G‘aybullaeva Nafisa Izatullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “O‘zbek tilida “kasallik” va “salomatlik” konseptining lingvomadaniy, leksikografik tavsifi”, 10.00.01 – O‘zbek tili  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil505.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Hamroeva Shahlo Mirjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc),  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili lisoniy manzarasida “kasallik” va “salomatlik” konseptining lingvomadaniy, leksikografik tavsifini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“kasallik” va “salomatlik” tushunchalari konseptning dual ko‘rinishi sifatida, bitta kontinuumning qarama-qarshi tomonlarida joylashgan konstruksiyalar emas, balki ikkita alohida, lekin bir-biriga o‘xshash konstruksiyalar sifatida falsafiy, ilimiy-diniy talqin etish lozimligi asoslangan;
olam lisoniy manzarasida ma’no va olam o‘rtasida bog‘lovchi tugun mavjudligi, “salomatlik” konseptosferasida – beshik (sog‘lom rivojlanish); isiriq (shifobaxshlik); daraxt (uzoq-umr, farzand) \\“kasallik” konseptosferasida – dard, og‘riq, kambag‘allik, baxsizlik, tuproq stereotiplari bilan obrazli maydon sferasi aniqlangan;
o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodiga aloqador poetik aytimlar(olqish, qarg‘ish, duo, qo‘shiq…) hamda paremiologik birliklar (maqol, matal, hikmatli so‘z, frazeologik birliklar)da “kasallik” va “salomatlik” konseptlarining ma’no ko‘lami milliy-madaniy, diniy-axloqiy, falsafiy, tibbiy dunyoqarashning muhim qirralari verballashuvida dalillangan;
“kasallik” va “salomatlik” konseptosferasi haqidagi tushunchalar, ularning lisoniy tasavvurda aks etish jarayonlari, jonli (obrazli) ifodalari madaniy metaforik, somatik, gastronomik, predmetli, biomorf, tabobat kodlari bilan kengaytirildi hamda kodlarning serqirraligi uning bir paradigmaga kirishi boshqa paradigmatik belgining kuchsizlanishini keltirib chiqarishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
 o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning ilmiy va falsafiy sohalardagi qarashlarida “kasallik” va “salomatlik” konseptining  verballashuvi,  leksik-semantik strukturasi hamda ularning umumlisoniy konseptosferadagi o‘rni, lug'atlarda tavsiflangan o'xshash hamda farqli ta’riflari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida “kasallik” va “salomatlik” konsepti, konseptosferasi, verballashuv xususiyatlarini kognitiv o‘ziga xoslik asosida o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“kasallik” va “salomatlik” tushunchalari konseptning dual ko‘rinishi bo‘lib, bitta kontinuumning qarama-qarshi tomonlarida joylashgan konstruksiyalar sifatida emas, balki ikkita alohida, lekin bir-biriga o‘xshash konstruksiyalar sifatida falsafiy, ilimiy-diniy talqin etish lozimligiga oid xulosalardan FZ-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada (2020-2021-yy) foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 15-martdagi 01/04-43-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘atlar yaratishda  dissertatsiya xulosalariga tayanilgan;
olam lisoniy manzarasida ma’no va olam o‘rtasida bog‘lovchi tugun mavjudligi, “salomatlik” konseptosferasida – beshik (sog‘lom rivojlanish); isiriq (shifobaxshlik); daraxt (uzoq-umr, farzand) \\“kasallik” konseptosferasida – dard, og‘riq, kambag‘allik, baxsizlik, tuproq stereotiplari bilan obrazli maydon sferasiga oid xulosalardan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihani amalga oshirishda (2021-2022-yy) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 27-maydagi 01-04/01/1294-son ma’lumotnomasi). Natijada oilada salomatlikni rivojlantirishda psixologik tamoyillar ishlab chiqilgan;
o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodiga aloqador poetik aytimlar(olqish, qarg‘ish, duo, qo‘shiq) hamda paremiologik birliklar (maqol, matal, hikmatli so‘z, frazeologik birliklar)da “kasallik” va “salomatlik” konseptlarining ma’no ko‘lami milliy-madaniy, diniy-axloqiy, falsafiy, tibbiy dunyoqarashning muhim qirralari verballashuvida olingan ilmiy natijalardan 2022-2023-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariyasini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2023-yil 23-maydagi 04-36-807-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy madaniyat bilan bog‘liq leksik tizim shakllanishiga manba bo‘lgan;
“kasallik” va “salomatlik” konseptosferasi haqidagi tushunchalar, ularning lisoniy tasavvurda aks etish jarayonlari, jonli (obrazli) ifodalari madaniy metaforik somatik, gastronomik, predmetli, biomorf tabobat kodlari bilan kengaytirilgan hamda kodlarning serqirraligi, uning bir paradigmaga kirishi boshqa paradigmatik belgining kuchsizlanishini keltirib chiqarishi hamda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning ilmiy va falsafiy sohalardagi qarashlarida “kasallik” va “salomatlik” konseptining  verballashuvi,  leksik-semantik strukturasi hamda ularning umumlisoniy konseptosferadagi o‘rni, lug‘atlarda tavsiflangan o'xshash hamda farqli ta’riflaridan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili (morfologiya)” nomli darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-sonli 257-089-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada topshiriqlar uchun  matn yaratishda konseptlardan foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish