Raximov Mirzali Rabbimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Badiiy matnda ilova konstruksiya struktur-semantik ma'nosining ifodalanishi (nemis tili materiali asosida), 10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1216.
Ilmiy rahbar: Begmatov Muxtor Begmatovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped83.01.
Rasmiy opponentlar: Yaxshiev Ashur Abdievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda ilova konstruksiya struktur-semantik ma’nosini aniqlash va tavsiflash, shuningdek, matn tahlili nuqtai nazardan guruhlarga taqsimlash xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi zamon nemis tili ilova konstruksiyasidagi ilovali elementlar leksik tarkibiga xos bo‘lgan sistem-semantik xususiyatlarini ochib berish orqali nemis tili badiiy asarlari matnlarida qo‘llanilgan ilova konstruksiya tarkibidagi ilovali elementlar semantik ma’nosining qo‘llanish darajasi prosodik vositalar hamda sintaktik komponentlarning uyg‘unligida hosil bo‘lishi dalillangan;
badiiy asarlardagi gap bo‘laklari hamda leksik-semantik birikmalarning qo‘llanilish samaradorligi ilova konstruksiyasiyalarni tashkil qiluvchi ilovali elementlarni semantik-strukturaviy guruhlarga ajratish hamda ilova konstruksiya tarkibidagi lisoniy birliklar funksional-semantik xususiyatlarini badiiy matn komponentlari vositasida namoyon qilish orqali aniqlangan;
ilova konstruksiya tarkibidagi ilovali elementlarning asosiy ifoda(gap) yoki uning ma’lum bir komponentga ilova qilinayotgan qo‘shimcha ma’noni aniqlashtirish, izohlash, to‘ldirish kabi funksional xususiyatlari asosiy ifoda(gap)ga qo‘shilayotgan toldiruvchili, holli yoki aniqlovchili ilovali elementlar orqali mazmun boyitishi isbotlangan;
ilova konstruksiya elementlarining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi sintaktik aloqalarning bog‘lovchi so‘zlar, tildagi leksik birliklarning takrorlanishi, asosiy ifoda sifatida bosh bo‘laklarning kelishi hamda ularning moslashuv, boshqaruv kabi sintaktik aloqalar yordamida kengayishi ilovali elementlarning struktur-semantik guruhlari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnda ilova konstruksiya struktur-semantik ma’nosining ifodalanishi (nemis tili materiali asosida) bo‘yicha ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
hozirgi zamon nemis tili ilova konstruksiyasidagi ilovali elementlar leksik tarkibiga xos bo‘lgan sistem-semantik xususiyatlarini ochib berish orqali nemis tili badiiy asarlari matnlarida qo‘llanilgan ilova konstruksiya tarkibidagi ilovali elementlar semantik ma’nosining qo‘llanish darajasi prosodik vositalar hamda sintaktik komponentlarning uyg‘unligida hosil bo‘lishiga oid hulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (SamDChTIning 2022 yil 29 noyabrdagi 3351/3002.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ilova konstruksiya tarkibidagi ilovali elementlar semantik ma’nosining qo‘llanilish xususiyatining takomillashuviga hizmat qilgan;
badiiy asarlardagi gap bo‘laklari hamda leksik-semantik birikmalarning qo‘llanilish samaradorligi ilova konstruksiyasiyalarni tashkil qiluvchi ilovali elementlarni semantik-strukturaviy guruhlarga ajratish hamda ilova konstruksiya tarkibidagi lisoniy birliklar funksional-semantik xususiyatlarini badiiy matn komponentlari vositasida namoyon bo‘lish xususiyatlariga oid xulosalardan 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus + 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “Development of the interdisiplinary master program on omputational Linguistics at Central Asian universities” (LASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (SamDChTIning 2022 yil 28 maydagi 1361/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ilova konstruksiyasiyalarni tashkil qiluvchi ilovali elementlarni semantik-strukturaviy guruhlarini aniqlashga xizmat qilgan;
ilova konstruksiya tarkibidagi ilovali elementlarning asosiy ifoda(gap) yoki uning ma’lum bir komponentga ilova qilinayotgan qo‘shimcha ma’noni aniqlashtirish, izohlash, to‘ldirish kabi funksional xususiyatlari asosiy ifoda(gap)ga qo‘shilayotgan toldiruvchili, holli yoki aniqlovchili ilovali elementlar orqali mazmun boyitishiga oid xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (SamDChTIning 2022 yil 29 noyabrdagi 3351/3002.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ilova elementlari tushunchasi bir qator tillarda bo‘lgani kabi ajratilgan bo‘lak kabi muhim vazifani bajarishi, nutq jarayonini boyitishi va konkretlashtirish sifatida bir qator lisoniy imkoniyatlarni berishga zamin yaratgan.