik an’anasi asosida dalillangan;
asardagi maqollarning qadimgi manbalar, xususan, “Devonu lug‘otit turk”dagi variantlari, hozirgi o‘zbek maqollari asosida o‘zbek xalq maqollarining tadriji qadimgi asrlarga borib taqalishi isbotlangan;
“Zarbulmasal”dagi maqollarning mavzu doirasi belgilanib, ularning semantik-strukturasiga oid mehmon va mehmondo‘stlik, yaxshi so‘z va yomon so‘z, to‘g‘ri so‘z va yolg‘onchilik, umid va umidsizlik, to‘g‘rilik va egrilik, me’yor va me’yorsizlik, naqd va nasiya, qudrat va ojizlik kabi ma’noviy jihatlari aniqlangan;
“Zarbulmasal” maqollarida ma’noga asoslangan // shaklga asoslangan // shakl va ma’noga asoslangan - majoz, tazod, mubolag‘a, tablig‘, tashxis, ruju, tanosib, istiora, tadrij, tanosib, mukarrar, tamsil kabi badiiy san’atlar kontekst mazmunini kuchaytirishga, uning ma’nosini ta’sirchanlik darajasini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
yozma adabiyotda maqolni qo‘llashda bir shoir bir maqolni o‘zining turli asarlarida qo‘llab, turlicha poetik vazifa bajartirishi, bir maqolni bir asrning turli davrlarida, hatto turli asrlarda shoirlar qo‘llab, o‘z asarlarining g‘oyaviy-badiiy pishiqligini ta’minlashga erishishlari, bir maqolni bir davrda turli shoirlar turli poetik maqsad bilan qo‘llashi kabi xulosalardan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” (2017-2020 y.y.) nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 4-fevraldagi 01/4-238-son maʼlumotnomasi). Natijada dissertatsiya 2-3-bobiga tegishli materiallardan lingvomadaniy bo‘yoqdor so‘zlar leksikonini tuzishda foydalanilgan;
asardagi maqollarning qadimgi manbalar, xususan, “Devonu lug‘otit turk”dagi variantlari, hozirgi o‘zbek maqollari asosida o‘zbek xalq maqollarining tadriji qadimgi asrlarga borib taqalishi kabi xulosalardan O‘ZMTRK “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlari hamda Buxoro radiosining “Ijod zavqi” va “Qadamiyat nafasi” eshittirishlarini ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi 2023-yil 11-apreldagi 01-09-91-son ma’lumotnomasi). Natijada radio dasturlarda berilgan ko‘rsatuvlar orqali tinglovchilarning o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti ma’naviy hayotimizga daxldorligi haqidagi xulosalar boyitilgan;
“Zarbulmasal”dagi maqollarning mavzu doirasi belgilangan, ularning semantik-strukturasiga oid mehmon va mehmondo‘stlik, yaxshi so‘z va yomon so‘z, to‘g‘ri so‘z va yolg‘onchilik, umid va umidsizlik, to‘g‘rilik va egrilik, me’yor va me’yorsizlik, naqd va nasiya, qudrat va ojizlik kabi 49 ta ma’noviy guruhlariga oid xulosalardan Oliy ta’limning 5111700-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0337-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ona tili va o‘qish savodxonligi hamda sinfdan tashqari o‘qish darslariga oid o‘quv adabiyoti takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish