Maxmudov Dilshod Abduxalil og‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Sug‘d va uning tarixiy geografiyasi. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1112.
Ilmiy rahbar: Eshov Baxodir Jo‘raevich., tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boboyorov G‘aybullo Bollievich, tarix fanlari doktor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilk o‘rta asrlarda Markaziy Sug‘d tarixiy geografiyasi orqali mintaqa xalqlari tarixining ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlarini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk o‘rta asrlarda Markaziy Sug‘dning tarixiy-geografik hududlari orasida siyosiy va etnomadaniy aloqalar tig‘izlashgani, bunga har bir viloyatning o‘sha davrda mintaqada yirik siyosiy kuch bo‘lgan dastlab Eftaliylar davlati keyinchalik Turk xoqonligi tarkibida bo‘lishi va natijada mintaqada migratsion jarayonlarning jadallashuviga olib kelgan bu kabi jarayonlar ayniqsa, voha-tumanlarning alohida ajralib chiqishi, tarixiy-geografik joylashuvning yaqqollashuvi, hududda turkiy va sug‘diy tilli etnoslar orasida o‘zaro aloqalar kuchayishi, etnogeografik makonlarning shakllanishi uchun omil bo‘lganligi ochib berilgan;
“Markaziy Sug‘d” tushunchasining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan bosh omillar aniqlanib, Sug‘d vohasining siyosiy-ma’muriy jihatdan 3 ta yirik qismga – Markaziy Sug‘d (Samarqand va uning atroflari), Janubiy Sug‘d (Kesh va Naxshab) hamda G‘arbiy Sug‘d (Buxoro Sug‘di) kabi alohida-alohida geografik tushunchaga aylanishida ular orasida dasht va cho‘llar, tog‘, daryo kabi tabiiy geografik omillar sabab bo‘lganligi dalillangan;
Markaziy Sug‘d tarkibida bo‘lgan Samarqand, Maymurg‘, Panch, Kabudon, Fay, Ishtixon, Kushoniya, Abg‘ar kabi tarixiy-geografik hududlarning ijtimoiy-siyosiy holatiga ko‘ra ular orasida Samarqand Markaziy Sug‘dning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi vazifasini bajarganligi isbotlangan;
ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy munosabatlarning davlatchilik, shaharlar taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotga ta’siri, san’at va badiiy hunarmandchilikda o‘z aksini topishi, Markaziy Sug‘dda diniy va dunyoviy bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqalishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
ilk o‘rta asrlarda Markaziy Sug‘dning tarixiy-geografik hududlari orasida siyosiy va etnomadaniy aloqalar tig‘izlashgani, bunga har bir viloyatning o‘sha davrda mintaqada yirik siyosiy kuch bo‘lgan dastlab Eftaliylar davlati keyinchalik Turk xoqonligi tarkibida bo‘lishi va natijada mintaqada migratsion jarayonlarning jadallashuviga olib kelgan bu kabi jarayonlar ayniqsa, voha-tumanlarning alohida ajralib chiqishi, tarixiy-geografik joylashuvning yaqqollashuvi, hududda turkiy va sug‘diy tilli etnoslar orasida o‘zaro aloqalar kuchayishi, etnogeografik makonlarning shakllanishi uchun omil bo‘lganligi hamda “Markaziy Sug‘d” tushunchasining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan bosh omillar aniqlanib, Sug‘d vohasining siyosiy-ma’muriy jihatdan 3 ta yirik qismga – Markaziy Sug‘d (Samarqand va uning atroflari), Janubiy Sug‘d (Kesh va Naxshab) hamda G‘arbiy Sug‘d (Buxoro Sug‘di) kabi alohida-alohida geografik tushunchaga aylanishida ular orasida dasht va cho‘llar, tog‘, daryo kabi tabiiy geografik omillar sabab bo‘lganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Moziyga sayohat” ko‘rsatuvida tadqiqotning ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2023 yil 1 maydagi 02-06-660-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga, tomoshabinlarga Markaziy Sug‘dda (Samarqand Sug‘d) tarixiy-madaniy tumanlar o‘rtasidagi turli aloqalarning xususiyatlari hamda tarixiy-madaniy jarayonlarning o‘zgaruvchanlik holati, tarixiy-geografik joylashuvning mahalliy madaniyat rivojiga va etnik tarixi haqida ma’lumotlar bilan kengroq tanishish imkoniyati mavjud bo‘lgan;
Markaziy Sug‘d tarkibida bo‘lgan Samarqand, Maymurg‘, Panch, Kabudon, Fay, Ishtixon, Kushoniya, Abg‘ar kabi tarixiy-geografik hududlarning ijtimoiy-siyosiy holatiga ko‘ra ular orasida Samarqand Markaziy Sug‘dning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi vazifasini bajarganligi hamda ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy munosabatlarning davlatchilik, shaharlar taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotga ta’siri, san’at va badiiy hunarmandchilikda o‘z aksini topishi, Markaziy Sug‘dda diniy va dunyoviy bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqalishi aniqlanganligi yuzasidan takliflar Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan tadqiqotning ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022 yil 22 sentyabrdagi 01-33/01.09.22-son ma’lumotnomasi). Natijada Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi mazmunan boyitilgan, yosh avlodlarga Markaziy Sug‘dda yuz bergan tarixiy-geografik joylashuv va etnomadaniy jarayonlar, madaniyatlar yoyilishi va almashinuvi masalalariga doir ilmiy adabiyotlarning katta guruhi o‘rganilib, qiyosiy tahlillar asosida turli nazariya va yondashuvlar tadqiq etilgan.