Allamuradov Anvar Abdirasulovichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2224.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda raqamli texnologiyalar (innovatsion pedagogik dasturlar)dan foydalanishning metodik imkoniyatlari kompyuter (Lectore, Ispring quiz maker, Autoplay, HotPotatoes) va mobil (Android Apk, Bookmaker) dasturlari vositasida jarayonning reproduktivlik darajasini bosqichma-bosqich amalga oshirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning klasterli modeli maqsadli, jarayonli, natijaviy bloklar hamda uch bosqichli algoritmik xaritaning komponentlarini gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi “ArtMaster”, CASE stady va “Smart teacher” kabi pedagogik texnikalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda raqamli kontent bilan kooperativlik darajasini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash darajasining baholash jarayonlari nostandart topshiriq (testlar, boshqotirmalar, buyumlarning texnologik xaritalari, video topshiriq va h.k.)larni bajarishiga ko‘ra reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlarning raqamli kompetensiyalar bilan idevtivligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlarini kompyuter (Lectore, Ispring quiz maker, Autoplay, HotPotatoes) va mobil (Android Apk, Bookmaker) dasturlari vositasida jarayonning reproduktivlik darajasini bosqichma-bosqich amalga oshirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar ta’lim tizimida qabul qilingan “Texnologiya” fani bo‘yicha “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida o‘quv dasturlarining uzviyligini ta’minlash konsepsiya”si asosida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 28-dekabrdagi 89-03-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan;
raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning klasterli modelini maqsadli, jarayonli, natijaviy bloklar hamda uch bosqichli algoritmik xaritaning komponentlarini gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi qayta aloqasini ta’minlash hamda bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini “ArtMaster”, CASE stady va “Smart teacher” kabi pedagogik texnikalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda raqamli kontent bilan kooperativlik darajasini kengaytirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan PZ-2014-0912150534-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2015-2018-yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil
28-dekabrdagi 89-03-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuv va natijalar bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini takomillashtirishning sifat va samaradorligini ta’minlagan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash darajasining baholash jarayonlari nostandart topshiriq (testlar, boshqotirmalar, buyumlarning texnologik xaritalari, video topshiriq va h.k.)larni bajarishiga ko‘ra reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlarning raqamli kompetensiyalar bilan idevtivligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “RUECVET: Evropa kasbiy ta’limi uchun ECVET kredit tizimini Rossiya va O‘zbekiston milliy ta’lim tizimida sinovdan o‘tkazish” (2016-2019-yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus pedagogika institutining 2023-yil 14-martdagi 01-20-09/343-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarni tayyorlashda va auditoriya va auditoriyadan tashqari jarayonda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi samaradorligining ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish