Dexqonov Xasanboy Ubaydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped755.
Ilmiy tadqiqod ishi bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Shernazarov Iskandar Ergashevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatfa molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kreativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik omillari kimyo o‘qitish metodikasini ta’lim klasteri muhitida talabalarning kimyo faniga oid bilimlari va ularning fundamental asoslarini kasbiy motivatsiyaning yuqori darajasida ta’limiy modellashtirish va loyihalashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli ijtimoiy buyurtma, maqsad va vazifalarni muvofiqlashtirish orqali nazariy-metodologik komponentlar bilan mazmunli jarayonli hamda tashkiliy-metodik bloklarni kognitiv, faoliyatga doir adaptiv usullarda talabalar kreativ faoliyatining ijobiy dinamikasiga barqaror erishish asosida takomillashtirilgan;
klaster muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kasbiy bilim va malakalariga qo‘yiladigan umumlashma talablar ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini pedagogik faoliyat mazmuni va uning kognitiv, konstruktiv-prognostik, tashkiliy-texnologik funksiyalariga kreativlik kompetensiyalari aspektida emperik va pragmatik jihatdan maqsadli yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
klaster muhitida tabiiy fanlarni integrativ asosda o‘qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodlarini talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan individual-ijodiy qo‘llash hamda bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligi rivojlanganligining funksional va tizimli kasbiy ta’minoti interaktiv muhitda davriy monitoringli munosabatda takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kimyo o‘qitish metodikasini ta’lim klasteri muhitida talabalarning kimyo faniga oid bilimlari va ularning fundamental asoslarini kasbiy motivatsiyaning yuqori darajasida ta’limiy modellashtirish va loyihalashtirish orqali takomillashtirilgan bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kreativ kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirishning psixologik-pedagogik omillari, bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kreativ kompetentligining rivojlanganlik darajasini belgilashga doir ishlab chiqilgan diagnostik vositalar bo‘yicha xulosa va takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan bajarilgan AL-442105872-raqamli “Kimyo atamalari izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2023-yil 13-fevraldagi 111-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishning metodik va didaktik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
ijtimoiy buyurtma, maqsad va vazifalarni muvofiqlashtirish orqali nazariy-metodologik komponentlar (yondashuvlar, tamoyillar) bilan mazmunli jarayonli hamda tashkiliy-metodik bloklarni kognitiv, faoliyatga doir va metodik jihatdan tizimlashtirish orqali talabalar kreativ faoliyatining ijobiy dinamikasiga barqaror erishish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli, bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kreativ kompetentligini takomillashtirish darajalari va mezon ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar 5110300 – Kimyo o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Kimyoviy texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan taqdim qilingan 110-076-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, darslik mazmuni kreativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalar bilan boyitilgan;
ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini pedagogik faoliyat mazmuni va uning kognitiv, konstruktiv-prognostik, tashkiliy-texnologik funksiyalariga kreativlik kompetensiyalari aspektida emperik va pragmatik jihatdan maqsadli yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan klaster muhitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kasbiy bilim va malakalariga qo‘yiladigan umumlashma talablar, klaster muhitida tabiiy fanlarni integrativ asosda o‘qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodlarini talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan individual-ijodiy qo‘llash hamda bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kreativ kompetentligi rivojlanganligining funksional va tizimli kasbiy ta’minoti bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar 5110500 – Geografiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Kimyo” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 6-oktyabrdagi 522-sonli buyrug‘iga asosan taqdim qilingan 522-176-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kreativ kompetentligini takomillashtirish metodikasi ishlab chiqilgan va bu manbalar orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga imkon bergan.