Ganieva Shodiya Azizovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frazeologik birliklarning sintagmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil540.
Ilmiy maslahatchi: Sayfullayeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi leksik va sintaktik frazeologik birliklarning struktur-semantik tuzilishi, ularning nutqiy qurshovdagi sintagmatik voqelanishini yoritish, frazeologik transformatsiya hamda frazeologik kontaminatsiya hodisasini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til sistemasida leksik, sintaktik birliklardan farqli holda frazeologik birliklar ajratilgan, frazemaning paradigmadagi semantik-struktur va nutqiy qurshovdagi uslubiy-funksional xususiyatlari, sintaktik funksiyalari aniqlanib, uning kategorial hamda grammatik ma’nolari ochib berilgan;
leksik va sintaktik frazeologik birliklarning xalq madaniyati, etnik qiyofasini namoyon qiluvchi butunlik, tilda tayyor holda mavjud bo‘lgan yaxlit, murakkab tarkibiy qurilma sifatida barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, to‘liq va noto‘liq birikma ekanligi bilan farqlanishi asoslangan;
o‘zbek tilidagi sintaktik frazeologik birliklarning lisoniy maqomi belgilanib, bunday qurilmalarni shakllantirishda ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamasining vazifasi ochib berilgan; ironik mazmun ifodalovchi darak gap hamda ritorik so‘roq gap shaklidagi modellari aniqlangan;
frazeologik birliklar qurshovi doirasida o‘zbek tilidagi leksik va frazeologik ma’no hamkorligi, leksik va sintaktik frazeologik birliklarning subekt va obekt, makon va zamon valentligi, ularda shart, sabab, natija, maqsad mazmunini ifodalovchi shartlanganlik munosabati ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning nutqiy qurshovda o‘zgarishi natijasida shakllangan hosila birlik, xususan, transformantlarning kengayish, torayish, almashish va aralash tipdagi shakllanish usullari belgilab berilgan; frazeologik kontaminatsiya hodisasi iste’molga kiritilib, uning variantlilik, transformatsiya, sinkretizm, konvergensiya kabi boshqa yondosh hodisalardan farqlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Frazeologik birliklarning semantik tabiati, ularning nutqiy qurshovdagi sintagmatik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
leksik va sintaktik frazeologik birliklarning xalq madaniyati, etnik qiyofasini namoyon qiluvchi butunlik sifatida tilda tayyor holda mavjud bo‘lgan yaxlit, murakkab tarkibiy qurilma bo‘lib, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, to‘liq va noto‘liq birikma ekanligi bilan farqlanishi asoslanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 16-iyundagi 258/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq folklor materiallari misolida barqaror birliklar sistemasini tashkil etgan lisoniy birliklarning differensial jihatlari, frazeologik birliklarning turgʻun birikmalar sistemasidagi o‘rni, boshqa qurilmalardan farqli xususiyatlari qoraqalpoq folklor manbalari orqali ko‘rsatilgan, turkiy xalqlar madaniy hayotini namoyon etuvchi barqaror birliklar doirasida o‘ziga xos jihatlari bilan frazeologik birliklar ajratilgan, folklor manbalari orqali frazeologik birliklarning nutqiy qurshovdagi boshqa birliklar bilan munosabati ochib berilgan;
til sistemasida leksik, sintaktik birliklardan farqli holda frazeologik birliklar ajratilgan, frazemaning paradigmadagi semantik-struktur va nutqiy qurshovdagi uslubiy-funksional xususiyatlari, sintaktik funksiyalari aniqlanib, uning kategorial hamda grammatik ma’nolari ochib berilganligiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan FZ-2019081663 raqamli «O‘zbek milliy raqs san’atini targʻib etishga bagʻishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 10-maydagi 1/04-48-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq milliy-madaniy qiyofasini namoyon etuvchi frazeologik birliklar, nutq jarayonida voqelanishi hamda uslubiy-semantik xususiyatlarni namoyon etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga, «Xorazm raqs harakatlari nomlarining izohli lugʻati»ni yaratishda uslubiy xususiyatga ega bo‘lgan nomlovchi birliklarning semantik belgilarini ochishga erishilgan;
frazeologik birliklar qurshovi doirasida o‘zbek tilidagi leksik va frazeologik ma’no hamkorligi, leksik va sintaktik frazeologik birliklarning subekt va obekt, makon va zamon valentligi, ularda shart, sabab, natija, maqsad mazmunini ifodalovchi shartlanganlik munosabati ochib berilganligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2020-2022-yillarda bajarilgan AM – FZ – 201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-iyundagi 04/1-1226-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologik birliklarning funksional va uslubiy xususiyatlari, ularning nutq jarayonidagi sintagmatik o‘ziga xosliklariga doir materiallar boyitilgan;
o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning nutqiy qurshovda o‘zgarishi natijasida shakllangan hosila birlik, xususan, transformantlarning kengayish, torayish, almashish va aralash tipdagi shakllanish usullari belgilab berilganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10-raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-iyundagi 04/1-1225-son ma’lumotnomasi). Natijada frazemalarning o‘ziga xos belgilari, ularning nutqiy qurshovdagi namoyon bo‘lishini yoritib berishga doir materiallarning mukammallashuviga erishilgan;
o‘zbek tilidagi sintaktik frazeologik birliklarning lisoniy maqomi belgilanib, bunday qurilmalarni shakllantirishda ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamasining vazifasi ochib berilgan; ironik mazmun ifodalovchi darak gap hamda ritorik so‘roq gap shaklidagi modellari aniqlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2023-yil 10-maydagi O‘Z–R-1-72-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning frazeologik birliklarning uslubiy bo‘yoqdorligini namoyon qilishga, ularning o‘rinli qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish