Teshaboev Dilmurod Raxmadjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarning falsafiy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil473.
Ilmiy maslahatchi: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida ergash gapli qo‘shma gaplarga doir muammolarni tadqiq etish, falsafiy, sinergetik yondashuv asosida ularning shiziqli va noshiziqli taraqqiyotini, ergash gapli qo‘shma gaplarning idrok jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning ilmiy talqinini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til sathida keng qamrovli sintaktik lisoniy birlik sifatida o‘rin tutgan ergash gapli qo‘shma gaplarning lisoniy tabiati, shakliy-mazmuniy xususiyatlari, mazmuniy-sintaktik tuzilishi, tarkibidagi monopredikativ birliklarning grammatik shakli, ularni shakllantiruvshi vositalar hamda qo‘shma gap qismlari orasidagi mazmuniy munosabatlarning rang-barangligi isbotlangan;
tobe-hokimlik (gipotaktik) munosabati asosida shakllanuvshi sintaktik birlik hisoblangan ergash gapli qo‘shma gaplar falsafiy yondashuv asosida tavsiflanib, qo‘shma gaplarning bu turi falsafiy kategoriyalar sanaluvshi predmet, belgi, mazmun, shakl, aynanlik, ziddiyat va munosabat kategoriyalari, shuningdek, ularning mazmuniy, mantiqiy va sintaktik xususiyatlari oshib berilgan;
tilimizdagi ergash gapli qo‘shma gaplar sistemasiga sinergetik paradigma sifatida yondashilib, ularni sinergetik (noshiziqli) tadqiq etishning nazariy asoslari sinergetik aspektda tekshirilib, ergash gapli qo‘shma gaplarning sinergetik fluktuatsiya, bifurkatsiya, polifurkatsiya kabi qonunlari asosida “egri shiziq” dinamikasi bo‘yisha harakatlanishi, ulardagi tobe-hokim munosabatidagi tartibning beqaror holati, bog‘lovshi grammatik vositalarning o‘zgarishi, barqarorlikning beqarorlikka, tartibning tartibsizlilikka o‘tishi va ularning dissipativ tizim ekanligi aniqlangan;
tilning ikki tomonlama mohiyatiga ega til sathlari birliklarida kuzatiladigan mazmuniy qorishiqlik tushunshasining mohiyati va bu hodisaning ergash gapli qo‘shma gaplarda namoyon bo‘lishi aniqlanib, mazmuniy qorishiqlik (sinkretik) belgisiga ko‘ra ergash gapli qo‘shma gaplardagi sinkretik mazmuniy munosabatlarning turli grammatik vositalar bilan yuzaga shiqishi va mazmuniy qorishiq ergash gapli qo‘shma gaplarning semantik va struktur begilari asoslangan;
mazmuniy qorishiqlik (sinkretik) belgisiga ko‘ra, ergash gapli qo‘shma gaplardagi sinkretik mazmuniy munosabatlarning turli grammatik vositalar bilan yuzaga shiqishi va mazmuniy qorishiq ergash gapli qo‘shma gaplarning semantik va struktur begilari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarning falsafiy tadqiqi bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
til sathida keng qamrovli sintaktik lisoniy birlik sifatida o‘rin tutgan ergash gapli qo‘shma gaplar bo‘yisha qilingan ishlar umumlashtirilib, ularning lisoniy tabiati, shakliy-mazmuniy xususiyatlari, ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuniy-sintaktik tuzilishi, tarkibidagi monopredikativ birliklarning grammatik shakli, ularni shakllantiruvshi vositalar hamda qo‘shma gap qismlari orasidagi mazmuniy munosabatlarning rang-barangligi lisoniy dalillar, ilmiy natijalar, nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2012-2016-yillarda bajarilgan XT-F2-011-raqamli “Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslarini kompleks tadqiq etish va konsepsiyasini ishlab shiqish” mavzusidagi va “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2023-yil 04-maydagi 208/1-son ma’lumotnomasi) Natijada dissertatsiya materiallari turkiy tillar, xususan, o‘zbek va qoraqalpoq tillarining diaxronik va sinxronik aspektini belgilashda, tillarning o‘rganilish tarixi va taraqqiyot yo‘lini yoritishda asosli va tizimli xulosalar shiqarishga yordam bergan;
tobe-hokimlik (gipotaktik) munosabati asosida shakllanuvshi sintaktik birlik hisoblangan ergash gapli qo‘shma gaplar falsafiy yondashuv asosida tavsiflandi; qo‘shma gaplarning bu turi falsafiy kategoriyalar sanaluvshi predmet, belgi, mazmun, shakl, aynanlik, ziddiyat va munosabat kategoriyalari, shuningdek, ularning mazmuniy, mantiqiy va sintaktik xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2023-yil 04-maydagi 209/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalarning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
tilimizdagi ergash gapli qo‘shma gaplar sistemasiga sinergetik paradigma sifatida yondashilib, ularni sinergetik (noshiziqli) tadqiq etishning nazariy asoslari sinergetik aspektda tekshirildi; ergash gapli qo‘shma gaplarning sinergetik fluktuatsiya, bifurkatsiya, polifurkatsiya kabi qonunlari asosida “egri shiziq” dinamikasi bo‘yisha harakatlanishi, ulardagi tobe-hokim munosabatidagi tartibning beqaror holati, bog‘lovshi grammatik vositalarning o‘zgarishi, barqarorlikning beqarorlikka, tartibning tartibsizlilikka o‘tishi va ularning dissipativ tizim ekanligi aniq lisoniy dalillar xususidagi tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-A1-G007-raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2023-yil 22-maydagi 225/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalarning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
tilning ikki tomonlama mohiyatiga ega til sathlari birliklarida kuzatiladigan mazmuniy qorishiqlik tushunshasining mohiyati va bu hodisaning ergash gapli qo‘shma gaplarda namoyon bo‘lishi aniqlangan; mazmuniy qorishiqlik (sinkretik) belgisiga ko‘ra ergash gapli qo‘shma gaplar tasniflanib, ulardagi sinkretik mazmuniy munosabatlarning turli grammatik vositalar bilan yuzaga shiqishi va mazmuniy qorishiq ergash gapli qo‘shma gaplarning semantik va struktur begilari bo‘yisha berilgan xulosa va tavsiyalardan “Lingvopoetika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 284-son buyrug‘iga asosan Farg‘ona davlat universitetining 2022-yil 23-dekabrdagi 586-son buyrug‘i bilan berilgan 342-006 raqamli ma’lumotnoma). Natijada ergash gapli qo‘shma gaplarga oid fikr-mulohazalar darslik materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
ergash gapli qo‘shma gaplarning falsafiy-sinergetik kategoriya sifatidagi belgi xususiyatlari, sintaktik birliklarni tashkil etgan qismlar va ularning semantik-struktur tavsifi, ergash gapli qo‘shma gaplarni falsafiy va sinergetik kategoriya sifatida o‘rganish masalalariga doir ilmiy xulosa va tavsiyalaridan “Matn tilshunosligi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317- raqamli ma’lumotnoma). Natijada darslikning asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
mazmuniy qorishiqlik (sinkretik) belgisiga ko‘ra, ergash gapli qo‘shma gaplar tasniflanib, ulardagi sinkretik mazmuniy munosabatlarning turli grammatik vositalar bilan yuzaga shiqishi va mazmuniy qorishiq ergash gapli qo‘shma gaplarning semantik va struktur begilari bo‘yisha berilgan xulosa va tavsiyalardan Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan viloyat shahar-tumanlari bo‘ylab tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda, shuningdek, yoshlar o‘rtasida ilm-fanga muhabbat uyg‘otish, ularni ilmiy izlanishlar olib borishga rag‘batlantirish, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona tiliga sheksiz hurmat va sadoqat bilan tarbiyalashni ko‘zda tutgan ushrashuv va muloqotlarda keng foydalanildi (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limining 2023-yil 01-maydagi 189-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarda berilgan mazkur ilmiy natijalar ushrashuv va muloqotlarning ilmiyligi hamda omabopligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish