Xo‘jaeva Shoiraxon Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning “Nazm ul-javohir” asari poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3PhD/Fil507.
Ilmiy rahbar: Zohidova Durdona Lutfullaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Nazm ul-javohir” asarining ijodiy tarixini va unda aks etgan islomiy ma’rifat g‘oyalarining badiiy talqinini, Navoiy adabiy-estetik qarashlarining asardagi ifodasini ochib berish, badiiy g‘oya va shakl munosabatlarini va shoir ijodining poetik o‘ziga xos jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq adabiyotida mavjud bo‘lgan Hazrat Ali hikmatlarini badiiy talqin etish an’anasi va “Nazm ul-javohir”ning maydonga kelish tarixi natijasida mazkur asarning ko‘plab ilmiy manbalarda keltirilganidek Hazrat Alining “Nasr ul-laoliy” asari tarjimasi emas, balki o‘ziga xos badiiy talqini va sharhi ekanligi dalillangan;
asarning 15, 20, 10 jildlik nashrlari va ilmiy-tanqidiy matni o‘zaro qiyoslanib, nashrlardagi kamchiliklar, asosan, ulardagi arabiy ifodalar – Qur’oni karim oyatlari, hadisi sharif va Hazrat Ali hikmatlarining tabdili bilan bog‘liqligi aniqlangan;
“Nazm ul-javohir” g‘oyaviy-badiiy mundarijasining xarakterli jihatlarini tayin etish orqali uning turkiy didaktik she’riyatning betakror namunasi bo‘lgan original asar ekanligi asoslanib, ushbu asarni yozish orqali qo‘lga kiritilgan hikmatlarni badiiylashtirish tajribasi shoir umrining so‘ngida “Mahbub ul-qulub” asarining yaratilishiga ham muayyan darajada asos bo‘lgani aniqlangan;
“Nazm ul-javohir” asaridagi badiiy g‘oya va asarning shakliy unsurlari bo‘lmish badiiy san’atlar, vazn va qofiya sathi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning “Nazm ul-javohir” asari poetikasi mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Sharq adabiyotida mavjud bo‘lgan Hazrat Ali hikmatlarini badiiy talqin etish an’anasi va “Nazm ul-javohir”ning maydonga kelish tarixini o‘rganish natijasida mazkur asarning ko‘plab ilmiy manbalarda qayta-qayta aytib kelinganidek Hazrat Alining “Nasr ul-laoliy” asari tarjimasi emas, balki o‘ziga xos badiiy talqini va sharhi ekanligi xususidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 18-apreldagi 186/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida Qoraqalpoq adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish yo‘nalishi bo‘yicha bajarilgan ishlar mazmuni boyitilgan;
“Nazm ul-javohir” g‘oyaviy-badiiy mundarijasining xarakterli jihatlarini tayin etish orqali uning turkiy didaktik she’riyatning betakror namunasi bo‘lgan original asar ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan hamda ushbu asarni yozish orqali qo‘lga kiritilgan hikmatlarni badiiylashtirish tajribasi shoir umrining so‘ngida “Mahbub ul-qulub” asarining yaratilishiga ham muayyan darajada asos bo‘lgani aniqlanganligi xususidagi hulosalar Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022 yillarda amalga oshirilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002355) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 29-maydagi 143-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tashkillangan seminar-treninglar materiallari diisertatsiya xulosalari bilan boyitilgan;
“Nazm ul-javohir” asarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va uning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqidagi xulosalardan Qo‘qon shahar televideniyasi dasturlaridan joy olgan ko‘rsatuv va radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Muloqot” televideniyasining 2023-yil 10-fevraldagi 004/1-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitishga erishilgan.