Ashurova Marhabo Sayfulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3816.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Husayn Voiz Koshifiyning hayot yo‘li, ma’naviy-axloqiy merosining mazmun-mohiyati, turli ilmiy-amaliy yondashuvlari ochib berilib, uning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillari aniqlashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda Husayn Voiz Koshifiyning ma’naviy-axloqiy fazilatlarga doir qarashlari ajdodlarimizning pedagogik ta’limotlari bilan zamonaviy yondashuvlar “Tanqidiy fikrlar”, “Fikriy boshqotirma”, “Qora quti”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Kouching”, “Insert”, “Zara”, “Muammoli unsurli seminar” kabi interfaol metodlar evolyusiyasi tashkiliy, mazmunli, natija komponentlariga oid ilg‘or tajribalari verbal-mantiqiy tarzda ochib berilgan;
Husayn Voiz Koshifiyning ma’naviy-axloqiy fazilatlarga oid pedagogik qarashlari asosida ota-ona bilan farzand, ustoz va shogird munosabatlarini o‘zida mujassamlashtirgan tarbiyaviy omillar orqali talaba-yoshlarni kasbiy tayyorgarlikga kompetensiyaviy tayyorlash natijasida o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ommaviy, guruhli va yakka shaklda Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish “Ma’naviy barkamol avlod – barqaror jamiyat bunyodkori” tamoyili asosida mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, burch va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Husayn Voiz Koshifiyning hayot yo‘li, ma’naviy-axloqiy merosining mazmun-mohiyati, turli ilmiy-amaliy yondashuvlar yoritildi va tarbiya bilan bog‘liq fanlarning o‘quv dasturlari tegishli mavzulari yangi ma’lumotlar bilan boyitilib, uning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillariga doir xulosalardan Buxoro davlat universitetining “PZ-202005236-raqamli Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022-yillarga mo‘ljallangan) mavzusidagi innovatsion – tadqiqot loyihasining “Husayn Voiz Koshifiy merosini o‘rganish jarayonida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 28-dekabrdagi 01-04/01-2819-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish va ularni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda Husayn Voiz Koshifiyning ma’naviy-axloqiy fazilatlarga doir qarashlari ajdodlarimizning pedagogik ta’limotlari bilan zamonaviy yondashuvlar “Tanqidiy fikrlar”, “Fikriy boshqotirma”, “Qora quti”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Kouching”, “Insert”, “Zara”, “Muammoli unsurli seminar” kabi interfaol metodlar evolyusiyasi tashkiliy, mazmunli, natija komponentlariga oid ilg‘or tajribalar “Umumiy pedagogika (Pedagogika tarixi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0338-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni sabab-oqibat qonuniyatlariga asosan takomillashtirilgan;
auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ommaviy, guruhli va yakka shaklda Husayn Voiz Koshifiy asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish “Ma’naviy barkamol avlod – barqaror jamiyat bunyodkori” tamoyili asosida mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, burch va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga doir tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” fanining “Pedagogika tarixi” bo‘limi hamda “Xalq pedagogikasi” fanlarining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022-yil 22-sentyabrdagi 02/01-01-43-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning shaxsiy, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, kreativlik, tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan.