Boyxanov Shuxratjon Mashrapovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili amaliy kursida talabalarining paremilogik kompetensiyasini rivojlantirish ”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1642.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamadaliev Abdumajit Mamasolievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtaeva Qo‘ysin Davlatovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tili amaliy kursida talabalarning paremiologik kompetensiyasini rivojlantirish metod va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek maqollarining kontrastiv munosabatining lingvistik xususiyatlari paremiologik birliklarning mazkur tillar ifodasidagi mazmunini etimologik nuqtai nazardan ta’limiy aspektga ko‘ra aniqlashtirish hamda paremiologik minimum tuzish, ularni mazmun va shakl jihatidan tasnifiy belgilarga muvofiq taqsimlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning paremiologik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari ingliz tili amaliy kursida tabaqalashtirilgan ta’lim shaklini tizimli qo‘llash, paremiyalarni o‘qitishning nazariy asoslarini qiyosiy tilshunoslikning ilmiy va ta’limiy tamoyillariga ko‘ra o‘quv jarayonini estetizatsiyalash orqali rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili amaliy kursida talabalar maqollarni o‘rganishda duch keladigan intra va inter provebial qiyinchiliklarni bartaraf etish metodikasi ingliz maqol va matallarining lingvodidaktik tipologiyasi til spesifikasi nuqtai nazaridan aniqlashtirish hamda mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun tabaqalashtirilgan mashqlar sistemasini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga muvofiq ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida ingliz tilidagi maqol va matallarni o‘rganishning didaktik asoslari o‘qitishning tashkiliy-didaktik komponentlarini talabalarning individual ta’lim traektoriyasiga muvofiq ta’limiy moslashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim  texnologiyasidan real ta’limiy sharoitda amaliy foydalanish mexanizmini metodik jihatdan kuchaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili amaliy kursida talabalarining paremilogik kompetensiyasini rivojlantirish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
paremiologik birliklarning mazkur tillar ifodasidagi mazmunini etimologik nuqtai nazardan ta’limiy aspektga ko‘ra aniqlashtirish hamda paremiologik minimum tuzish, ularni mazmun va shakl jihatidan tasnifiy belgilarga muvofiq taqsimlash asosida takomillashtirilgan ingliz va o‘zbek maqollarining kontrastiv munosabatining lingvistik xususiyatlariga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-197 raqamli  “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-yanvar 02-07-34-son dalolatnomasi). Natijada, turli qiyinlikdagi maqollarni o‘qitishga oid metodlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
ingliz tili amaliy kursida tabaqalashtirilgan ta’lim shaklini tizimli qo‘llash, paremiyalarni o‘qitishning nazariy asoslarini qiyosiy tilshunoslikning ilmiy va ta’limiy tamoyillariga ko‘ra o‘quv jarayonini estetizatsiyalash orqali rivojlantirish asosida takomillashtirilgan talabalarning paremiologik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalariga oid tavsiyalar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot-ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-yanvar 02-07-34-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quv materialini tabaqalashtirilgan holda o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ingliz maqol va matallarining lingvodidaktik tipologiyasi til spesifikasi nuqtai nazaridan aniqlashtirish hamda mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun tabaqalashtirilgan mashqlar sistemasini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga muvofiq ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan ingliz tili amaliy kursida talabalar maqollarni o‘rganishda duch keladigan intra va inter provebial qiyinchiliklarni bartaraf etish metodikasiga oid tavsiyalardan A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-yanvar 02-07-34-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini tabaqalashtirilgan holda nazorat qilish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish