Musaev Qodirbek Abduqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi va uning oqibatlari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu427.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sindarov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Aminjonova Matluba Axmedovna, yuridik fanlar doktori, professor; Qalandarova Malikaxon Pirnazarovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi va uning oqibatlariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonunda nazarda tutilgan hollarda sud qasddan harakat qilgan bitim taraflari olgan barcha narsani davlat daromadiga undirishi yoki qonunda belgilangan boshqa oqibatlarni qo‘llashi mumkinligi asoslantirilgan;
qonunchilik talablariga zid bo‘lgan bitim, agar qonunda qonunchilik talablari buzilishi bitimni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa oqibatlari qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, nizoli hisoblanishi asoslangan;
agar bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash huquq-tartibot yoki axloq asoslariga zid yoxud insofli egallovchi manfaatlariga zarar etkazadigan bo‘lsa sud bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo‘llamasligi asoslangan;
yo‘lovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining, aralash tashishlar chog‘ida esa aralash tashishlar operatorining qonunda belgilangan javobgarligini cheklash yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvlari haqiqiy emasligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
sud qasddan harakat qilgan bitim taraflari olgan barcha narsani davlat daromadiga undirishi yoki qonunda belgilangan boshqa oqibatlarni qo‘llashi mumkinligiga oid taklif yangi tahrirda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 24-avgustdagi 12/21-57-son ma’lumotnoma). Ushbu takliflarning joriy etilishi bitim tuzuvchilarning belgilangan talablarga rioya etishlariga nisbatan qat’iy rejimni belgilashga xizmat qilgan;
bitim tuzishda qonunchilik talablari buzilishi uni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa oqibatlari qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, nizoli hisoblanishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi 2022-yil 24-avgustdagi 12/21-57-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif qonunchilik talablariga zid bo‘lgan bitimga nisbatan nizoli bitimga oid qoidalarni tatbiq etish masalasini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash huquq-tartibot yoki axloq asoslariga zid yoxud insofli egallovchi manfaatlariga zarar etkazadigan bo‘lsa sud bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini  qo‘llamasligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi 2022-yil 24-avgustdagi 12/21-57-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif sud tomonidan bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarni qo‘llashda sud tomonidan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarni belgilash imkonini bergan;
yo‘lovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining, aralash tashishlar chog‘ida esa aralash tashishlar operatorining qonunda belgilangan javobgarligini cheklash yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvlari haqiqiy emasligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi “Transport to‘g‘risida” O‘RQ-706-son Qonunining 39-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 22-noyabrdagi
06-13-66-son ma’lumotnoma). Ushbu taklif tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik choralarini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish