Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped551.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz.
Ilmiy rahbar: Aripov Mersaid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nasriddin Mirzoodilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Axmedjonov Dilmurod Gulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi omillari raqamli transformatsiya hamda maktablarning raqamli salohiyatini hisobga olgan holda raqamlashtirish strategiyasi, raqamli infratuzilma, raqamli ma’lumotlarni boshqarish, raqamli savodxonlik, standartlar va o‘quv dasturlar, ta’lim yondashuvlari va modeli, malaka oshirish kurslari, o‘quvchilar va maktablarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini ratsional talqin qilish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmuni raqamli texnologiyalarning virtual borliq, to‘ldirilgan borliq, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, buyumlar interneti, mobil texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, smart texnologiyalar, kontentni boshqaruv tizimlari, ta’limni boshqaruv tizimlari, ommaviy ochiq onlayn kurslar kabi turlarini ta’limga tizimli va izchil integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratishning pedagogik loyihasi maqsad, pedagogik yondashuv, raqamli vositalar, ta’lim mazmuni, topshiriqlar, baholash kabi tarkibiy qismlari va pedagogik, psixologik, didaktik, dizayn, texnik, mualliflik huquqi talablari hamda loyihani ishlab chiqish, vaqtni tasdiqlash, dasturiy ta’minotni yaratish va sinovdan o‘tkazish bosqichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim platformasini amaliyotga joriy etishning didaktik modeli ADDIE, ASSURE, Merril, Gagne, ASADDIE kabi pedagogik dizayn modellari va raqamli texnologiyalardan ta’limda foydalanishning tashkiliy, boshqaruv, texnologik, pedagogik, ahloqiy, dizayn, baholash kabi komponentlari hamda passiv, interaktiv, kreativ, almashtirish, kengaytirish, o’zgartirish kabi yondashuvlarini uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning xususiy-metodik asoslari “brainsketching (miya eskizi)”, “task-based (topshiriqqa asoslangan ta’lim)”, “project-based (loyihaviy ta’lim)”, “tengdoshlarni o‘qitish”, “collaborative (hamkorlikdagi ta’lim)”, “gamifacition (o‘yinli ta’lim)” texnologiyalarini raqamli ta’lim platformasiga asoslangan aralash ta’lim sharoitida intensiv joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratish va amadiyotga joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi omillarini raqamli transformatsiya hamda maktablarning raqamli salohiyatini hisobga olgan holda raqamlashtirish strategiyasi, raqamli infratuzilma, raqamli ma’lumotlarni boshqarish, raqamli savodxonlik, standartlar va o‘quv dasturlar, ta’lim yondashuvlari va modeli, malaka oshirish kurslari, o‘quvchilar va maktablarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini ratsional talqin qilish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan umumiy o’rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida Informatika ta’limining uzviyligini ta’minlash konsepsiyasi va milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 1 iyundagi 04-02/3-486-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni tadbiq etish samaradorligi oshgan.
raqamli transformatsiya sharoitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmunini raqamli texnologiyalarning virtual borliq, to‘ldirilgan borliq, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, buyumlar interneti, mobil texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, smart texnologiyalar, kontentni boshqaruv tizimlari, ta’limni boshqaruv tizimlari, ommaviy ochiq onlayn kurslar kabi turlarini ta’limga tizimli va izchil integratsiyalashuvi asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalaridan umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 8-sinf darsligini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 1 iyundagi 04-02/3-486-son ma’lumotnomasi). Mazkur milliy o‘quv darsliklari umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda asosiy adabiyot sifatida o‘quvchilarning raqamli savodxonligini shakllantirish hamda informatik bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratishning pedagogik loyihasini maqsad, pedagogik yondashuv, raqamli vositalar, ta’lim mazmuni, topshiriqlar, baholash kabi tarkibiy qismlari va pedagogik, psixologik, didaktik, dizayn, texnik, mualliflik huquqi talablari hamda loyihani ishlab chiqish, vaqtni tasdiqlash, dasturiy ta’minotni yaratish va sinovdan o‘tkazish bosqichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan 2021-2023 yillarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-202004165 “Umumiy o’rta ta’limning boshlang‘ich sinf o’quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” loyihasining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 2-iyundagi 01/10-1084 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim platformalarini yaratish va amaliyotgan tadbiq etishdagi zamonaviy talablarni aniqlash imkoniyati oshirilgan.
raqamli ta’lim platformasini amaliyotga joriy etishning didaktik modelini ADDIE, ASSURE, Merril, Gagne, ASADDIE kabi pedagogik dizayn modellari va raqamli texnologiyalardan ta’limda foydalanishning tashkiliy, boshqaruv, texnologik, pedagogik, ahloqiy, dizayn, baholash kabi komponentlari hamda passiv, interaktiv, kreativ, almashtirish, kengaytirish, o’zgartirish kabi yondashuvlarini uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i asosida berilgan 232-220- raqamli nashr guvohnomasi). Mazkur takliflar raqamli transformatsiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning ta’lim platformalari bilan ishlash va ularning elementlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan.
raqamli transformatsiya sharoitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning xususiy-metodik asoslarini “blended learning (aralash ta’lim)”, “flipped classroom (teskari ta’lim)”, “project-based (loyihaviy ta’lim)”, “collaborative (hamkorlikdagi ta’lim)”, “gamifacition (o‘yinli ta’lim)” texnologiyalarini raqamli ta’lim platformasiga asoslangan aralash ta’lim sharoitida intensiv joriy etish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 10,11-sinflari darsliklari mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 1 iyundagi 04-02/3-486-son ma’lumotnomasi). Mazkur darsliklar o‘quvchilarning raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyasini ta’minlash hamda o‘qituvchilarning metodik kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish