Djamolov Jumaboy Xisenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “MDH mamlakatlarida davlat tili masalalari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil.12504.
Ilmiy rahbar: Shokirov Tug‘ral Sirojovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon, filologiya fanlari doktori, professor; Abdujamol Hasanzoda Ashraf, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va tojik tillarining davlat tili maqomiga ega bo‘lish bosqichlari, O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarida davlat tilining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, davlat tili va kam sonli aholi tillari rivojlanishiga hukumatning e’tibori hamda yozuv va imlo muammolarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarida o‘zbek va tojik tillarining demokratik yondashuvlar, adolat, huquqiy, siyosiy, demografik va milliy birlik asosida davlat tili maqomiga ega bo‘lganligi, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari hukumat rahbarlarining davlat tili va milliy tillarga munosabati me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularning ma’ruza va siyosiy nutqlari asosida dalillangan;
O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunlarining qabul qilinish jarayoni hamda ularning keyingi tahrirlari qiyosiy tavsiflanib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili va kirill yozuviga asoslangan tojik tili imlo qoidalarining o‘ziga xosliklari, ularni amaliyotda qo‘llash bilan bo‘g‘liq muammolar, o‘zbek va tojik tillarining o‘zaro ta’siri aniqlangan;
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi «loyihaga qadar» va «loyiha yuzasidan bahslar» kabi bosqichlar hamda tojik tiliga davlat tili maqomi berilishi «So‘z madaniyati» konferensiyasiga qadar» va «konferensiyadan keyingi bahslar» kabi davrlar asosida ochib berilgan;
til masalalarining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi va uning sotsiolinvistik ahamiyati, davlat tilining maqomi ilk bor davlat rahbarlari faoliyati doirasida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tillarning, jumladan, o‘zbek va tojik tillarining funksional rivojlanishini sotsiolingvistik jihatdan o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunlarining qabul qilinish jarayoni hamda ularning keyingi tahrirlari qiyosiy tavsiflangan, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili va kirill yozuviga asoslangan tojik tili imlo qoidalarining o‘ziga xosliklari, ularni amaliyotda qo‘llash bilan bo‘g‘liq muammolar, o‘zbek va tojik tillarining o‘zaro ta’siri haqidagi fikr-mulohaza hamda xulosalardan “O‘zbek tilining fors-tojikcha o‘zlashmalar lug‘ati. Lug‘ati vomvojahoi forsiy-tojiki dar zaboni o‘zbeki”ni tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500/t-005 ruxsatnomasi). Natijada respublika oliy ta’lim muassasalarining filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, filologiya va tillarni o‘qitish, tojik tili yo‘nalishlari talabalari o‘quv adabiyoti bilan ta’minlangan;
O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarida o‘zbek va tojik tillarining demokratik yondashuvlar, adolat, huquqiy, siyosiy, demografik va milliy birlik asosida davlat tili maqomiga ega bo‘lganligi, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari hukumat rahbarlarining davlat tili va milliy tillarga munosabati me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularning ma’ruza va siyosiy nutqlari asosi haqidagi fikr-mulohaza va xulosalar akademik B.G‘ofurov nomli Xo‘jand davlat universiteti, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetlari faoliyatida foydalanilgan (Bobojon G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetining 2023-yil 04 maydagi 01/2028-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur universitetlar talabalarining davlat tili fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarida o‘zbek va tojik tillarining demokratik yondashuvlar, adolat, huquqiy, siyosiy, demografik va milliy birlik asosida davlat tili maqomiga ega bo‘lganligi, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari hukumat rahbarlarining davlat tili va milliy tillarga munosabati me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularning ma’ruza va siyosiy nutqlari asosidagi xulosa va tavsiyalardan “O‘zbek tilining fors-tojikcha o‘zlashmalar lug‘ati. Lug‘ati vomvojahoi forsiy-tojiki dar zaboni o‘zbeki”ni tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500/t-005 ruxsatnomasi). Natijada qoidalarga amal qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.