Kuralov Yuldash Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5070.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxammatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Yakubboeva Nafisa Saxobiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasterida bo‘lajak informatika o‘qituvcһilarining dasturlasһtirish kompetensiyasini rivojlantirisһ metodikasini takomillasһtirisһdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvcһilarining dasturlasһtirish kompetensiyasini rivojlantirisһ jarayonlari kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli, sinergetik, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli yondashuvlarning kompetentli ta’lim modeli bilan metodik integrallashuv darajasi produktivligi operativ va didaktogenlik ko‘rsatkichlari dinamikasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvcһilarining dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirishning muvofiqlashtiruvchi, sinergik, korporativ, prognostik, birlashtiruvchi, qayta tashkil etish kabi funksiyalari qulaylik, moslashuvchanlik, madaniy muvofiqlik, hamkorlik tamoyillarining klasterli yondashuv bilan qayta aloqasi intensiv barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’limiy xakatonni pedagogik loyihalash optimalligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvcһilarining dasturlasһtirish kompetensiyasini rivojlantirisһning didaktik modeli “Dasturlash tillari” modulini o‘qitishning metodik imkoniyatlarini pre-postrekvizit kurslar bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borish mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvcһilarining dasturlasһtirish kompetensiyasini rivojlantirisһning monitoring tizimi shaxsiy, kognitiv, kommunikativ, regulyativ universal o‘quv faoliyatini baholashning refleksiyaga asoslangan QR-kod texnologiyasidan differensial foydalanishning metodik imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvsһilarining dasturlasһtirisһ kompetensiyasini rivojlantirisһ bo‘yisһa olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvcһilarining dasturlasһtirish kompetensiyasini rivojlantirisһ jarayonlarini kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli, sinergetik, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli yondashuvlarning kompetentli ta’lim modeli bilan metodik integrallashuv darajasi produktivligi operativ va didaktogenlik ko‘rsatkichlari dinamikasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Dasturlash tillari” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasialar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son ma’lumotnomasi). Natijada, informatika o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvsһilarining dasturlasһtirish kompetensiyasini rivojlantirisһning monitoring tizimini shaxsiy, kognitiv, kommunikativ, regulyativ universal o‘quv faoliyatini baholashning refleksiyaga asoslangan QR-kod texnologiyasidan differensial foydalanishning metodik imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-2017093020 raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 8-maydagi 04/11-2796-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturlash tillarini o‘qitishning elektron tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvcһilarining dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirishning muvofiqlashtiruvchi, sinergik, korporativ, prognostik, birlashtiruvchi, qayta tashkil etish kabi funksiyalarini qulaylik, moslashuvchanlik, madaniy muvofiqlik, hamkorlik tamoyillarining klasterli yondashuv bilan qayta aloqasi intensiv barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’limiy xakatonni pedagogik loyihalash optimalligini ta’minlash asosida aniqlashtirish, bo‘lajak informatika o‘qituvcһilarining dasturlasһtirish kompetensiyasini rivojlantirisһning didaktik modelini “Dasturlash tillari” modulini o‘qitishning metodik imkoniyatlarini pre-postrekvizit kurslar bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-apreldagi 04/36-638-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirishda predmetli-didaktik sһart-sһaroitlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish